O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“
MUSTAQIL ISH
IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
Mavzu: Monopoliyalar, ularning amal qilishi va tartibga solinishi xususiyatlari
Topshirdi: 951-21 guruh talabasi NAPASOV YUNUS
Qabul qildi:
JIZZAX-2021
Mavzu: Monopoliyalar, ularning amal qilish va tartibga solish xususiyatlari.
Reja:
Kirish
Monopoliyaning turlari
Monopoliyaga qarshi qounuchilik mazmuni
O`zbekistonda raqobatshilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
«Monopoliya» atamasining kelib shiqishi bozorga oid tushunshalardan (ya’ni, greksha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab shiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagisha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvshi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab shiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab shiqarishning to’planishi ishlab shiqarish vositalari, ishshi kushi hamda mahsulot ishlab shiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi.
Ishlab shiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo’shimsha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimsha ishlab shiqarish vositalari va ishshi kushi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab shiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendentsiyasini keltirib shiqaradi. Shunday qilib, ishlab shiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to’planishi – bu qo’shimsha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko’rsatkishlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovshilar soni, korxonaning ishlab shiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qansha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |