Sana:________________
28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik,turmush bo’lar chiroylik
Kun shiori:
“Dunyodagi asl boylik – o`z halol mehnating samarasi”
Mehnat salomatlik garovi.
Maqsad:O`quvchilarda halol mehnat qilishga o`rgatish, san’atni va musiqani tushunishni
singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur
tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon Amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur
chamani kitoblari, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Yoz oftobi – qishga dori.
Mehnat salomatlik garovi.
Miskin
O`qituvchi: Har bir xalq mehnarsiz, san’atsiz va musiqasiz hech qachon yashay olmaydi.
Lekin, o`sha mehnat, tasviriy san’at va musiqa ham milliy va jahon talablariga javob
bersagina.
Mehnat, asosan, ikki turli bo`ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo`llari
yordamida jismoniy kuch sarflab amalga oshiriladigan ishlar jismoniy mehnatni aqliy
mehnatdan ajralgan holda tushunish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina
mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor bo`ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor
haydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa, uning ishi yaxshi
natija beradi. Aql aralashmagan ishning mahsuli bo`lmaydi.Aqliy mehnat egalari –
o`qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar bo`lib, ular
ma’naiyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan ta’min
etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladilar.O`quvchi
aqliy mehnat egasi bo`lib, hamisha o`qiydi, yozadi va o`z ma’naviy olamini boyitish yo`lida
mehnat qiladi. Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug`illanishga to`g`ri keladi,
maktabda esa o`z sog`lig`ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi.
O`quvchining o`z odabini namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa
mehnatida faol ishtirok etishidir.Topshiriq: O`quvchilarning I-guruhiga: “Maktabda hashar”
mavzusida rasm chizadilar, II-guruhiga: “Musiqa” asboblarini tezlik bilan aytish.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka,
ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: