Mustaqil ish Mavzu: Axloqiy qadriyatlar dinamikasida milliy va umuminsoniy uyg’unlashuvi. Bajardi



Download 32,57 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2022
Hajmi32,57 Kb.
#675669
  1   2   3
Bog'liq
aksialogiya




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI

Aksiyalogiya fanidan


Mustaqil ish
Mavzu: Axloqiy qadriyatlar dinamikasida milliy va umuminsoniy uyg’unlashuvi.


Bajardi: “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
yo’nalishi 3-bosqich talabasi Dehqonov Otabek

Tekshirdi:­­­­­­­­­­_______________________________

Toshkent 2022
Mavzu: Axloqiy qadriyatlar dinamikasida milliy va umuminsoniy uyg’unlashuvi.
Reja
1 Qadriyat tushunchasiga ta’rif
2 Axloqiy qadriyatlar bu?
3 Millliy va umuminsiniy qadriyatlar.

Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, masalan erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.
Holbuki Qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Qadriya kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihat-salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Qadriyatlar milliy Qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq Qadriyatlar shaxsiy Qadriyatlardir. Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Falsafiy adabiyotlarda qadriyatlarning turli tiplari ajratib ko‘rsatiladi.
1. Qadriyatlar quyidagi belgi bo‘yicha farqlanishi mumkin: Nima baholanyapti va nimaga asosan baholanyapti? Shu bilan bog‘liq ravishda ular quyidagicha turlarga ajratiladi:
a) predmetli qadriyatlar - qadr-qimmat munosabatlarining ob'ektlari, ya'ni voqyelikdagi sub'ekt uchun muayyan qimmatga ega bo‘lgan hodisalar. Ularga quyidagilar kiritiladi:
tabiiy ob'ektlar, jarayonlar va hodisalar;
ijtimoiy ob'ektlar, jarayonlar va hodisalar.
b) sub'ektli qadriyatlar - u yoki bu hodisalarni baholash tadbirini o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi usullar va mezonlar. Ularga quyidagilar kiradi:
-me'yoriy taqdimnomalar sifatida bayon etilgan ko‘rsatmalar, baholar, imperativlar, maqsadlar, loyihalar.
2. Qadriyatlar sotsiumining qanday sohasi bilan bog‘liq ekanligiga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqib axloqiy, badiiy, utilitar, ilmiy, diniy va boshqa qadriyatlar farqlanadi.
3. Qadriyatlar umumiylik darajasiga qarab, ya'ni, u yoki bu hodisa qancha miqdordagi sub'ektlar uchun qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda quyidagi turlar ajratib ko‘rsatiladi;
- individual qadriyatlar;
guruhiy qadriyatlar (milliy, diniy, jinsiy, yosh); ushbu guruhlar doirasida g‘arb va sharq qadriyat tizimlari haqida so‘z yuritish mumkin.
umuminsoniy;

4. Qadriyatlar ular sub'ekt tomonidan qay darajada o‘z xususiy maqsadi yoki tamoyillari sifatida tan olinishi yoki tashqi sharoitdan kelib chiquvchi bir narsa sifatida qabul qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Shu bilan bog‘liq ravishda tashqi va ichki qadriyatlar ajratiladi.


5. Qadriyatlar inson hayoti va faoliyatining negizlari uchun, uning ehtiyojlari va mo‘ljallarining mohiyatini ifodalash uchun qayo darajada qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu munosabat bilan ular quyidagi turlarga ajratiladi:
- mutlaq yoki boqiy qadriyatlar (konstantalar);
vaziyatli, o‘tkinchi yoki qadriyatlar va qadriyaviy mezonlarining muayyan tarixiy shakllari (empirik o‘zgaruvchan qadriyatlar).

6. Qadriyatlar ular bajaradigan funksiyaga ko‘ra ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar mezon usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy guruhlarda nazorat usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy tartibni yaratish va saqlashda funksional zarur bo‘lgan me'yorlar sifatida ajratiladi.




Download 32,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish