-rasul ( Alloh tomonidan kitob va sahifa nozil qilingan bo’lib, ular ‘’mursalin’’ nomi bilan ataladi.)
-nabiylar ( faqat vahiy olgan payg’ambarlar bo’lib, ularga kitob nozil bo’lmagan .)
Alisher Navoiy payg’ambarlar haqida so’zlab, ularning yashagan davrlariga to’xtaladi, aniq yillarni keltiradi (Masalan, Mahoyil binni Qinon 865-yilda yashagan.). Shuningdek, payg’ambarlarning ahli ayoli, farzandlari, kasb- u kori haqida ma’lumot beradi. Payg’ambarzodalar -ning hammasiga ham payg’ambarlik maqomi berilmagan, ularning ba’zilarigagina Allohdan vahiy tushgan. Masalan: Odam Atoning nevarasi Anush, uning o’g’li Qinon kabilar ushbu sharafga noil bo’la olmaganlar.
Zikr etilganlar sirrasida ‘’Qur’on’’da nomi tilga olingan barcha payg’ambarlar, Luqmoni Hakim, Zulqarnayn kabi vahiy tushgan yoki tushmagani ixtilofli bo’lgan valiy zotlarni ham ko’rishimiz m umkin. Mazkur asarda bir zamonda bir necha payg’ambarlar yashaganligi haqida ham aytiladi. Masalan: Is’hoq (a.s.) vafot etgan yili Yusuf (a.s.) ning Misr hokimi bo’lgani va hokazo… Shuningdek, ‘’Qur’on’’da tilga olingan ‘’As’hobi kahf’’ qissasi ham mazkur asardan o’rin olgan.
Payg’ambarlar qissasi hajman o’zaro farqlanadi. Ba’zi payg’ambarlar, masalan, Xizr (a.s.) haqida qisqa ma’lumot bilan cheklansa, Yusuf (a.s.), Ibrohim (a.s.), Muso (a.s.) va Iso (a.s.)larning hayotiga doir juda ko’p voqealar bayon qilishga kirisharkan, Firdavsiy, Tusiy va Abdurahmon Jomiylar ham mazkur mavzuda doston yozganlarini aytib, o’zining ham turkiy tilda masnaviy yozish niyati borligini aytib o’tadi.
Mazkur qismda keltirilgan ma’lumotlarning bosh manbai Qur’oni karim bo’lib, muallif o’z fikrlarini asoslash uchun muayyan oyatlarni havola qilib boradi. Yana bir e’tiborli jihati, Alisher Navoiy payg’ambarlarning iymoni, sabri va yuksak fazilatlarini alohida tasvirlaydi. Masalan: Ayyub (a.s.) ning boshiga tushgan tashvish va balolar ham uni Allohga ibodat qilishdan to’smaganini aytarkan, bu bilan sevgi va do’stlikning sobit bo’lishi haqidagi g’oyalarni bayon qiladi.
Asar har bir payg’ambar qissasidan so’ng muayyan she’riy parchalar keltiriladi. Shoir ularni ‘’masnaviy ‘’, ‘’ruboiy’’, ‘’bayt’’, ba’zan esa ‘’she’r’’ yoki ‘’nazm’’ noBmlari ostida berib boradi. Mazkur she’riy parchalarda qissasi hikoya qilingan payg’ambarlar nomi tilga olinadi falsafiy xulosa chiqariladi.
Bularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz:
Asarda Is’hoq (a.s.) ni tavsiflar ekan , uning mursal payg’ambar ekanligini, Haq taolo uni Shom ahliga yuborganligini aytib, uning ikki Ilyos va Yoqub ismli o’g’li borligini aytib, ular bilan bog’liq qissani keltiradi.
Shuningdek, Is’hoq (a.s.) sakson yoshda Allohga o’zini topshirgach, uni Ibrohim (a.s.) ni yoniga dafn qilganlarini ta’kidlar ekan, usbu yilda Yusuf (a.s.) Misrga hukmdor bo’lganini quydagi ‘’nazm’’ bilan izohlaydi:
Xizrg’a nasib o’lsa hayvon ziloli,
Iskandarga ichmakka yo’q ehtimoli.
Ya’qub (a.s.)ni ta’riflar ekan :- ‘’ payg’ambari mursaldur va ko’prak anbiyo aning naslidindur. Va Isroil ani derlar. Ya’qub (a.s.) Layyodin olti o’g’ul bo’ldi: Ro’bil, Sham’un, Yahudo, Lavi, Zarbun, Yaxshar. Va Rohildin Yusuf (a.s.) va Ibn-Yamin mutavallid bo’ldilar va Falihadin Don va Nafqol va Zalifadin’’ Kov va Ashira vujudqa keldikim, ‘’Kalomullo’’ da isbat lafzikim mazkurdur, iborat va jamoatdindur’’ deya quydagi ‘’she’r’’ni keltiradi:
Ya’qubni sipehri purfan,
Berdi necha kun jahonda maskan.
Paymonayi umri chunki to’ldi,
Davron anga dog’i uzr qo’ldi.
Yusuf (a.s.) ta’rifini keltirar ekan, unga bir ‘’bayt ‘’ misol keltiradi:
Haq bu tavfiqni nasib etgay ,
Yo nasib ulcha tangridin yetgan. Ya’nikim , ushbu bayt orqali Yusuf (a.s.) go’zalligiga
alohida urg’u berib, shunday ta’rif beradi:-‘’Yusuf (a.s.) bani odam jinsining jamilrog’idur. Bir kun o’z yuzin ko’zguda ko’rib, andoqkn husn istig’noyu g’ururg’a muqtazodur, ko’ngliga kechtikim, oyo agar men qul bo’lsam erdi, mening bahomni kim bera olg’ay erdi…’’
Yusuf (a.s.) ning go’zalligiga akalari doimo hasad bilan qarashlari va uning joniga ko’p bora qasd qilganliklari haqida hikoya qiladi, Navoiy so’zining isboti sifatida quydagi ‘’she’r’’ni keltiradi:
Bordi Yusuf, qolmasdi Qobus ham bo’lmay odam,
Ichtilar jomi fano siddiq ham, zindiq ham.
Shuningdek, Navoiy Xizr (a.s.)ni ta’riflar ekan, uning ham mursal payg’ambarlardan biri ekanligini aytib:-‘’Arfaxshad binni Somning o’g’lonlaridandur va Zulqarnayn zamonida aning mulozimi erdi. Zulqarnayn Hayvon suyi xiyoli bila zulmotga kirg’onda Xizr (a.s.) ani boshlab kirdi.
Ul suvni Tenri Taolo bu ikovga nasib qildi va Zulqarnayn mahrum yondin…’’
Deya Xizr (a.s.) abadiylikka yetganligini aytib, quydagi ‘’she’r’’ni keltiradi:
Xizr umrin tilar ahli xirad,
Yer vaslidurur, hayoti abad.
Xulosa:
‘’Tarixi anbiyo va hukamo’’ asari Alisher Navoiyning Payg’ambar va olimlar haqida nihoyatda chuqur bilimga ega ekanligini namoyon etadi. Ulug’ mutafakkir bu sohadagi bilimlarini bayon etish bilan, o’tgan buyuk siymolar haqida hikoya qilish, ularning hikmatomuz so’zlarini keltirish bilan yoshlarning komil inson yetishuvlari lozimligini uqtirganday bo’ladi. SHunisi diqqatga sazovorki, asarda tilga olingan shaxslar- payg’ambarlar ham, hakim-faylasuflar ham Sharq va G’arbga mansub ulug’ siymolardir. Demak, Alisher Navoiy asarda umuminsoniy qadriyatlar haqida so’zlagan va undan bahramand bo’lishga da’vat etgan.
Yana bir e’tiborli jihati shundaki, Navoiy payg’ambarlar haqida ma’lumotlar keltirar ekan, eng sahih manba bo’lmish ‘’Qur’on ‘’dan foydalanadi, undan turli xil oyatlar keltiradi. Payg’ambarlar haqida hikoya va qissa lar keltirganda, o’z fikrining isboti sifatida turli xil ‘’she’r’’, ‘’nazm’’, ‘’bayt’’ lar keltirilganligi badiiy asar qiymatini oshiribgina qolmasdan, kitobxonga alohida estetik kayfiyat bag’ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |