Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
Sana:
8-Mavzu: Jamoa bo’lish zavqi
Kun shiori:Biz ahil jamoamiz
Mashg;ulotning maqsadi: Jamoa bo’lib,birgalikda ishlash tuyg’ularini rivojlantirish ,jamoa bo’lib ishlash maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish; tarixga nazar solish orqali jamoaviylik haqida ko’proq ma’lumolar berish
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni tekshirish.
Asosiy tushuncha va ma’lumotlar
«Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivoj- lanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos boiishini hammamiz yaxshi bilamiz. Masalan, Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning 0‘rta Osiyo sharoitida jamoa boiib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qoilab-quwatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi. Shu ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan boisak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon boiadigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
Asosiy qism:
Biz yashab turgan hozirgi 0‘zbekiston, 0‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari — daryo va an- horlar bo‘yida yashab kelgan. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan, tabiati, iqlimi juda murakkab, tez o‘zgarib turadigan bu hududdagi sharoitning o‘zi bu yerdagi millat va elatlarning ming yillar davomida bir-biriga yaqin yelkadosh bo‘lib, bir- birining og‘irini yengil qilib yashashini taqozo etgan, ya’ni bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashash- ga imkoni bo‘lmagan. Tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni jamoa bo‘lib istiqomat qilishini zaruratga aylantirgan. Bunday yashash tarzi tabiiy ravishda odamlami bir-birining holidan xabardor bo‘lib, dard-u quvonchlarini o‘zaro baham ko‘rib, to‘y- da ham, azada ham bu hayot yukini barobar tortishga o‘rgatgan, insonlar qalbida jamoa fikriga hurmat ruhini kuchaytirgan.
Jamoaviylik belgilari bugungi kunga qadar hayotimizda katta o‘rin egallab kelmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mahalla tashkilotining qayta tiklanib, unga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idorasi maqomi berilgani jamoaviylik bilan bog‘liq
an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning tumiush tarzi- mizdan yanada keng o‘rin olishida aloliida ahamiyat kasb etmoq- da. Masalan, hashar, to‘y-u tomoshalarni mahalla alili bilan bamaslahat o‘tkazish, Navro‘z bayrami kunlarida halim, sumalak kabi bahor taomlarini tayyorlash, turli o‘yin va tomoshalar uyushtirish, ko‘makka muhtoj, qarovcliisiz kishilaming holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga, mahalladagi tozalik, obodoncliilikka e’tibor berish bilan bog‘liq qadriyatlarimiz shular jumlasidandir. Masalan, hashar haqiqiy jamoaviy melinatning, jamoa irodasining yorqin ko‘rinisliidir. Bu tadbir orqali ko‘pcliilikka birdek daxldor bo‘lgan ishlar amalga oshiriladi. Deylik, mahalla, qisliloq yoki shahar ko‘chalari tozalanadi, obod qilinadi, jamoat maskanlari — mahalla guzari, choyxona, do‘kon yoki oslixonalar tartibga keltiriladi. Hashar yo‘li bilan yordamga muhtoj insonlaming kam-u ko‘sti to‘g‘rilanadi, ularga moddiy va amaliy ko‘mak beriladi.
Jamoaviy hayot insonni yon-atrofdagi odamlarning dard-u quvonchlariga e’tiborsiz boimaslikka, boshqalar uchun kuyinib, faqat o‘zini emas, o‘zgalarni ham o‘ylab yashashga o‘rgatadi. Bu esa haqiqiy insonparvarlikdir.
Jamoaviylik va insonparvarlik o ‘zaro yaqin va mushtarak tushunchalardir. Mehr-oqibat, or-nomus, boshqalarning oldida 0‘zini tutish, shafqat, muruvvat, xayr-u saxovat, hamdardUk, hamkorlik kabi inson uchun eng zarur va noyob tuyg ‘u - tush unchalar aynan jamoaviy hayot asosida pay do bo‘ladi va rivojlanadi.
Bizda jamoaviylik an’analari kuclili bo‘lgani uchun biron-bir ishga qo‘l urishdan oldin ko‘pcliilikdan maslahat so‘raladi. Ko‘p- cliilik ma’qullagan ish albatta oxiriga yetkaziladi. Jamoaning hur- matini qozongan inson obro‘-e’tiborli inson hisoblanadi. Albatta, bu darajaga yetish oson emas. Buning uchun halol mehnat qilish, ko‘pcliilikning manfaati bilan shaxsiy manfaatni uyg‘unlashtirib yashash, boshqalarning ko‘ngliga qarab ish qilish talab etiladi.
Inson tabiatan doimo kim bilandir muloqot qurib, fikr alma- shib, hamkorlik qilib yashashga moyil. Ingliz yozuvchisi Daniyel Defoning «Robinzon Kruzo» romani qaliramoni kimsasiz orolga tusliib qolganida ko‘nglini yoradigan, o‘tirib dardlashadigan biror- bir hamsuhbat yo‘qligidan qanchalik qiynalganini bir ko‘z oldin- gizga keltiring. Boyoqish, nima qilisliini bilmasdan, hayvonlar, o‘simliklar bilan «suhbat qurgani» odamzot hayotida jamoaning o‘mi naqadar beqiyos ekanidan dalolat beradi.
0‘zaro ham fikr insonlaming ahil jamoa bo‘lib harakat qilishi kundalik hayotda ham, ishda, mehnatda ham katta yutuqlarga asos bo‘ladi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, nufuzli sport muso- baqalarida qaysi jamoa jips va hamjihat bo‘lsa, yagona maqsad yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, o‘sha jamoa g‘o- lib bo‘ladi. Bunda, hech shubhasiz, har bir odamning o‘ziga xos qobiliyat va iste’dodi, jismoniy, ma’naviy imkoniyatlari borligini ham hisobga olish lozim. Har bir odam o‘zining shaxsiy, indivi¬dual xususiyatlarini, qiyofasini saqlab qolgan holda, ayni paytda jamoada o‘z o‘mini topishi va o‘ziga munosib vazifani bajarishi kerak. Shundagina bunday jamoa eng kuchli jamoa bo‘ladi.
Ijfar Indmduallik faqat bir insonga xos xususiyat va belgilar ifodasi bo‘lib, inson uchun bu ham eng zarur fazilatdir. Lekin indmduallik o'ziga bino qo‘yish, o'zini boshqalardan ustun deb bilish, faqat shaxsiy manfaatni o‘ylab yashashga aylanib ketadigan bo ‘Isa, insonning o ‘zi uchun ham, jamiyat uchun ham zararlidir.
Jamoaning noyob xususiyati shundaki, betakror, bir-biriga o‘xshamaydigan odamlami ulami qiziqtiradigan, shaxsiy man- faatlariga daxldor bo‘lgan maqsadlar asosida birlashtiradi, insonni kamtar, halol, boshqalarga hamdard bo‘lishga o‘rgatadi. Bunda, ayniqsa, yetakchilaming o‘mi beqiyos bo‘ladi. Ular jamoaning birgalikda harakat qilishi, irodasini namoyon etislii, umumiy kayfiyati va intilishini belgilab beradi. Yetakchi qanchalik kuchli, azm-u sliijoatli, qat’iyatli va irodali bo‘lsa, jamoa ham shunchalik kucili bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |