E.Z.Usmonova o‘zining tadqiqot ishlarida ikki asosiy motivatsiya toifasini ko‘rsatib o‘tgan: muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi tashqi motivatsiyaga, bilish motivatsiyasini esa ichki motivatsiyaga mansub, deydi.
Biz tadqiqotimizda maktab o‘quvchilarida yetakchi hisoblanmish o‘qish faoliyati motivlarini o‘rganishga harakat qildik.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi.
Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o‘qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan.
Shuningdek, o‘qish faoliyatiga bo‘lgan qiziqish, bilishga intilish shaxsdagi tashqi motivlar negizida yuzaga kelishi ta'kidlanadi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘qish motivlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ushbu muammo yuzasidan olimlar keng qamrovli izlanishlar olib bormoqdalar.
Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib kasb tanlash jarayonini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik.
Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreyeva, A.N.Bodalev, F.V.Bassin, Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vo‘chatskiy, A.V.Vedenov, Yu.M.Zabrodin, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, G.A.Kitvel, Ye.S.Kuzmin, M.S.Kagan, V.S.Merlin, V.N.Myasishchev, V.S.Magun, I.G.Pavlov K.K.Platonov, B.D.Paro‘gin, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘oziyevlar) munosabat kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan xayrixohlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. Kasb tanlash jarayoni esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda professor E.G‘oziyev tomonidan talaygina ilmiy mulohazalar bildirilgan. Chunonchi, hozirgi kunda shaxsga subyektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik - subyekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, «subyekt-subyekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday subyekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi muammosini yechish, shaxs subyekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozisiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak har qanday motivlarning asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, asosan o‘qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonining psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish, ya'ni o‘qish jarayonida bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ularga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkinligini e'tirof etishgan.
Shuningdek, o‘qish faoliyatiga bo‘lgan qiziqish, bilishga intilish shaxsdagi tashqi motivlar negizida yuzaga kelishi ta'kidlanadi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, o‘qish motivlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ushbu muammo yuzasidan olimlar keng qamrovli izlanishlar olib bormoqdalar.
Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq ilmiy mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib kasb tanlash jarayonini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdim
Foydalanilgan adabiyotlar
G’oziyev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi): PedҒозиев Э. Психология: (Ёш даврлари психологияси): Пед. Ин-тлари ва ун-тларнинг талабалари учун ўқув қўл. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 244 б.
Haydarov F.I., Xalilova N.I., Umumiy psixologiya. –T.: 2010-yil.
Haydarov F.I., Xalilov N.I. Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi (o’quv qo’llanma). –T.: “Mehnat” nashriyoti, 2007-yil, 178 b.
Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti , 1997-yil, 246 b.
Hoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild, -T.: “Oqituvchi” nashriyoti, 1995-yil, 461 b.
Hoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti, 2010-yil. 424 b.
Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M. va boshqalar. Pedagogika tarixi: (pedagogika oliy o’quv yurtlari va dorilfunun talabalari uchun o’quv qo’llanma.). –T.: O’qituvchi, 1996-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |