Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi.

Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.
Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi oʻrinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan”.
Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash koʻpincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim.
Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansab
dor shaxslarning masʼulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi.
Xulosa sifatida taʼkidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga koʻra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashkil etilganining 20-yilligiga bag‘ishlangan mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oliy sud huzuridagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, sud va huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Janubiy Koreya, Malayziya, Vengriya, Belgiya, Indoneziya, Rossiya, Tailand, Pokiston, Armaniston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya kabi davlatlarning Konstitutsiyaviy sudlari va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi idoralarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy maqsad etib belgilangani va o‘tgan davr mobaynida bu hayotga izchil tatbiq etilayotganini alohida ta’kidladi.
Bu jarayonda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlandi. Bunda mamlakatimiz iqtisodiyotini mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlat bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va tadrijiy amalga oshirishga qaratilgan, jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan rivojlanish tamoyillari muhim dasturilamal bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlatning muhim prinsipi – hokimiyatlar bo‘linishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy qonunimizning 11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.
Ushbu prinsip hayotga joriy etilishi tufayli mamlakatimizda xalqchil va demokratik davlat hokimiyati tizimi shakllandi. Sud hokimiyati, jumladan, uning markaziy bo‘g‘ini – Konstitutsiyaviy sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i sifatida qaror topdi. Konstitutsiyaviy sud ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning Asosiy qonunimizga mosligini aniqlash, Konstitutsiya va qonunlarning normalariga sharh berish, qonunchilik tashabbusini amalga oshirish vakolatlari vositasida hokimiyat tarmoqlari bo‘linishi prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida izchil faoliyat yuritayotir.
Konferensiyada O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirishda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining ta’minlanayotgani davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etildi.
Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konsti
tutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir.
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Chang Jong Kimning fikricha, konstitutsiyaviy nazorat organlarining vakolatlarini kengaytirish, institutsional va vazifalarga doir mustaqilligini mustahkamlashga ko‘plab davlatlarda e’tibor qaratilmoqda. Ushbu idoralarning qarorlarini ijro etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy etish vositasida konstitutsiyaviy nazorat idoralarining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
– O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama puxta o‘ylangan va xalqaro standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan tizimli institut sifatida shakllangan, – deydi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Mixail Kleandrov. – Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashgani, hakamlik sudlari tarmog‘i shakllangani ishlarni sifatli va samarali ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaviy sud qonun hujjatlarining Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rish orqali har bir hokimiyat tarmog‘ining o‘z vakolati doirasida ish yuritayotgani, ularning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinganiga baho beradi. Bularning barchasi huquqiy davlatning muhim sharti hisoblangan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Malayziya Apellatsiya sudi raisi Tan Sri Raus Sharifning ta’kidlashicha, konstitutsiyaviy nazoratning samaradorligini ta’minlashda konstitutsiyaviy nazorat obyektlarini va ularni ko‘rib chiqish chegaralarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda me’yorlarning sud nazorati har tomonlama qamrab olinishini ta’minlash dolzarb hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan biron-bir normativ-huquqiy hujjat sud nazoratidan chetda qolib ketmasligi, sud organlarining nazorat vakolatlari takrorlanmasligi lozim.
– O‘zbekiston bag‘rikeng diyor sifatida jahonga tanilgan, – deydi Pokiston Oliy sudi sudyasi Qozi Fayoz Iso. – Inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar pirovardida bu mamlakatning gullab-yashnashiga yo‘l ochayotganiga guvoh bo‘ldik. Darhaqiqat, qayerda hokimiyat tarmoqlari zimmasiga qo‘yilgan vazifalar to‘laqonli ado etilsa, o‘sha yerda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi. Bunda sudyalar zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy tizimni modernizatsiya etish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi alohida o‘rin tutmoqda. Huquqiy tizimni, demokratik qadriyatlarni muhofaza qilishda, ularni xalqimiz turmush tarziga singdirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Kelgusida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining yanada takomillashtirilishi sudlov jarayonlarining modernizatsiya qilinishi va demokratlashuviga, konstitutsiyaviy odil sudlovning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarining samarali va o‘z vaqtida himoyalanishini mustahkamlashga qaratilishi lozim.
– O‘zbekistonda hokimiyatning har uchala tarmog‘i o‘ziga xos mukammal shakllantirilgan, – deydi Tailand Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Tvekiat Menakanist. – Ular o‘z vazifalarini qonunda belgilangan asosda hamda fuqarolar manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlikda olib borayotgani mamlakatda barqarorlik, farovonlik qaror topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Konferensiyada Konstitutsiyaviy sudning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini tatbiq etish va inson huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati, konstitutsiyaviy odil sudlovning dolzarb masalalari, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
2018 yil 10 dekabrь kuni “Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatini mustahkamlash – Oʻzbekiston Respublikasidagi demokratik islohotlar yangi bosqichining muhim yoʻnalishi” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi, BMTTD, YeXHT loyihalari koordinatori, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), F.Ebert nomidagi jamgʻarma, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tashkillashtirildi.
Xalqaro anjuman ishida senatorlar, deputatlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek xalqaro ekspertlar G.Klemenchich (Sloveniya), A.Xederix (Sloveniya), A.Guardino (AQSh) ishtirok etdi.
Anjuman xalqaro hamjamiyatni Oʻzbekistonda davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonuniylikka erishish va qonun ustuvorligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar bilan tanishtirish maыsadida oʻtkazildi. U Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bagʻishlandi.
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizdagi tub islohot va oʻzgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotgani haqidagi fikrlariga eʼtibor qaratildi. Haqiqatan ham, Bosh Qomusimiz xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga toʻla javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjatdir. Ayni paytda biz Asosiy qonunimiz talablarini toʻliq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz. Yaʼni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda taʼminlash boʻyicha hali koʻp ish qilishimiz kerak.
Shu maqsadda oʻtgan yili mamlakatimizda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat mohiyatiga koʻra jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yoʻl xaritasi”ga aylandi”.
Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklariga rioya qilishning ishonchli kafili ekanligi qayd etildi. Konstitutsiyada Oʻzbekistonning demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqligi, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani mustahkamlab qoʻyilgan.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan inson huquq va erkinliklarini konstitutsiyalashtirishning asosiy tendentsiyalari, ushbu sohada davlat institutlari va jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini tatibga solishning konstitutsiyaviy mexanizmlari; konstitutsiyaviy rivojlanish nuqtai nazaridan inson huquqlari xalqaro va milliy standartlarining oʻzaro aloqasi va taʼsiri masalalarida zamonaviy yondashuvlar; qonunchilikning Konstitutsiya qoidalariga muvofiqligi ustidan konstitutsiyaviy nazoratning ilgʻor koʻrinishlari, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni taʼminlashda konstitutsiyaviy adolatning roli muhokama qilindi. Davlat va jamiyat faoliyatida jamoatchilik boshqaruvining koʻrinishlari va yoʻnalishlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Konstitutsiya qoidalarining taʼsirini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Xalqaro anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga, birinchi navbatda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga toʻla muvofiqligi qayd etildi. Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mavjud inson huq
uq va erkinliklarining barchasi, yaʼni insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar va asosiy erkinliklari mustahkamlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig xalqaro ahamiyati unda demokratik jamiyatning oliy qadriyatlari – inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari mustahkamlanganligida yaqqol namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasida bevosita va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladigan halqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari ustuvorligi eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida istisno hollarda inson huquq va erkinliklarining cheklanishi mumkinligi boʻyicha xalqaro standart va asoslar mujassam. Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining inson huquq va erkinliklari cheklanishi jamoatchilik nazorati, jamoatchilik xulqini himoya qilish va boshqa shaxslar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish zarur boʻlgan hollarda, shuningdek qonunda mustahkamlangan asoslar boʻyicha amalga oshirilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi 29-moddasini implementatsiya qilinganligi bilan asoslanadi.
Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning demokratik tamoyillarini belgilab berganini taʼkidladilar. Bosh Qomusimizda fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻliq kafolatlangandir.
Xalqaro anjumanda Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga yoʻnaltirilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |