Akkreditivlar bo‘yicha hisob - kitoblar Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to‘lov aylanmasida juda kichik ulushni tashkil etadi. Jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni kafolatlash oldida akkreditiv shakldan foydalaniladi. Akkreditiv mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. Unga ko‘ra akkreditiv ochgan bank mahsulot etka-zib beruvchi to‘lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkre-ditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilganda va akkreditiv-ning boshqa shartlari bajarilganda, ularga to‘lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin. Akkreditivlar ochilganda, akkreditiv ochgan bank to‘lovchining shaxsiy mablag‘idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol etkazib beruvchining banki tasarrufidan alohida "Akkreditivlar", balans hisobvarag‘i va mablag‘larni etkazib bersa, bunday akkreditivlar qoplangan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi. Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo‘-lib, bank va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqti-da bajarilgan xo‘jaliklarga bunda akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning qoplangan akkreditiv-dan farqi shundan iboratki, bunda to‘lovchi korxonaning pul mablag‘-lari alohida hisobvaraqqa o‘tkazib qo‘yilishini talab qiladi. Bank to‘lovchi hisobvarag‘ida to‘lov hujjatlari kelib tushganda pul bo‘lma-gan taqdirda bank mablag‘lari hisobidan to‘lab berishni kafolat-laydi. Akkreditivning bu turining qulayligi shundan iboratki, mol sotib oluvchining pul mablag‘lari aylanmada tarqalib ketmaydi, ikkinchi tomondan mol jo‘natuvchi korxona uchun ham to‘lov kafolatlangan faqat bo‘sh mablag‘larga hisobidan to‘lov amalga oshirilganda shartnomada kelishilgan miqdorda haq to‘lanadi. Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
SHartnomada:
bank emitentining nomi;
akkreditiv turi va uni bajarish muddati usullari;
mol etkazib beruvchining akkreditiv bo‘yicha mablag‘ olish uchun taqdim
qilinadigan hujjatlar ro‘yxati;
tovarlarni etkazgandan keyin hujjatlarni taqdim qilinish muddati;
mol etkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning yuri-dik adreslari;
bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko‘rsatiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o‘z afzal-ligi, shu bilan birga, bir
qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakllari bo‘yicha hisob-kitob qilishning afzal
tomoni shundaki, mahsulot etkazib beruvchi uchun to‘lov to‘liq, kafolatlangan bo‘ladi.
Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:
akkreditiv shakli bo‘yicha hujjatlar aylanishi texnik jihat-dan birmuncha
qiyinroq;
transportga qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo‘natish uchun
tayyor transport bo‘lmasligi mumkin, bu esa yuk jo‘natishini kechikishiga olib keladi;
bu shaklda to‘lovchining mablag‘lari aylanmadan qisman chet-lashadi,
boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha bu mablag‘lardan foydalanish-ga ruxsat etilmaydi;
akkreditiv bo‘yicha, odatda, faqat bir mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitob
qilinadi.