Mustaqil ish mavzu: Alisher Navoiy



Download 46,35 Kb.
bet6/6
Sana15.02.2022
Hajmi46,35 Kb.
#450016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
furqat lirikasi B Muhammadjon

FURQAT DOSTONLARI

1890 yilda butun Rossiyada Aleksandr Vasil’evich Suvorov tugilganiga 160 yil to’lishi munosabati bilan tantanalar o’tkazilgan edi. Gazetalarda A.V.Suvorov va uningbiy galabalari xaqida materiallar e’lon qiilinb, bir qator saxna asarlari maydonga kelgan edi. V.Bogatiryovning arxiv materiallari asosida tekshirishlariga ko’ra, Furqat 1890 yil, 5 oktyabr’ Toshkent saxnasidan N.Kulikovning “Suvorov qishloqda, Milanda va yaxshi ayollar orasida” komediyasini ko’rgan va uning mazmunida o’z asarini yaratgan.


Spektaklda mashxur sarkarda xayoti va faoliyatining unga katta bo’lmagan bir davri tasvirlanadi. Shuning uchun xam shoir spektakl’ mazmunidan chetga chiqib, o’zbek gazetaxonlariga, avvalo Suvorovning kimligi, qanday xizmatlari bilan mashxur bo’lmaganligi xaqida ma’lumotlar berishni shart deb biladi. Shoir qisqa, ravon misralarda A.V.Suvorovga xaqqoniy umumiy xarakteristika bera olgan.
Suvorovning emish bir katta odam,
Baxodirlik bila mashxuri olam.
Emish rusiyaga sardori lashkar,
Yurib amri bila bisyor askar.
Sipoxilik ishiga moxir erkan
Ko’p ishlar dogi andin zoxir erkin.
Furqat poemasida yaratilgan Suvorov obrazi tarixiy Suvorovdagi asosiy xususiyatlarni, umuman, to’gri aks ettiriladi. Furqat dostonida Suvorov, dastavval, rus erining butunligi va xavfsizligi uchun kuch va gayratini ayamaydigan vatanparvar sarkarda sifatida gavdalanadi. Podshox Pavel 1 va saroy doiralaridagi reaktsionarlar bilan kelisha olmay, ishni tark etib, qarilik choglarini o’z qishlogi Kongonskoeda o’tkazayotgan Suvorov vatanning birinchi chaqirigi bilanoq frantsuzlarning tajovuzkorligiga qarshi otlanib, sarkardalikni qabul qildi va o’z yurtini chet el bosqichlari xujumidan ximoya qilishda butun bilim va qobiliyatini ishga soldi. Suvorovning bu xarakati uning xaqiqiy rus vatanparvari ekanligini yaqqol ko’rsatib turadi. Garchi ilgari podsho unga:
Dedikim:-“Nav zanunlar birla qonun,
Senga ma’lum emas bo’lsa o’zing bil!
Ketib mundin bo’lak ishni topib qil!”-deb, ulug sarkardani xaqoratlab vazifasidan ozod qilgan bo’lsa-da, A.V.Suvorov vatan va xalq boshiga ogir kunlar tushganda kek saqlamadi, uning ximoyasi uchun bel bogladi.
Suvorov rus xalqining zo’r irodasiga, rus soldatining qaxramonlik kuchiga, jasurligiga, kuchli sabr-matonatiga astoydil ishonar edi, chunki o’zida xam shunday xususiyatlar bor edi. Uning rus soldatlarini zo’r muxabbat bilan sevishi va ular kuchiga cheksiz ishonishining boisi xam shunda edi.
Tarixiy shaxs Suvorov bilan Furqat poemasidagi Suvorov obrazi o’rtasida to’la uygunlik, moslik mavjud.
Furqat dostonida Suvorov buyuk sarkarda sifatidagina emas, balki olijanob odam sifatida xam tasvirlanadi. Kamtarlik, soddalik, samimiyat va xaqgo’ylik Suvorovga xos insoniy fazilatlardir. Tarixiy shaxs Suvorovga xos bo’lgan bu olijanob xislatlar dostonda to’gri va xaqqoniy aks ettirilgan. Suvorov Konganskoe qishlogida yashagan davrida o’zini kamtar tutadi, dexqonlar bilan samimiy va do’stona muomalada bo’ladi:
Na ish bo’lsa va lekin qayonda,
Bilur erdi turubon ul makonda.
Yurar erdi bo’lib bir rasmi odam,
O’shal qishloq xalqi birla boxam.
Xushchaqchoq tabiatli, ochiq ko’ngilli Suvorov qishloq bolalarini to’plab, ulardan “qo’shin tuzadi, ularga “yogoch miltiq”, “cho’pdon qilich” berib, “xarbiy ish nizomini” o’rgatadi. Bu mashqlar orqali Suvorov qishloq bolalarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi, o’z vaqtini xam chog o’tkazadi:
Yigib yosh bolalarni ba’zi ovqat,
Yagoch miltiq berib aylardi sallot.
Alarga o’zini saraskar aylab,
Qilich cho’rdin o’ziga darbar aylab.
Berib miltiq otarni xam urushni
Furqatning “Suvorov xaqida” dostoni katta ma’rifiy va tarbiyaviy axamiyatga molik bo’lishi bilan birga, muxim tarixiy axamiyatga xam egadir. Shoirning o’zbek adabiyoti tarixi oldidagi unutilmas xizmati shuki, u o’zbek adabiyotida birinchi bo’lib rus tarixi va madaniyatining mashxur arbobi Suvorov obrazini yaratdi. Furqat bu bilan o’zbek kitobxonlari o’rtasida rus xayotiga, tarixiga va madaniyatiga xurmat xislarini uygotdi, rus xalqining asl farzandlariga, ilgor namoyandalariga nisbatan muxabbat tuygularini tarbiyaladi. Binobarin, mashxur ma’rifatparvar shoir Furqat xaqiqiy novatordir. U o’zining ajoyib ijodiy faoliyati bilan adabiyotimizga yangi goyalar, yangi obrazlar olib kirdi.
Download 46,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish