Mustaqil ish. Mavzu: O’zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati



Download 1,57 Mb.
bet2/2
Sana11.06.2022
Hajmi1,57 Mb.
#655838
1   2
Bog'liq
Ommaviy Axborot

Jurnalistlarning huquqiy maqomi
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi
Jamoatchilik fikrini o`rganish
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi.
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar'); - «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); - «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel'); - «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr); - «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust); - «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul'); - «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr); - «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may); - «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust).
Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2016 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 359 ta veb-sayt OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Mazkur Nizom “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan. Nizom O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini belgilaydi.
2. Ommaviy axborot deyilganda shaxslarning cheklanmagan doirasi uchun mo‘ljallangan bosma, audio, audiovizual va boshqa xildagi xabarlar va materiallar tushuniladi.
Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, ularga ilovalar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radio eshittirishlar, hujjatli kino, elektron-axborot aloqasi, shuningdek doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, nodavlat va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Ommaviy axborot vositalari mahsuloti deyilganda davriy bosma nashrning tiraji yoki alohida soni bir qismining tiraji, tele-radio, kinoyilnoma dasturi, audio yoki video yozuv dasturining tiraji yoki bir qismi tiraji tushuniladi.
Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-radio dasturlarda eshittirish va ko‘rsatuv har bir soatining 10 foizidan ko‘prog‘ini reklama xabarlari egallagan ommaviy axborot vositasi tushuniladi. Ommaviy axborot vositalari ilovalar nashr etishlari mumkin. Bosma nashrlarning ommaviy axborot vositasi belgilari va xususiyatlariga ega bo‘lgan ilovalariga mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi va ular mazkur Nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Ommaviy axborot vositalari Ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan.

E’tiboringiz uchun raxmat.

E’tiboringiz uchun raxmat.


Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish