Mustaqil ish mavzu: Koreys tilida ortirma nisbat qo’shimchasi. Bajardi



Download 33,43 Kb.
bet2/3
Sana07.07.2022
Hajmi33,43 Kb.
#755668
1   2   3
Bog'liq
Mamadoliyev Z Ortirma nisbat.

4. Birgalik nisbati. Bunda fe’llar ish-harakatning bir nechta predmet yoki shaxs birga bajarganligini ifodalaydi. Agar fe’l asosi unli bilan tugasa -sh; undosh bilan tugasa -ish qo`shimchalari qo`shiladi: yozishdi, kelishdi.
5. Orttirma nisbat. Bu nisbatda ifodalangan fe’llar ish-harakatning bajaruvchi ta’sirida boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi. Bu nisbat fe’lning asosiga -t,-tir,-dir,-ir,- ar,-iz,-giz,-kiz,-qiz,-g’iz,-gaz,-sat kabi qo`shimchalarning qo`shilishi bilan yasaladi: yozdir, o`qit.Ba’zi nisbatlardan farqli o`laroq bu nisbat shaklida fe’lga bir nechta qo`shimchalar qo`shilishi ham mumkin: o`qit-o`qittir-o`qitkiz. Qiyosiy tilshunoslikning aynan morfologiya bo`limining fe’l nisbatlari mavzusida yozilayotgan ushbu maqolaning o`zbek tiliga taqqoslanayotgan ikkinchi xorijiy tili- koreys tili hisoblanadi. Ya’ni koreys tili grammatikasida fe’l nisbatlari, ularning yasalishi, ishlatilish o`rinlari va albatta o`zbek tili bilan qiyosiy tarzda ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.
Koreys tilida 4 xil fe’l nisbatlari mavjud bo`lib , quyida ularni birma-bir ko`rib chiqamiz.
1. Aniq nisbat 주동사. Koreys tilida bu nisbatdagi fe’l harakat-holatning bajaruvchisi gapning egasining o’zi ekanligini ifodalaydi. Ya’ni gapning egasi , gapda bajariladigan harajatning bajaruvchisi va bu aniq gapda ko`rinib turadi. Masalan, 얼음이 녹다 - muz erimoq fe’li. Bu nisbat yasash uchun hech qanday qo’shimcha qo`shilmaydi va ma’no orqali ajratib olinadi.
2. O`zlik nisbati 능동사. Koreys tilida bu nisbat shaklida bajaruvchi harakatni o`z kuchi bilan amalga oshirganligini ifodalaydi. Ya’ni ega o’zi kuchi bilan biror natijaga erishishini ko`rsatib, “o`zlik”ka urg`u beriladi. Bu nisbat ham qo`shimchalar orqali yasalmaydi. Shunchaki ma’noga tayaniladi. Masalan, 우미드가 친구를 업다-Umid do`stini opichdi. Aniq va o`zlik nisbatlari qo`shimchasiz bo`lganliklari uchun ham bir-birlariga juda o`xshab ketadi va ma’nolariga tayanibgina ularni ajratib olish mumkin bo`ladi.
3. Majhul nisbat 피동사. Koreys tilida majhul nisbatdagi fe’l harakatning boshqa shaxs yoki predmet tomonidan amalga oshirilganligini anglatadi. Harakat qaratilgan shaxs ega bo`lib kelib bosh kelishikda ifodalanadi. (은/는bosh kelishik). Harakat manbayi esa (에게 -dan, tomonidan kabi ma’nolarda keladi) qo`shimchasi orqali yasaladi. Masalan, 아이가 개에게 물렸다- bola kuchuk tomonidan tishlandi. Bundan tashqari koreys tilida majhul nisbat faqatgina faqatgina noma’lum shaxs yoki predmet orqali amalga oshirilgan harakatni ifodalabgina qolmasdan balki, hech qanday shaxs yoki narsa ishtirokisiz amalga oshirilgan harakatni ham ifodalaydi. Masalan,음악을 들림니다- musiqa eshitildi. Majhul nisbat ikki xil usul bilan yasaladi. 1. Birinchi usul oddiy usul -당형피동 deb ataladi. Bunda fe’l asosiga 이/히/리/기 qo`shimchalari qo`shiladi. Fe’llarga qo`shimcha qo`shilishiga doir ma’lum bir qoidaga tayanilmaydi. Masalan, 걸다osmoq- 걸리다osilmoq, 닫다yopmoq- 닫히다yopilmoq, 보다ko`rmoq 보이다ko`rinmoq, 씻다yuvmoq- 씻기다yuvilmoq. Ikkinchi usul murakkab usul-장형피동 deb nomlanadi. Bunda fe’l yoki sifat (koreys tilida sifat ham kesim vazifasini to’laqonli bajaradi) asosiga 아(어/여)지다 qo`shimchasi qo`shiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bu usul yordamida qo`shimcha faqatgina ma’lum bir fe’llarga qo`shiladi. Masalan, 쓰다yozmoq-써지다yozilmoq, 크다katta-커지다katta bo`lmoq,o`smoq.

Download 33,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish