IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
30-mavzu: Qahramonlik,burch va fidoyilik (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
Kun shiori: “Xotira uyg`onsa go`zal”
Maqsad: O`quvchilarda xotira muqaddasligini anglatishni, o`tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashahlikni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Xotira dunyoda aziz, mo`tabar,
U-ona, u-ustoz, u-suyuk padar.
Va lekin qimmati qolmasdi uning,
Eslaydigan zuryod bo`lmasa agar.
Abdulla Oripov
O`qituvchi:
Xalqimiz qadim-qadimdan o`z ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoyishiga binoan, 9 may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nisholanadigan bo`ldi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vatan va xalq ozodligi yo`lida qurbon bo`lgan fidoiylar xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi qarori ham e`lon qilindi.
Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini xotirlashgan. Yurtimizda Islom dini joriy qilinishi bilan “Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti” arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o`qilgan. Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug’, ustozlar, jamiki bu dunyodan o`tib ketganlar esga olingan.
Hozirgi vaqtda yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlash borasida talaygina ibratli ishlar qilinmoqda.
Ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasidagi ana shunday olijanob ishlarga Toshkent shahri markazida barpo qilingan “Shahidlar maydoni”, “Motamsaro ona” haykali yaqqol misol bo`la oladi.
Xotira va qadrlash maydoni 1999-yilda O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan me’moriy majmuadir.
U Mustaqillik maydoni xiyobonidagi mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan. Uning bir tomonida ayvonlar qad ko`targan bo`lib, uning tokchalariga o`rnatilgan metal taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan o`zbekistonlik barcha jangchilarning ismi-sharifi yozilgan. Ayvonlar milliy an’anaviy me’morlik uslubida qurilgan bo`lib, majmuani bunyod etishda o`ymakorlik bilan jozibador bezak ishlari amalga oshirilgan.
Topshiriq: O`quvchilar 4 guruhga bo`linib, o`zlariga berilgan savolga ma’lumotlar to`playdi.
I-guruhga: “Ikkinchi jahon urushi”;
II-guruhga: “O`zbek xalqining urushga qo`shgan hissasi”;
III-guruhga: “Ikkinchi jahon urushi qahramonlari”;
IV-guruhga: “Ikkinchi jahon urushidan omon qaytganlarga e’tibor”.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |