Yuqoridagi ruxsat etilgan zona o‘tkazuvchanlik zonasi deb ataladi, ya’ni mos energiyaga ega bo‘lgan elektronlar, tashqi elektr maydoni ta’sirida yarim o‘tkazgich hajmida harakatlanishlari mumkin. Bunda ular elektr o‘tkazuvchanlik yuzaga keltiradilar. O‘tkazuvchanlik zonasidagi biror energiyaga mos keladigan elektronlar o‘tkazuvchanlik elektronlari yoki erkin zaryad tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi.
Absolyut nol temperaturada (0 K) yarim o‘tkazgichning valent zonasidagi barcha sathlar elektronlar bilan to‘lgan, o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo‘ladi. Absolyut noldan farqli temperaturalarda yarimo‘tkazgichda elektron – kovak juftliklarining generatsiya va rekombinatsiyasi hamda kiritmalar atomlarining ionlashuvi va neytrallashuvi sodir bo‘ladi. Bunda elektronlar W energiyali u yoki bu energetik sathlarni egallaydilar. Muvozanat holatda (T=const) o‘tkazuvchanlik elektronlari va kovaklarining o‘zgarmas konsentratsiyalari yuzaga keladi.
rasmda metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari keltirilgan.
Metallarda o‘tkazuvchanlik zonasi valent zonasiga kirishib ketgan bo‘ladi. Dielektriklarda esa ta’qiqlangan zona kengligi bir necha elektron- voltni (elektron – volt, bu elektron 1 V potensiallar farqidan olgan energiyasi) tashkil etadi. Eng keng qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichlarning taqiqlangan zona kengligi 0,5(2,5 eV ni tashkil etadi.
Energetik sathlarning egallanganlik xolati kristallarning elektr o‘tkazuvchanligida namoyon bo‘ladi. Tashqi man’ba hisobiga kristallda elektr tokni yuzaga keltirish uchun elektr maydon hosil qilinadi. Bu maydon elektronlarni tezlatadi va ularni energiyasini oshiradi. Zona diagrammasi tilida bu jarayon elektronlarni qo‘zg‘atilishi deyiladi. Bunda elektronlar dastlabki egallab turgan energetik sathidan zonaning boshqa yuqoriroq sathiga ko‘chadi. Elektronlar bilan butkul to‘lgan zonadagi elektronlar o‘z energiyalarini o‘zgartira olmaydilar va shu sababli elektr toki hosil qilishda ishtirok eta olmaydilar. Demak, T=0 K da yarim o‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligi nolga teng
xulosa
Hozirgi kunda yarim o‘tkazgichlar fizikasi fan va texnikaning eng jadal rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Bunga sabab yarimo`tkazgichlarning fan va texnikada keng qo`llanilishiga bo`lgan talabning yuqoriligidir.