Мустақил иш мавзу: Замонавий (амалий) молиявий янгиликлар бозори ва молиявий бозорлар



Download 443,98 Kb.
bet2/3
Sana14.07.2022
Hajmi443,98 Kb.
#796055
1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy bozor

Moliyaviy bozorlar
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin187 (6.2.1-chizma)

Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, qarz majburiyatlari (debt), aksiyalar (equity) va hosila qimmat li qog‘ozlar (derivatives) moliyaviy aktivlarning asosiy turlaridan bo‘lib hisoblanadi. Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi188. Tegishli ravishda qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat garovlari, shuningdek, iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz instrumentlarini, shuningdek, qayd qilingan daromad instrumenti (fixed­income instrumens), deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar, deb atash ham mumkin.
Qarz instrumentlari, shuningdek, qarzni uzish muddati (maturity) asosida ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori pul bozori (money market) nomiga ega. Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa kapital bozori (capital market), deb nomlanadi.
Pul bozorida asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar kabi instrumentlar aylanadi.
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya va likvidlik (liquidity) o‘ziga xos xarakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya qilinish jarayonining oddiyligi, xarajatlari va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Aksiya – bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir. Korporatsiya kapitali ulushiga egalik qilishdan dalolat beradigan qimmatli qog‘ozlar AQShda oddiy aksiyalar (common stocks), Buyuk Britani-yada aksiyalar (shares), deb ataladi. Aksiyani sotib olish va sotish fond bozorida (stock market) amalga oshiriladi. Har bir oddiy aksiya boshqa aksiyadorlar bilan firmaning mulkidagi qismda (yoki ulushda) baravarligini bildiradi.
Oddiy vaziyatlarda har bir aksiyaga bir xil miqdordagi foyda va korporatsiyani boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz berish huquqi to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim korporatsiyalar muomalaga oddiy aksiyalarning ikki toifasini chiqaradilar. Ulardan biri aksiyadorga ovoz berish huquqini beradi, boshqasi esa bermaydi. Oddiy aksiyalar korporatsiya aktivlariga qoldiq talablarni (residual claim) ifodalaydi. Bunday aksiya egalari firmaning u tomonidan barcha qolgan moliyaviy majburiyatlarni bajarganidan so‘ng qolgan istalgan aktivlariga huquqi bor. Masalan, agar firma biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini sotayotgan bo‘lsa, u holda oddiy aksiyalarga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar, barcha kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lingandan keyin nima qolsa (yoki nimadir qolsa) hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar.
Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining cheklangan mas’uliyati (limited liability) bilan tavsiflanadi. Bu, agar firma yopilayotgan bo‘lsa va uning aktivlarini sotishdan tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga etmayotgan bo‘lsa, unda kreditorlar aksionerlardan qarz majburiyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. Bu yerda kreditorlarning korporatsiyaga talablari uning aktivlariga bo‘lgan talablari bilan cheklanib qoladi.

Download 443,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish