O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: ANTIK DAVR IQTISODIY QARASHLARI
BAJARDI: 72-20guruh talabasi
YOLDOSHMAXMUDOV
SHUKURULLO
QABUL QILDI: TUHTASINOVA M.M.
Farg'ona – 2020
MAVZU: ANTIK DAVR IQTISODIY QARASHLARI
REJA: 1)Antik davrda iqtisodiyotning vujudga kelishi
2)Qadimgi iqtisodiy mutaffakkirlar
3)Iqtisodiyotning tarixdagi ahamiyati
Antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi va m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gretsiya (YUnoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (SHarq bilan solishtiring).
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo‘lgach, qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxurlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli qulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim axamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo o‘sdi. SHu davrda fuqarolar va fuqaro bo‘lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi quyadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o‘z tabiatiga ko‘ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma’lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. SHu davrda iqtisodiy g‘oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo‘jalikni yoqlash yo‘lini tanlaydi, ya’ni sinfiy harakterga ega bo‘la boradi. Bu yo‘nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotelь (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
«Ekonomiya» so‘zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, xo‘jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma’noda uy xo‘jaligi to‘g‘risida qoida mazmuniga ega bo‘lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo‘lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, ob’ektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo‘jalikni ulug‘laydi. U ayniqsa qishloq xo‘jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o‘zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog‘lik uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi (fiziokratizm).
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadilar. Raxbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo‘lishlari kerak. Xo‘jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya’ni iste’mol qiymatlari yaratiladi. Qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo‘lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko‘proq, ortiqcha foyda olish, «xo‘jalikni boyitish» uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati orasida uzviy bog‘lanish borligiga e’tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg‘arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |