40-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalariga beriladigan imtiyozlar va yengilliklar
Nogironlarning jamoat birlashmalari hamda ularning korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlari soliq to‘lashda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda imtiyozlar va yengilliklardan foydalanadilar.
XULOSA:
Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.Bundan tashqari sog`liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirib , nogironlarga nisbatan e`tiborni kuchaytirish kerak. Buning uchun kichik sog`liqni saqlash muassasalarini faoliyatini yaxshi nazoratga olish, loqaydlikka yo`l qo`ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |