O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim
Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Sirtqi (Maxsus Sirtqi) Bo’limi
MUSTAQIL ISHI
FAN: Navoiyshunlik
MAVZU: ‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’da mursal payg’ambarlar tavsifi
GURUH: 9-2 UZB S-18
BAJARDI: O’ktamova Kumushoy
TEKSHIRDI:
2020 -2021 o’quv yili
Mavzu: ‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ mursal payg’ambarlar tavsifi
Reja:
I.Kirish:
‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ asari haqida;
II.Asosiy qism:
1.’’Tarixi anbiyo va hukamo’’ning tuzilishi;
2.Asarning o’ziga xos badiiy-estetik g’oyasi;
3.Asarda keltirilgan payg’ambarlar haqidagi hikoyalarning sharhi;
III. Xulosa:
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Kirish:
‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ (‘’Payg’ambarlar va faylasuflar
tarixi’’) deb nomlanuvchi bu asar aslida Alisher Navoiy
tomonidan ‘’Zubdat ul-tavorix’’ (‘’Tarixlar qaymog’I’’) deb
atalgan jome’ asrining birinchi qismidir. Asarning yozilish
tarixi 1485-1498-yillar oralig’ida deb taxmin qilinadi.
‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ asari Alisher Navoiyning
umumiy tarixni muxtasar tarzda o’zbek tilida yozish
niyatining birinchi qismini tashkil etib, unda
umumbashariy tarixga bir nazar tashlanga n va
payg’ambarlar hamda faylasuflar hakimlardan ayrimlari
to’g’risida fikr yuritiladi.
Kitobning ahamiyatli jihati shundaki, Navoiy barcha dindagi
payg’ambarlarga bir hurmat ehtirom ko’rsatib, ular haqida
juda ko’plab hikoya va qissalar keltiradi. Va so’zining isboti
sifatida turli ‘’she’r’’, ‘’masnaviy’’ va baytlar bilan bezaydi.
Asosiy qism:
Alisher Navoiyning tarixnavis sifatidagi faoliyati uning ‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ hamda ‘’Tarixi mulki ajam’’ asarlarini bitganligida namoyon bo’ladi. Buyuk mutafakkir-ning ‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ risolasi islom dini manbalariga asolangan nasriy yo’lda yozilgan asar bo’lib, payg’ambarlar-rasul va nabiylar hamda hakim zotlar- allomalar tarixiga bag’ish langan.
Shu ma’noda asarni shartli ravishda ikki qismga bo’lish mumkin;
1.Anbiyo – payg’ambarlar tarixi;
2.Hukamo – hakim zotlar tarixi;
Alisher Navoiygacha musulmon Sharqida anbiyolar tog’risida turli rivoyat va qissalar mavjud bo’lgan. ‘’Tarixi Tabariy’’, ‘’Tarixi Banokatiy’’ kabi asarlarda tarixiy voqealar, ba’zi podsholarning yurishlari din tarixiga oid ma’lumotlar bilan birga berilsa, ‘’Qissas ul –anbiyo’’lar, xususan Nosiruddin Rabg’uziy ning ‘’Qissasi Rabg’uziy’’ asarida aynan payg’ambarlar tarixi keltiriladi. Navoiy ushbu mavzuni davom ettirib, o’zigacha yaratilgan asarlarni tizimlashtiradi, nabiylar biografiyasini sulolalar bo’yicha keltiradi.
Asarda Odam Ato (a.s.) dan tortib, Jarih Rohibgacha bo’lgan 60 dan ortiq nabiy va nabiylar avlodlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Dastavval, Odam Ato (a.s.) qissasi hikoya qilinadi, unda Odamning yaratilishi, Iblisning oliy dargohdan quvilishi, so’ng Odam va Momo Havvoning yer yuziga tushirilishi bilan bog’liq hikoyalar keltiriladi.
Navoiy payg’ambarlarni an’anaga binoan ikki guruhga bo’ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |