"Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'l" Belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lak.
5.10.3
|
5.10.4
|
"Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'lning oxiri"
|
5.11.1
|
"Qayirilish joyi" Chapga burilish taqiqlanadi
|
34-Mavzu: Yoz-o’tadi soz
Maqsad: O`quvchilarda yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Yozgi ta’tilda o`qiydigan kitoblar ro`yxati, ya’ni bolalar yozuvchilarining asarlari.
Doskada:
Yoz. Vaqtning o`tganin bildirmagay hech,
Yoz – saxiy, qo`lida sovg`a-salomi.
Vujudni to`ldirib tindirmagay hech,
Uch oy eslamagay hech zot zavolin.
Usmon Azim
O`qituvchi:
O`quv yili ham tugab bormoqda. O`quv yilini har o`quvchi o`ziga xos bo`lgan holatda tugatdi. Bu davrda juda ilmlarga ega bo`ldingiz. Juda ko`p fan sirlaridan ogoh bo`ldingiz. Bir qancha tadbirlarda qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo`ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi ta’tilga yetib keldingiz.
Yoz juda yaxshi bu avvalo, bolalarga zavq bag`ishlaydi. Ko`pchilik o`quvchilarimiz oromgohlarga, ba’zilari tabiat quchog`iga, ba’zilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam olishga borganda albatta, katta hamrohligida amalga oshiriladi. Yozgi oromgohlarda avvalo, odob-axloq me’yorlariga e’tibor berishingiz talab etiladi.
Yozgi ta’tilda faqat dam olish emas, balki bolalar yozuvchilarining asarlarini mutoala qilishingiz, suv havzalariga borganda juda ehtiyot bo`lishingiz kerak.
Topshiriq: Har bir o`quvchining yozda nima ish bilan mashg`ul bo`lishligi haqida o`quvchilardan sinf rahbari ma’lumot oladi va daftariga qayd etib qo`yadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |