Mustaqil ish Tayyorladi;Rahmatov Hamro



Download 404,73 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi404,73 Kb.
#205277
Bog'liq
bio.mustaqil ish

Mustaqil ish

Tayyorladi;Rahmatov Hamro

Taqdimot mavzusi;Evolutsion jarayonlar

Evolutsion jarayonlar

  • Reja
  • Evolutsiya haqida
  • Evolutsion ta’limot
  • Makroevolutsiya

Evolutsiya haqida

  • Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi. Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi.

Evolutsion talimot

  • Evolyutsion taʼlimot, evolyutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolyutsiyasi sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Evolyutsion taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi. Evolyutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun borliqning , jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday qarashlar 17— 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi. Bu muammolar organizmlar tuzilishi va xilmaxilligi, turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab kelayotganligi; ayrim turlar va guruxdarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat. 

Evolutsion talimot

  •  Bu muammolarning tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi tarixiy davri — evolyutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi. Bu konsepsiyaning birinchisini J.ʼ.Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm deb atalgan konsepsiyada ham progressiv rivojlanish va moslanuvchanlikka organizmlarning oldindan belgilab berilgan xususiyati sifatida teleologik va metafizik nuqtai nazardan qaraladi. Ch.Darvin yaratgan evolyutsiya nazariyasi (1859) Evolyutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi. Darvin organizmlar evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari — yashash uchun kurash va undan kelib chiqadigan tabiiy tanlanish ekanligini koʻrsatish orqali birinchi boʻlib Evolyutsion taʼlimotning asosiy muammolarini ilmiy nuqtai nazardan hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda uning dushmanlari — idealistik va teleologik konsepsiyalar tarafdorlari 20-asrning 2-yarmida lamarkizmning ayrim aqidalarini yana qaytadan tiklashdi (qarang Neolamarkizm). Ammo yangi dalillar toʻplanishi tufayli darvinizm tobora keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari tomonidan tan olindi.

Ch.Darvin

Makroevolutsiya

  • Makroevolyutsiya — turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan mikroevolyutsion jarayonlar integratsiyasidan iborat evolyutsion jarayon. Makroevolyutsiyada filogenezning umumiy qonuniyatlari va yoʻnalishlari namoyon boʻladi. Organizmlar muayyan guruhlari evolyutsion oʻzgarishlarining yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik sistemasi, ontogenezi va fenotipi) xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan evolyutsion cheklanish va taqiqlar orqali ham belgilanadi.
  • 20-asrning 30- yillarida shakllangan mikro va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi tasavvurlar evolyutsiyaning sintetik nazariyasi deyiladi. Zamonaviy Evolyutsion taʼlimot fan sifatida evolyutsion qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi evolyutsion farazlar va konsepsiyalar (jumladan, tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning bosh omili sifatida tan olmaydigan konsepsiyalar)ni oʻz ichiga oladi. Hozirgi Evolyutsion taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻydi. Bu davrning asosiy vazifasi evolyutsion jarayonlar mexanizmini ochish orqali organizmlarning evolyutsion oʻzgarishini oldindan aytib berish va ana shu asosda evolyutsiya jarayonini boshqarishdan iborat 

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Genetika, A.T.Gʻofurov, S.S. Fayzullayev. Toshkent,2010 y.

2.Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixomirova M.M. Genetika s osnovami seleksii. M. Prosveщyeniye, 1970.

3.Gershenzon S.M. Osnovы sovremennoy genetiki. 2-ye izd., Kiyev, Naukova dumka, 1983,

4.Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami seleksii. M., Vыsshaya shkola, 1989,

5.Musayev D. A. I dr. Geneticheskiy analiz priznakov xlopchatnika. Tashkent, Natsionalnыy Universitet Uzbekistana im. M.Ulugbeka. 2005,


Download 404,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish