ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida
mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega
shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
Aslida, har qanday an’ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan hayotiy zarurat
tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu
– istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket kelguvchi avlodlar ma’naviy – axloqiy
qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun –
mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas
g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday
an’analar borki ular o`zining ijobiy ta’siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga
ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq
xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.
Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi
kunning boshlanishidir.
“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari
tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z
bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish
pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday
ta’riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab
berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka “
Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim Firdavsiyning
“Shohnoma”, Xoja Ali Termiziyning “ Navro`znoma “, Alisher Navoiyning “Saddi
Iskandariy” asarlari Navro`z va uning paydo bo`lish tarixi, u bilan bog`liq urf – odat, rasm –
rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir.
Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh
– la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
Topshiriq:
“Navro`z ” bayrami bilan bog`liq bo`lgan an’ana va udumlarimizni
“Diolog” usulida ochib beradilar.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka,
ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: