Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Аbu Nasr Forobiyning fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, oʼzining muayyan funktsiyalariga ega boʼlib, goʼyoki shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasining ildizi (civil society) qadimgi grek faylasuflari va boshlab Sitseron yozgan asarlarda kuzatiladi. Lekin, grek faylasuflari fuqarolik jamiyati haqida fikrlaganida asosan davlatni koʼzda tutgan edilar. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar XVIII asr oxirida bir vaqtning oʼzida shotland va kontinental Maʼrifatparvarligi tomonidan tugʼildi. Tomas Peyn va Georg Gegelь kabi nazariyotchilar fuqarolik jamiyatini davlatga yaqin, lekin, shu bilan birga undan ajralgan soha, qaysiki, bu kabi jamiyatda fuqarolar oʼz xohishlari va manfaatlariga bogʼliq holda birlashadilar, deb talqin etdilar. Bu yangi talqinlarda iqtisodiy voqeliklarni oʼzgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va burjuaziyaning paydo boʼlishi. U tobora oʼsib borayotgan erkinlik sari daʼvat etish chaqiriqlaridan paydo boʼlgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |