Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlar
Bunday mashg’ulot odatda, besh bosqichda: basseyn yoki ochiq suv havzasining eng sayoz, suvning oqim tezligi minutiga 10 m dan oshmagan, suv harorati 25-28°S (yozda 18-24°S)dan past bo`lmagan maskanda olib boriladi. Ma`lumki, suzishni bilmagan odam hech qachon suv bilan tanishmay turib, suzishni o`rganib keta olmaydi. Shuning uchun suzishga o`rgatishda yuqoridagi bosqichlarga asoslanish zarur.
Jadvallardan ko`rinib turibdiki, mashqlar asta-sekin murakkablashib borgan. Chunki suv bilan tanishuvda har bir bosqichdagi mashqlar oldiga ma`lum maqsad va vazifalar qo`yilgan. Masalan:
I bosqichda yurish va yugurish mashqlarini o`tishdan maqsad bolalarni basseynning chuqurligi bilan tanishtirish, oyoq ostida tayanch borligiga ishonch hosil qilish va suvdan cho`chimaslikka o`rgatishdir. Qo`llarni har xil holatda tutib yurishda esa suvning qarshiligini his etish, qo`llar bilan eshish harakatini bajarganda suvda yengil va tez yura olishni sezishga o`rgatish kerak bo`ladi. Bir- biriga suv sepishda esa suvning tomchilaridan, sakraganda esa suvda sirpanib ketishdan cho`chimaslikka o`rgatiladi.
SPORT O`YINLARI BO`YICHA MUSOBAQALAR O`TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH.
FUTBOL O`YINI BO’YICHA MUSOBAQALAR O’TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH
Futbol musobaqalarni tashkil etish, o`tkazish va uning ahamiyati.
Futbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Futbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, korxona jamoasi, shahar, respublika, mamlakat oldidagi ma’suliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinlarning emostional keskinligi futbolchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan futbolni targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb etadi.
Futbol hakamining tarbiyachi – pedagog va o’yin rahbari sifatidagi ahamiyati juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydonda ro’y beradigan qo’polliklarga va ayrim futbolchilarning intizomsizligiga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbeh va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi.