Mustaqil ish mavzu: antik davr iqtisodiy qarashlari



Download 131,59 Kb.
bet5/7
Sana30.12.2021
Hajmi131,59 Kb.
#194529
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5366047395622685346

xrematistika» matni «xrema» so‘zidan olingan bo‘lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotelь iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar (iste’mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy xo‘jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o‘z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo‘lib, insonning ongli shaxsiy iste’moli doirasida bo‘lishi kerak.

Xrematistika esa (amaliyotda kam qo‘llaniladi) «mulk orttirish san’ati», ya’ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to‘plashga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital qo‘yish, sudxo‘rlik va jamg‘arish «san’ati»dir.

Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudxo‘rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o‘ynagan. SHularni hisobga olib, olim savdo bilan bog‘liq bo‘lgan mol-mulk orttirish san’atida maqsadga erishish borasida hech qachon chegara bo‘lmaydi, chunki cheksiz boylik va pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan shug‘ullanuvchilarning hammasi o‘z kapitalini cheksiz o‘stirishga intiladilar (notabiiy soha).

Aristotelь bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof «ekonomika» ham bo‘lmasligini etarli tushungan, ming afsuslar bo‘lsinki, ekonomikadan doimo xrematistika o‘sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylangan. Aristotelning bu g‘oyasi tarix sinovidan o‘tmadi. Olimlar qanchalik urinmasinlar (bu harakat o‘rta asrda ham bo‘lgan), xrematistikani qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bilan u «tabiiy huquq»ka aylana boshladi. Xatto XVII-XVIII asrlarda «iqtisodiy odam» etishib chiqdi, uning barcha xatti-harakatlari faqat boyish bilan bog‘liq edi.

M.a. III asrda Qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldorlik munosabatlari o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi. Rimning boshqa erlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imperiya yuzaga keldi, ko‘plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan asirlardan iborat bo‘lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan og‘irroq bo‘lgan. YAna bir o‘ziga xos hususiyat shundaki, agar Gretsiyada qullar ko‘proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo‘lsa, Rimda kullar asosan qishloq xo‘jaligida ekspluatatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning quldorlik usulidagi qarama-qarshiliklar shu erda eng keskin tus oldi va oxir-oqibatda kolonatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aholining kambag‘al tabaqalari asrlar davomida erga egalik qilish uchun keskin kurash olib bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiy g‘oyalarga ta’sir etmay qolmadi, qullikka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik xo‘jaliklari - villalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi.

SHu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Bu g‘oyalarning rivojiga e’tibor berilsa, quldorlik tizimining emirilishi bilan unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi.


Download 131,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish