Endokrin sistemaning markaziy a’zolari Gipotalamus (hypotnalamus) Gipotalamus endokrin sistemaning eng oliy markazidir. U ichki a’zolarning ishini muvofiqlashtiradi va a’zolarning ishini nerv va endokrin sistema orqali bajarilishini ta’minlaydi. Nerv sistemasi va endokrin sistemaning material asosi gipotalamusdagi neyrosekretor hujayralar hisoblanadi.
Gipotalamus oraliq miyaning bazal qismida joylashgan bo’lib, u bosh miya III qorinchasini o’rab turadi. III qorincha bo’shlig’i chuqurcha- infundibulum gacha davom etadi. CHuqurcha devori gipofiz oyoqchalari hosil qilib, gipofiz oyoqchalari quyi (distal) qismda gipofizning orqa bo’lagini yoki neyrogipofizni hosil qiladi. Gipofiz oyoqchalari-ning old tomonida III qorinchaninl devori qalinlashgan bo’lib, uni oraliq tepalik yoki medial eminentciya (eminentia mediata) deyiladi. Medial eminentciya ependimogliya hujayralaridan iborat bo’lib, u hu-jayralarning ba’zilari tanitcitlarni hosil qiladi. Tanitcit hujayralarining o’siqlari medial eminentciya sohasida birlamchi kapillyarlar to’ri bilan bog’lanadi.
Endokrin sistema Endokrin sistemaning markaziy Enorokrin sisteshning perigrik a’zolari
a’zolari: I j, 1. Gipotalamus (neyrosekretor Sof endokrin bezlar: Echdokrin va noendokri pyadrolar)
I Qalqonsimon bez. vazifalarni o’tovch»
2- Gipofiz. 2. Qalqonsimon bez a’zolar:
3. Epifiz. oldiQe3llI Me’da osti b/zi
3. Buyrak usti bez 2. Urug’don. lari 3. Tuxumdon
4.Yo’ldosh.
YAkka joylashgan endokrin xujayralar:
1 APUD sistemaching endokrin xujayralari (cherv to’qimz hosilalari). 2. YAkka jo ylashgan , nerv to’qima hosilasi bo’lmagan hujairalar.
Gipotalamusning o’zi unchalik katta bo’lmasa ham, uning tci-toarxitektonikasi murakkabdir. Gipotalamusning kulrang moddasi miyaning uchinchi qorinchasi bo’shlig’ining atrofida joylashadi. Nerv hujayralari kulrang moddada ayrim-ayrim to’plam-lar - gipotalamik yadrolar hosil qiladi. Odam va boshqa sut emizuvchilar gipotalamusida 32 juft yadro tafovut etiladi. Bu yadrolar orasida oraliq nerv hujayralari yoki ularning ayrim gruppalari joylashganligidan biror yadroning fiziologik faoliyatini faqatgina shu yadroga taalluqli bo’lmay, gipotalamusning yadrolararo zonasiga ham taalluqli hisoblanadi. Gipotalamus yadrolari neyrosekretor hujayralar tutadi.
Har bir neyrosekret hujayrada tana (yoki perikarion) va terminal kengaymalar (neyrosekret oxirlari) hosil qiluvchi o’simtalar tafovut etiladi. Usimtalarga ko’ra bi- va mul’tipo-lyar hujayralar ajratiladi. Hujayralarning, ayniqsa, perikarion qismining nozik tuzilishi bu neyronlarning bez hujayralariga o’xshashlik tomonlarini ko’rsatadi. Neyrosekret hujayra tcitoplazmasi bazofil xususiyatga ega bo’lib, RNK ga mo’ldir. Donador endoplazmatik to’r bu hujayralarda o’ta rivojlangan, erkin joylashgan ribosoma va polisomalar ham mo’ldir. TCitoplazma chekkalarida donador endoplazmatik to’r tcisternalari bir-biriga parallel’ va zich yotgan kanalchalardan iborat bo’lsa, hujayra markaziy zonasida bu organella tcisternalari kam bo’lib, ular tartibsiz, siyrak joylashganligi ko’rinadi. Donador en-doplazmatik to’rning ayrim elementlari neyrosekret hujayraning barcha o’simtalarga kirganligi, o’simtalar qalinligi deyarli bir xil bo’lganligi va ularning barchasi bir xilda neyrosek-ret donalari tutganligidan bu hujayralarning «dendrit» va «akson» larini farqlab olish qiyin bo’ladi. Plastinkasimon kompleks rivojlangan bo’lib, ko’pincha, akson tomonda joylashib, lamella, pufak va vakuolalardan iborat. Yirik mitoxondriyalar faqatgina hujayra tanasida joylashibgina qolmay, barcha o’sim-talarda ham mavjud. Neyrosekretor hujayra perikarionida ney-rofibrillalar kuzatilmasa-da, ular neyron o’simtalarida va oz bo’lsa ham, neyrosekret tola oxirlarida uchraydi. Hujayra tcitoplazmasida lizosomalar va mul’tivezikulyar tanachalar ham bo’ladi.
Gipotalamus neyronlari orasida RNQ miqdorining har xil-ligiga qarab turli funktcional holatlarda bo’lgan «och» va «to’q» bo’yaluvchi hamda degeneratciyaga uchragan hujayralar mavjud. Ney-rosekret hujayralarning o’ziga xosligi ularda sekretor dona va vakuolalarning bo’lishidir.
Gipotalamus yadrolarining kraniokaudal yo’nalishda joylashishi bo’yicha aniq ajralmagan uchta oldingi, o’rta (yoki tube-ral) va oraliq (mamilyar) zonalarni farqlash mumkin. Bu zonalarning funktcional ahamiyati, ular tutgan yadrolarga (hujayralar to’plamiga) qarab turlicha bo’ladi.
Gipotalamusning oldingi zonasi supraoptik va paraventri-kulyar neyrosekretor yadrolar tutadi. Supraoptik yadro yirik
162- rasm. Gipatalyamo- pshsfizar sistema va trop gormonlarning mishen-a’zolarga ta’siri (sxema) (B. V. Alyoshin rasmi). 1 - ko’rish xiazmasi; 2 - birlamchi kapillyarlar to’ri va medial eminentciya; 3 - SH q:;rincha e^shlig’i; gipotalamus ba’zi yadrolarining proekiiyasi; 4- supraoptik yadro; 5 - oldingi gipotalamus yadrosi (gipotalamusning preo17tik zonasi); 6 - paraventrikulyar yadro; 7 - me-diobaeal iipotalamusning arkuat va veyatromedial yadrolar kompleksi; 8 - gipotalamusning adenogipofizar gormonlarini Sirlamchi kapillyarlar to’riga sekreqiya qiluvchi me^iobazal yadro xujayralari; 9--gipotalamusning zffektor nerv tutamlarini hosil qiluvchi medioba-’gl neyronlari (garagipos).izlar ta’sir) 10 - talamus ; 11 - sh qorincha voronkasi va gi-lofiz osqchasi; 12 - pshofizning orqa bo’lagi; 13 - Xerring tanachasi (oldingi gpotalamus suprooptik va paraventrikulyar yadro xujayralari o’simtalarining gipofiz orqa bo’lagi ka-gillyarlarida tugashi); 14 -gipofvz o’rta bo’lagi; 15 - gipofiz yorigi; 16 - gipofiznnng oxdingi bo’lagi r.a ikkilamchi kapillyarlar to’ri; 17 - portal (darvoza) venasi; 1? - adeno-.gipofizning tuberal qismi.
hujayralardan iborat lateral va medial gruppalardan tashkil topgan.
Supraoptik va paraventrikulyar yadrolar sohasi qon to-mirlarga mo’l bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu yadrolar ney-ritlari gipotalamoneyrogipofiz tutamlar hosil qilib, gipofiz oskchasi orqali gipofizning orqa bo’lagiga o’tadi va bu yadrolar-da ishlangan neyrogormonlar gipofizning orqa bo’lagida neyro-vazal sinapslar orqali qonga ajraladi (162-rasm). Supraoptik va paraventrikulyar yadrolardagi yirik neyrosekretor hujayra-larda oqsil tabiatli ikki xil neyrogormon - vazopressin yoki antidiuretik gormon (ADG) va oksitotcin sintezlanadi. Odamda antidiuretik gormon asosan spraoptik yadroda, oksitotcin esa paraventikulyar yadro hujayralarida sintezlanadi.
Gipotalamusning o’rta qismida lateral, periven-trikulyar, ventro-medial, dorso-medial, arkuat (infundibulyar) va ulardan chetroqda lateral tuberal yadrolar farqlanadi. Bu yadrolarning neyronlari turli kattalikda bo’lib, chekka sohalarda mayda nerv hujayralarining to’plamlarini tutadi. Ventro-medial yadro neyronlari gipotalamus lateral sohasining nerv hujayralari bilan ko’plab kontaktlar hosil qilib, gipotala-musning qarama-qarshi tomonidagi shunday yadrolar bilan bog’-lovchi komissural tutam hosil qiladi. Arkuat yoki infundibu-lyar yadro uncha katta bo’lmagan uchburchak, duksimon hujayralar to’plamidan iborat bo’lib, medial eminentciyaga qadar davom etadi. G’rta gipotalamusning mayda neyrosekretor hujayralarida adenogipofizotrop neyrogormonlar ishlanadi. Bu neyrogormonlar oqsil tabiatli bo’lib, ular adenogipofiz ishini boshqa-radi. Neyrogormonlarning ikki turi: liberinlar va statinlar farqlanadi. Liberinlar - adenogipofiz hujayralari faoliya-tini stimullaydi va gormonlar ajralishini kuchaytiradi. Sta-tinlar liberinlardan farqli ravishda adenogipofiz hujayra-larining faoliyatini susaytiradi va gormon chiqishini kamayti-radi yoki to’xtatadi. Bu gormonlar periventrikulyar yadrolarda, tipotalamusning preoptik zonasida, hamda supraxiazmatik yadro-larda hosil bo’ladi. Gipotalamus yadrolari neyrosekretor hujayralarning o’si!^lari tuberoinfundibulyar tutam holida me-dial eminentciya tomon yo’naladi va bu sohada bnrlamchi kapil-lyarlar to’ri bnlan aksovazal sinapslar hosil qiladi (162-rasm).
Adenogipsfizar gormonlar va ularning ta’sir qilish joyi; STG - organizm turli a’zolari, xususan skelet o’sishini tezlashtiradi; AKTG -bo’yrak ustn po’stloq moddasnning tutamli va to’rsimon zonalari ishini kuchaytiradi; LG-ovulya-tciyani, sariq tana hosil bo’lishini va unda progesteron ishlanishini stnmullaydi. ErkaklarDa urug’donda testosteron ishlanishini stimullaydi; FSG - ayollar tuxumdonida follikullar o’sishini va ularda estrogen hosil bo’lishini, erkaklar urug’do-nida spermatogenezni stimullaydi; TTG-qalqonsimon beyada tireoid gormoni ishlab chiqarilishini va umuman sekretsiyasini tezlashtiradi; LTG - sut bezlarida sut ho-
sil bo’lishini tezlashtiradi.
Gipofiz orqa bo’lagida to’planuvchi gormonlar; OKS -bachadon qisqarnshinn va sut bezlaridan sut ajralishin yuzaga keltiradi; ADG - buyrakda birlamchi siydik-dan suvni qayta so’rilishini kuchaytiradi (diurezni kamaytiradi) va shu vaqtda arteriyalardagi qon bosimini ko’taradi.
SHu yo’sinda neyrosekretor hujayralarida hosil bo’lgan neyrogor-monlar qonga tushadi va adenogipofiz ishini boshqaradi. SHun-day qilib, gipotalamusning adenogipofizga ta’siri asosan gumoral yo’l bilan ifodalanadi. YUqorida aytib o’tilganidek,. gipofizning orqa qismida ajralgan gormonlar oldingi gipota-lamus yadrolari hujayralarining mahsulotidir.
Orqa gipotalamus mamillyar va premamillyar yadrolardan iborat. Odamda mamillyar yadro juft bo’lib, lateral va medial qismlardan iborat. Lateral qismda nerv hujayralari yirikroq bo’lsada, umuman, mamillyar yadroda neyronlar unchalik katta emas. Gipotalamusning o’rta va orqa bo’limlari orasida orqa gipotalamik yadro bo’lib, u odamlarda yaxshigina rivojlan-gan. Bu yadro mayda va yirik, oval hujayralardan iborat. Yirik neyronlar mamillyar yadroga tomon yo’nalgan tutamga ega bo’lgani-dan bu oraliq yadro mamilo infundibulyar yadro deyiladi.