Mustaqil ish mavzu : O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi. Ilmiy rahbar : Bobojonova Dilorom Talaba : Inomjonova Gulchiroy Mustaqil Ish Mavzu


O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari



Download 39,71 Kb.
bet10/10
Sana14.09.2021
Hajmi39,71 Kb.
#174109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish tarix Gulchiroy Inomjonova

O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari.

Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning ta`minlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, O`zbekiston o`z mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga bo`lgan e`tibor, insonlarning sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etish kabi g`oyalarni bosh maqsad qilib qo`ydi.

Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta`minlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qo`llash amaliyoti takomillashtirildi.

Qayd etish kerakki, bgungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqalari, jamiyat rivojlanishining strategic yo`nalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek ma`naviy qadriyatlarimiz asoslari o`z ifodasini topgan.

Ta`kidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslandi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi o`rinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini ko`rish mumkin.

Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “O`zbekiston Respublikasi Oli Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo`lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilsihi ustidan parlament nazoratini ta`minlash vakolatlari berilgan”.

Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bog`liq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash ko`pincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bog`liq bo`ladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga ko`ra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qo`yilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotga o`tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining ustuvor yo`nalishiga aylanishi lozim.

Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini ta`minlash borasidagi umume`tirof etilgan g`oyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat g`oyalriga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchilgini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlatni barpo etish yo`lida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.

Ko`rsatib o`tish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni o`z ichiga oladi;



  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo`lgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik me`yorlarini mustahkamlash;

  • fuqarolarining o`z huquq va erkinliklarini hech qanday to`siqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning mas`ulligi;

  • tajovuz etishdan himoyalanishni ta`minlovchi maxsus me`yorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;

  • huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;

  • davlat va fuqarolarining huquqlarini amalga oshirishini mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.

Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyaning o`zida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida o`rin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar, qonun oldida tengdirlar”.

Fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassaslariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi ko`rsatib o`tilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarining siyosiy huquqlaridan biri hisblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilsih huquqlarini belgilaydi.



XULOSA

Xulosa sifatida ta`kidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga ko`ra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, o`z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lishi va o`z navbatida, milliy o`zlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga o`z hissasini qo`shmog`i lozim.

Mustaqil O`zbekiston inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish borasida butun dunyoda ish boshlagan va ish olib borayotgan barcha kishilarni va barcha davlatlarni juda e`zozlaydi. O`zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatini teng huquqli a`zosi sifatida ma`rifatparvar demokratik adolatli davlat bo`lishga harakat qiladi, inson huquqlarini himoya qilishga va mustahkamlashga qat`iy kafolat beradi.

Inson huquqlari umumbashariy va milliy davlat va huquq tushunchalarini o`zida mujassamlashtiradi. O`zbekiston o`zining boy va ko`p mimg yillik ma`naviy-huquqiy merosiga asoslanib inson huquqlarining umuminsoniy qadriyatlari hamda e`tirof etgan xalqaro huquq talablarini ta`minlash borasida muntazam ish olib bormoqda.



ADABIYOTLAR:

  • Inson huquqlari: Oliy o`quv yurtlari uchun o`quv qo`llanmasi. H.Boboyev va boshqalar. T.: “O`zbekiston”, 1997.

  • I. Zokirov. O`zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. –T.: “Adolat”, 1996.

  • N. Sabirov. Davlat va huquq nazariyasi. T.: T D Yu I. 2005.

  • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  • Yuz.uz sayti.

  • Arxiv.uz sayti

  • Uz.m.Wikipedia.org.




Download 39,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish