Pul aylanmasining asosiy qismini naqd pulsiz aylanma, ya’ni kor-xona, tashkilotlar o‘rtasidagi, ularning davlat byudjeti, kredit tashki-lotlari bilan naqd pulsiz bir hisob raqamidan ikkinchi hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan aylanma tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri pul aylanishini to‘g‘ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar pul munosabat-larining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Korxona va tashkilotlar o‘zlarining xo‘jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo‘ladilar. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug‘urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo‘ladigan pulli munosabatlar vujudga keladi. Pullik munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususi-yatlari va to‘lov usullariga ko‘ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz aylanishiga bo‘linadi. CHakana savdo va aholiga pulli xizmat ko‘rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pullar aylanishiga kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, maishiy xizmatlar uchun to‘lovlar, ishchi – xizmatchilarga ish xaqi va shunga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash, sug‘urta tashkilotlarga badallar to‘lash, uy-joy va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko‘rinishida qaytarish bilan bog‘liq to‘lovlarning to‘lanishi kiradi. Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 70-80 foizini naqd-siz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqdsiz pul hisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rga-nish va uni tartibga solish nuqtai nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik shakllari-ga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muno-sabatlarning kengayib borishi asos bo‘ladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlar-ning tovar ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo‘yicha bir-biriga bo‘lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlat-masdan pul mablag‘larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali amalga oshirish tushuniladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ma’lum tizim aso-sida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldiga qo‘yilgan talablarni oladi. 1930-32-yillarda o‘tkazilgan kredit islohoti davrida kiritil-gan va Sobiq Ittifoq davrida mavjud bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy buyruq-bozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizi-mi birinchi navbatda ishlab chiqarish va sotish rejalarini bajarish nuqtai nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyil-lari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlari va javobgarligini chegaralangan qat’iy qi-lib belgilangan edi.
Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan: – bank naqd pulsiz-hisob kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi; – to‘lov vaqti qat’iy belgilangan, ya’ni barcha to‘lovlar tovarlar jo‘natilgandan keyin yoki xizmat bajarilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Avans to‘lovlari tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi; – to‘lovchining roziligi to‘lov o‘tkazilishining asosi sifatida tan olingan; – qaysi sohada qaysi hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini ishlatilishi, ularni tashkil qilish tamoyillari to‘lovchining to‘lovga va kreditga layoqatlilik qobiliyatini hisobga olmas edi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyi-li mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mablag‘larini bankdagi hisobvaraqlarda saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o‘tkazishlari lozimligini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida hisob-kitoblarning bank orqali o‘tkazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bi-lan qo‘shib olib borilishi kerak. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamo-yili shundan iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mab-lag‘larini ko‘chirish, ularning topshirig‘i yoki roziligiga asosan hisobvaraqdagi mablag‘lar miqyosida bajariladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ishlab chiqi-lishi va joriy etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan mablag‘larni o‘tkazish hisobvaraq egasining topshirig‘iga binoan bajariladi. Mijozlarning buyrug‘isiz hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari faqat sud qaroriga binoan, qonunda belgilangan tartibda bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘chirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan mijoz-larning hisobvaraqlarida barcha talablarni bajarishga pul mablag‘-lari etarli bo‘lgan hollarda pul ko‘chirish bo‘yicha mijozning top-shirig‘i va boshqa hujjatlarning kelib tushishi tartibida hujjat-lar to‘lanishi lozim. Mijoz hisobvaraqdagi barcha talablarni to‘-lashga mablag‘lar etarli bo‘lmagan taqdirda hujjatlarning to‘lani-shi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Xo‘jalik sub’-ektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ko‘chi-rish to‘g‘risida”gi 615- sonli yo‘riqnomasiga asosan amalga oshiri-ladi. Agar mijoz bilan bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamo-yili shundan iboratki, mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chi-rilgandan so‘ng oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Tijorat bank-larining hisob cheklari bo‘yicha pul o‘tkazish bundan mustasno. Hisob-kitoblar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi o‘zaro e’tirozlar belgilangan tartibda bank ishtirokisiz ko‘rib chiqilish hisob-kitoblarni tashkil qilishning to‘rtinchi tamoyili-dir. Banklar o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha penyalarni hisoblash va undirishga javobgar emas. To‘lovchi yuklab jo‘natilgan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan summaga hisoblangan penya-ni to‘lovchi va mahsulot etkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasida ko‘zda tutilgan tartibda to‘laydi. Agar bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomada penya hisoblash va undirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda bank o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha penya hisoblash va mahsulot sotuvchi korxona foydasiga undirib berishi mumkin. Nakd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishning beshinchi tamoyi-li hisob-kitob shakllarini tanlash bilan bog‘liq. Mulkchilik shakl-larining xilma-xilligi sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-ning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish xo‘jalik organlari tomonidan hisob-kitobni erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo‘jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. Bu tamoyil hisob-kitob ishtirokchilarinig o‘zaro munosabatlarining ijobiy natija-lari uchun moddiy javobgarligini oshirishga, hisob-kitob va shartnomaviy munosabatlarini tashkil qilishda iqtisodiy mustaqil-ligini mustaxkamlashga xizmat qiladi. Nakd pulsiz hisob-kitoblarning oltinchi tamoyili to‘lovning muddatliligidir. Bu tamoyil katta amaliy ahamiyatga egadir. Xo‘ja-lik yurituvchi sub’ektlar to‘lovning qanday muddatga kelib tushishi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan holda xususiy mablag‘larining aylanishini oqilona tashkil etish, qarz mablag‘lariga bo‘lgan zaruratni hisoblab ko‘rishi, shu bilan birga, o‘z balansining likvidli-gini boshqarib borishi mumkin bo‘ladi. Mahsulot sotuvchi va oluvchi tomonlar kelishuviga ko‘ra to‘lovlar muddatli, muddatidan oldin hamda muddati kechiktirilgan bo‘lishi mumkin. Muddatli to‘lovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi: – tovarlar jo‘natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldin, bunday to‘lovlar avans to‘lovlari yoki oldindan to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladi; – tovar jo‘natilgandan keyin, ya’ni tovarni bevosita aksept qilish yo‘li bilan; – yirik summada tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan sum-malarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Muddati uzaytirilgan to‘lovlar belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshi-rolmay qolgan hollarda, to‘lov muddatini muayyan muddatga cho‘zish, ya’ni yangi to‘lov muddatini belgilashni bildiradi. Muddati uzaytirilgan to‘lovlar tomonlarning moliyaviy ahvoliga zarar etkaz-magan holda shartnomaviy munosabatlar doirasida bo‘lishi lozim. Muddati kechiktirilgan to‘lovlar to‘lovchi korxonaning hisob-varag‘ida hujjatda ko‘rsatilgani summani to‘lash uchun pul mab-lag‘lari bo‘lmagan holatda yuzaga keladi. Agar korxona bankdan kre-dit olish huquqiga ega bo‘lmasa, hujjat korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘nggina belgilangan tartibda to‘lanadi. YUqorida biz korxona va tashkilotlar o‘z pul mablag‘larini bankdagi hisobvaraqlarida saqlashlari lozimligini ta’kidlagan edik. Banklarda mijozlarga bir qator hisobvaraqlar ochiladi. Bular talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlar, jamg‘armali depozitlar va muddatli depozitlar bo‘yicha hisobvaraq-dir. Talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobva-raqlar ilgarigi hisob-kitob varaqlariga tenglashtirilgan bo‘lib, xo‘jaliklarning barcha operatsiyalari aynan mana shu hisobvaraqlar-dan o‘tkaziladi. Jamg‘armali va muddatli daromad olish yoki pul mab-lag‘larini asta-sekin ko‘paytirib, yig‘ib borish maqsadida ochiladi. Talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraq ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: – hisobvaraq ochish uchun ariza; – davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat; – soliq idoralaridan ro‘yxatdan o‘tganligi va korxonaga iden-tifikatsiya kodi berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; – imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzo-lari va korxona muhri tushirilgan ikki nusxadagi ariza. YUqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlar ma’lum maqsadlarda tu-zilib, hammasi birgalikda bank yuristi yoki bosh buxgalteriga top-shiriladi. Bu hujjatlar tegishli ekspertiza va tekshiruvdan o‘tka-zilgandan so‘ng, bank boshqaruvchisi tomonidan korxonaga hisobva-raq ochish uchun ruxsat beriladi. Korxona tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijoz to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lumotlar – rekvizitlar Markaziy bank qoshida ochilgan Bank Depozitorlari-ning Milliy Axborot bazasiga «O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborot bazasi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan taqdim etiladi. BDMABda mijoz ro‘yxatga olinib, unga max-sus xosraqam (unikal kod) beriladi. YUridik shaxsning u ro‘yxatga olingan joyda birinchi marta ochilgan «Talab qilinguncha saqlana-digan depozit» hisobvarag‘i uning asosiy hisobvarag‘i hisoblanadi. Mijozga berilgan xosraqam «Talab qilinguncha saqlanadigan depo-zit» hisobvarag‘i ichida ko‘rsatiladi. «Talab qilinguncha saqlanadi-gan depozit» hisobvarag‘ining tuzilishi ham boshqa bank hisobva-raqlari kabi 20 razryaddan iborat. Korxonaga hisobvaraq ochishda bank tomonidan belgilangan miq-dorda to‘lov undiriladi. Banklarda yuridik shaxslarga «Talab qilin-guncha saqlanadigan depozit» hisobvarag‘i bilan birgalikda jamg‘ar-mali yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochiladi. Bunday hisob-varaqlarining ochilishini rasmiylashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: – hisobvaraq ochish uchun ariza; – soliq to‘lovchiga berilgan raqamning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma; – imzolar va muhr izi namunalari qo‘yilib, notarius tasdiq-lagan kartochka (varaqcha). Sanab o‘tilgan hujjatlar korxona ushbu bankda ilgari hisob-varaq ochmagan taqdirda taqdim etiladi. Agar korxona ilgari shu bankda biror hisobvaraq ochgan va tegishli hujjatlarni bankka taqdim etgan bo‘lsa, u xolda faqat hisobvaraq ochish uchun ariza ras-miylashtirilib topshiriladi. Arizada qanday depozit bo‘yicha hisobvaraq ochish lozimligi ko‘rsatiladi va belgilangan tartibda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Umuman, hisobvaraq ochish uchun mijozlar tomonidan taqdim qi-lingan hujjatlar ularning «yuridik hujjati» hisoblanib, alohida papkaga tikiladi va bosh buxgalterda saqlanadi. Imzo va muhr namunasi tushirilgan varaqchalar mas’ul ijrochi va bankning so‘nggi nazorat xodimiga topshiriladi.