Mustaqil ishi axborot xavfsizligi siyosati secpol msc yordamida dasturlardan foydalanishni cheklash reja



Download 224,23 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi224,23 Kb.
#609994
Bog'liq
Axborot xavfsizligi siyosati. secpol


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali TT va KT fakulteti
TT-12-19- guruh talabasi
Itolmasov Lazizning Kibrxavfsizlik asoslari fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI. secpol.msc yordamida dasturlardan foydalanishni cheklash
REJA:
  • Tarmoq hujumlari turlari va ularni bartaraf etish
  • Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish
  • Insidentlarga javob qaytarish va xavfsizlik guruhlari forumi

Tarmoq hujumlari turlari va ularni bartaraf etish haqida ma’lumot va yordam beruvchi hamda o‘rgatuvchi bir qator jamoat tashkilotlari mavjud. Quyida ularning bir qismi veb‑saytlari bilan berilgan:
1. American Society for Industrial Security (ASIS) – Amerika sanoat xavfsizligi tashkiloti: Zarur xavfsizlikka o‘qitishni taklif etadi va “Himoya bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis” (Certified Protection Professional) sertifikatsiyasini o‘tkazadi. Uning a’zolari va joylardagi bo‘limlari haqidagi ma’lumot joylangan sayt – www.securitymanagement.com/library/000077.html.
2. Computer Emergency Response Team Coordination Center (CERT/CC) – Kompyuterlardagi favqulodda holatlarga tezkor javob berish guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi: Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish, tizimlarni himoya qilish usullarini topish va hujumlar haqida asosiy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida AQSH Mudofaa boshqarmasining Ilg‘or ilmiy-tadqiqot mudofaa loyihalari agentligi tomonidan asos solingan va hozirda Karnegi-Mellon Universitetining Dasturiy injiniring institutida joylashgan. Markaz veb-saytiga www.cert.org orqali tashrif buyurishingiz mumkin.
Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: – axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish; – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish; – axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish; – axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob’ekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash;
– axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;
– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash;
– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi. Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‘linadi: – O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar; – mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar; – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.
Axborot tarqab ketishiga konfedensial ma’lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi. Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud.
1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi.
Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
– davlat sirlari bilan bog‘liq va konfedensial ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi axborot resurslari;
– vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy dasturiy ta’minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va ma’lumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so‘zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, ko‘paytirish vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi tizim va vositalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axborot xavfsizligi asoslari. S.K.G’aniev, M.M. Karimov, K.A. Toshev «Axborot xavfsizligi. Axborot -kommunikatsion tizimlari xavfsizligi», «Aloqachi» 2008 yil
2. Балакирский Б.В. "Безопасност электронного платежа", Конидент,1996.
Download 224,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish