tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur
chamani kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko`ra, xijriy 736 yil ( milodiy
1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo`ja
Temur o`smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai
xotirasiga tasannolar aytishgan. O`n ikki yoshga to`lganida u: “ bolalarcha o`yinlardan
orlanadigan bo`ldim va vaqtimni o`zimga tengqur o`spirinlar bilan o`tkazishga harakat
Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat
barpo etishni o`z odiga maqsad qilib qo`yadi. O`zining porloq istiqboliga katta umid va
ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o`zining tug`ma bahodirligi va jasorati bilan,
balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo`lgan ishonchu e’tiqodi bilan ham
mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og`ir va qiyin sharoitlarda ham to`g`ri tadbir
belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi
nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo`lsa,
avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.
Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki
davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir
Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli
davlatga birlashtirish uchun kurashadi.
Ikkinchi davr 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish
va buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Shu narsa alohida e’tiborga
loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat’i nazar, u adolatni
himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib,
markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard
sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda
nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.
Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o`quvchilarAmir Temur bobomizga o`zlarining mustaqil
ta’riflarini beradilar. Bunda avvalo o`quvchilarning so`z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin
fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka,
ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: