Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Sirtqi bo’lim 4- bosqich 701- guruh Informatika O’qitish metodikasi yo’nalishi talabasi Umurzoqov Jamshidning Amaliy Dasturlar Paketi fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu : Corel Draw grafik muxarriri, interfeysi
Corel Draw Graphics Suite 12 dasturi
CorelDRAW – vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik koʻrinishlarni loyihalash, foto matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa, badiiy koʻrinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bogʻliq amallarni bajarish mumkin.
CorelDraw Graphics Suite 12 (versiyali) dasturi oʻrnatilgach, uning asosiy dasturidan tashqari boshqa dasturiy komponentlari ham mavjud boʻladi. Jumladan, Corel Capture12; Corel Photo-Paint 12; Corel R.A.V.E. 3; Corel Update; CorelTrace12; Duplexing Wizard; SB Profiler va h.k. dasturiy komponentlari ham mavjud. Dasturni ishga tushirish uchun Пуск → Все программы → Corel Draw Graphics Suite 12 → CorelDRAW 12 ketma-ketligi bajariladi.
CorelDraw dasturi ishga tushirilgandan keyin ekranda COREL DRAWga XUSH KELIBSIZ (welcome to Corel DRAW) so'zi nomayon bo'ladi va dasturni ishga tushirishning bir nechta variantlarini tanlashni so'raydi:
New Graphic – Yangi hujjat,
Open Last Edited – oxirgi ishlangan hujjatni ochish,
Open Graphic – hujjatni ochish,
Template – tayyor shablonlarni ochish,
CorelTUROR – dastur o'rgatuvchini ishga tushirish,
What is New? – nima yangilik?
Dastur ishga tushirilgach uning quyidagilardan iborat oynasi hosil boʻladi:
- sarlavha satri; - menyular satri; - standart uskunalar paneli; - xossalar paneli; - vertical va gorizontal lineyka; - vertical (asosiy) uskunalar paneli; - sahifalar boshqaruvi; - holat satri; - hujjat sahifasi; - belgilangan obyekt; - ishchi sahifa; - ish sohasi; - prokrutkalar (gorizontal, vertical); - ranglar palitrasi (paneli).
Ekranning yuqori qismida bosh menyu buyruqlari (menu bar) joylashgan boʻlib u quyidagi 11 ta menyu lardan tashkil topadi:
Fayl (File – Файл)
Muharrirlash (Edit – Редактировать)
Koʻrish (View – Показать)
Boshqarish (Layout – Размещение)
Kompanovkalash (Arrange – Компоновать)
Effektlar (Effects – Эффекты)
Rastrli tasvirlar (Bitmaps – Битовые изображения)
Matn (Text – Текст)
Servis (Tools – Инструменты)
Oyna (Window – Окна)
Yordam (Help – Помощь)
Har bir menyu (guruh) bir-biriga yaqin amallarni bajaruvchi buyruqlar yigʻindisidan, masalan, Matn (Text) menyusi matnlar ustida amallar bajaradigan buyruqlar, Effektlar (Effects) menyusi — vektorli va rastrli tasvirlar uchun har xil effektlar berish va muharrirlashda foydalaniladigan buyruqlardan tashkil topgan. Buning uchun kerakli menyu tanlanadi va uning ichidagi buyruqlar (bandlar) tanlanadi. Shunda, kerakli menyuning kerakli buyruqlaridan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |