Mustaqil ish Mavzu:Ichki yonuv dvigatellarini rivojlanish tandensiyasi
Tayyorladi: Qarshiboyev Doston
Reja
Kirsh
Asosiy qism
1.Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy ma‘lumotlar
2. IYoDlarining klassifikasiyasi
3. Porshenli IYoD tuzilishi
4. Rivojlanish tandensiyasi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Sanoatda, xalq xo’jaligida ishlab chiqarish sohalarida bo’ladigan har qanday yangiliklar fan-texnikani yutuqlariga asoslanadi. Ma‘lumki insoniyat yaralgandan buyon yashash tarzini yaxshilash, og’ir mehnatni aql-idrok bilan yengish, kam harajat qilib, ko’proq foyda olish, qolaversa tabiat sirlariga, qonuniyatlariga, ulardan to’g’ri, oqilona foydalanishga harakat qilib keladi.
Insoniyat tarixidagi ko’pgina kashfiyotlar, ixtirolar va ulardan samarali foydalanish turmush tarzini keskin o’zgartirib yuboradi.
«Issiqlik texnikasi asoslari» fani borasidagi ko’pgina kashf etilgan yangiliklarni ham o’z salmog’i o’rni bor. Bu yangiliklar, kashfiyotlar, ixtirolar qatoriga issiqlik, mashinalari ya‘ni issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirish, bularning asosida ichki yonuv dvigatellarining ixtiro etilishi va ulardan xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda muttasil foydalanayotganimiz buning isbotidir.
Yozilgan uslubiy ko’rsatmada ichki yonuv dvigatellari (IYoD)ning sikllari, klassifikasiyasi, termodinamik jarayonlari, IYoD larini atrof-muhitga ta‘siri borasida fikrlar yuritiladi. Talabalarning bu borada o’zlari mustaqil ishlar qilishlari uchun ma‘lum ma‘noda ma‘lumotlar olish imkoniyati tug’iladi va ular o’zlarining nazariy bilimlarini yanada mustahkamlab, mustaqil fikr yuritish, IYoD va ularning ahamiyati, ulardagi kamchilik va afzalliklar borasidagi bilimlarini biroz bo’lsada chuqurlashtiradilar degan umiddamiz.
Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy ma‘lumotlar
Yonilg’ini yoqish hisobiga ajratib chiqqan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi ichki yonuv dvigateli (IYoD) deyiladi.
IYoDlarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanishi va barcha termodinamik jarayonlar sikl davomida silindr deb nomlanadigan maxsus ish organida amalga oshiriladi. Ma‘lumki, silindr ichida porshen harakatlanadi, shuning uchun IYoD ba‘zan porshenli dvigatellar deb ham nomlanadi.
«Dvigatel» degan nom ruscha «dvigat»- jildirish, ya‘ni harakatga keltirish so’zidan olingan. Dvigatelga berilgan energiya (issiqlik energiyasi, atom energiyasi, suv-shamol energiyalari) mexanikaviy energiyaga aylantiriladi va u generatorlar, nasoslar, kompressor, avtomabil g’ildiraklari, kemalarning eshkak vintlari, samolyotlarning parraklari, stanoklarning boshqa ish organlarini harakatga keltiradi.
Bizga ma’lumki, juda qadim zamonlarda odam va hayvonlar muskul kuchlari yagona dvigatel vazifasini o’tagan edi. Shuning uchun fan-texnikaning rivojlanishi natijasida dastlab suv-energiyasidan foydalaniladigan dvigatel paydo bo’ldi. Keyinchalik shu ishning rivojlanishi yanada yangi bosqichga ko’tarildi. Suv dvegateli ishlab chiqarishning boshqa barcha turlarini, daryo to’g’onlaridan yil fasllariga qarab foydalanish tufayli ma‘lum miqdorda cheklab qo’ydi. Bu cheklanishlar uzoq davom etmadi va odamlar yangi, ishlab chiqarishni o’ziga xos rivojlantiruvchi bug’ mashinalarini kashf etdilar, u esa sanoatda keskin burulish yasadi. Bug’ mashinalari XIX asrning 70-yillariga qadar ishlab chiqarishda, transportda ham issiqilikni ishga, ya‘ni mexanik ishga aylantiruvchi birdan bir dvigatel hisoblanar edi. XIX asrning oxirlarida suv bug’ining xossalarini va uning oqish qonunlarini tekshirishda katta ilmiy ishlar olib borildi. Bu ilmiy ishlar natijasida bug’ mashinasining takomillashgan turi-bug’ turbinasi paydo bo’ldi.
Bug’-turbinasidan foydalanilgan holda ishlab chiqarish yanada rivojlandi, odamlar hayotidagi ko’pgina qiyinchiliklar osonlik bilan bartaraf etila bordi.
1860 yilda issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, juda yuqori ko’rsatgichlarga erishish mumkinligini ifodalovchi birinchi porshenli, ikki taktli IYoD frantsiyalik olim E.Lenuar ishlab chiqdi.
Bunday IYoD zolotnikli gaz taqsimlash mexanizmiga ega bo’lib,yonilg’i sifatida elektr uchquni gaz ishlatilgan.
1876 yilda Germaniyalik N.Otto va E.Lengenlar ilmiy tadqiqotlar olib borishlari natijasida yanada mukammallashgan to’rt taktli, gaz bilan ishlaydigan IYoD ishlab chiqildi. Bu dvigatelda yonuvchi aralashma oldindan siqilar (siqish takti) va u yonilg’ini Lenuar dvigatelidan ikki barobar kam saqlar edi. Buning sababi esa ishlab chiqilgan dvigatel 1862 yilda fransuz injeneri Bo-de-Rosha tomonidan taklif etilgan sxema bo’yicha yasalgan edi, ya‘ni aralashmani o’zgarmas hajmida yondirish amalga oshirildi.
19- asrning oxiriga kelib sanoatda neftni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqildi, bu esa IYoD larida gaz yonilg’ilar qatorida suyuq yonilg’ilardan ham foydalanish imkonini berdi, chunki neftni qayta ishlashdan olingan benzin, kerosinlarni elektr uchquni yordamida yoqilishi IYoD larining sanoat va transportda keng qo’llanilishiga imkoniyat yaratdi.
Rossiyada birinchi marta benzinda ishlaydigan IYoD 1889 yili injener I.S.Kostovich uchqun bilan o’t oldiriladigan dvigatelning birinchi namunasini ishlab chiqdi.
1897 yili nemis injeneri R. Dizel tomonidan ixtiro qilingan va fanda «Dizel dvigatel» deb nom olgan, siqilish hisobiga qizigan havoga purkalgan yoqilg’ining yonishi natijasida ishlaydigan to’rt taktli IYoD ning takomillashgan konstruktsiyasi 1899 yili birinchi marta Peterburgda yasaldi. 1901 yilda rus olimlaridan G,V. Trinkler va 1910 yilda Ya.V. Maminlar kompressorsiz dizel dvigatelin yaratdi. Dizel dvigatellarining nazariyasi to’laroq o’rganilishi va takomillashib borishi natijasida IYoD lari bug’ mashinalari o’rnini tezlik bilan egallay boshladi.
Dizel dvigatelining tejamliligi tufayli, eng yaxshi dizel dvigatelining solishtirma yonilg’i sarfi taxminan 190 g/ kVt. soatni tashkil etadi.
Dizel dvigatellarida yonilg’i sarfining FIK 31-44% bo’lsa, karbyuratorli dvigatellarda odatda, 25-30% dan oshmaydi. Gaz yoqilg’isida ishlaydigan gazodizel dvigatellari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |