Farmakokinetikasi
Farmakologik faol metabolitlarini (piridoksal fosfati va piridoksaminfosfat) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillari bilan piridoksalfosfati 90% bog‘lanadi. Yaxshi so‘riladi va barcha to‘qimalarga kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq miqdorda mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali kiradi, ona suti bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 15-20 kun. Buyraklar orqali (vena ichiga yuborishda – 2% safro bilan), shuningdek gemodializ jarayonida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
V6 gipo- va avitaminozi (davolash va oldini olish) – sifatsiz ovqatlanish, davomli kechuvchi infeksiyalar, diareya, enterit, spru, davomli stress holatlari, malabsorbsiya sindromi, me‘daning va ichakning katta qismlari olib tashlanganidan keyingi holat, gemodializ.
Majmuaviy davolash tarkibida: gipoxrom va mikrositar anemiya, parkinsonizm, radikulit, Littl kasalligi va Mener kasalligi va sindromi, nevritlar (shu jumladan qandli diabet fonidagi), nevralgiya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi pirodoksinga qaram tirishish sindromi, ftivazidni qabul qilish vaqtida bemorlarda tirishishlarni paydo bo‘lishini oldini olish; gestoz, alkogolizm, etanol va tuberkulezga qarshi dori vositalarini qabul qilish fonida jigarning shikastlanishi, o‘tkir va surunkali gepatitlar, diurezni oshirish va diuretiklarning ta‘sirini kuchaytirish uchun.
Dermatitlar (shu jumladan atopik va seboreyali), gerpetik infeksiyalar (Varicella zoster, Herpes simplex), psoriaz, ekssudativ diatezda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar ichga qabul qilish mumkin bo‘lmasa (qusishda) va ichakdan so‘rilish buzilganida teri ostiga, vena ichiga, mushak ichiga buyuriladi. Kattalarga – sutkada 50-100 mg dan 1-2 qabulda, bolalarga – 20 mg dan. Kattalar uchun davolash kursi 1 oy, bolalar uchun – 2 hafta. Izoniazid, ftivazid bilan yondosh davolashda sutkada 5-10 mg dan.
Sideroblast anemiyani davolash uchun ichga 100 mg dan har kuni yoki 100 mg dan mushak ichiga, haftada 2 marta buyuriladi. Bir vaqtda folat kislotasini, sianokobalaminni, riboflavinni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Parkinsonizmda – m/I sutkada 100 mg dan; davolash kursi – 20-25 in‘eksiya, davolash kursi 2-3 oydan keyin takrorlanadi yoki sutkada 50-100 mg dozada boshlab, har kuni doza 50 mg ga, oshiriladi va sutkada 300-400 mg gacha yetkaziladi, bir martalik in‘eksiya ko‘rinishida 12-15 kun davomida.
Involyusion yoshidagi depressiyalarda m/I – sutkada 200 mg dan.
Piridoksinga qaram tirishish sindromini davolash uchun kattalarga – v/I yoki m/I 30-600 mg; bolalarga – 10-100 mg har kuni buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |