An'anaviy yondashuv har qanday tashkilot uchun mos bo'lgan boshqaruv tamoyillari va qoidalarini ishlab chiqadi va ishlatadi. An'anaviy yondashuv menejmentni odamlar va (yoki) tashkilotlarning oddiy bir o'lchovli o'zaro munosabati sifatida tushunadi. U barcha boshqarish ob'ektlari bir xil va ta'sirlarga bir xil javob berishidan kelib chiqadi.
Tizimli yondashuv tashkilotdagi qismlarning o'zaro ta'siriga e'tiborni qaratadi va har bir alohida qismni butun kontekstda o'rganish muhimligiga e'tibor qaratadi. Tizimli yondashuvning asosiy elementlari tizimga kirish (kiruvchi manbalar), olingan resurslarni mahsulotga aylantirish jarayoni, tizimdan (mahsulot) chiqish, geribildirim (teskari yo'nalishda zanjirga ta'sir qiladigan natijani bilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |