Musiqa nazariyasi


Klassitsizm davrida rondo



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

Klassitsizm davrida rondo.
Klassik uslubda ronda yangi qirralarni kasb etdi. Oddiy rondolar nisbatan 
murakkablariga – bog‘lamali, kо‘pincha rivojlovlilariga о‘z о‘rnini bо‘shatib berdi. 
Yangi, strukturasi belgilangan shakllar.yuzaga keldi va ular cholg‘u, shuningdek 
vokal musiqaning turli janrlarida tarqalgan
Asosiy turi besh qismli rondo sanalib, u ikki kо‘rinishga bо‘linadi: 
1. Ikkita turlicha epizodli – ABACA. 
2. Birinchi epizodning takrori, ammo о‘zga tonallikda –ABAB
1
A. 
Bular bilan bir qatorda boshqa 
alohida shakllar
ham uchraydi: 
1. Ikkinchi epizodda rivojlov bilan – ABARA (Betxoven. Sonata № 2, II q.
Largo) о‘tadi. 
2. Birinchi yoki ikkinchi epizod refren mavzusi materialida tuzilgan -
AA
1
ACA yoki ABAA
1
A (Motsart. Sonata № 8, final; sonata № 15, final). 
3. Kamdan-kam hollarda kо‘p qismli «qadimiy» (ABACADA tipdagi), ammo 
о‘z rivojlanishida anchagina murakkablashtirilgan shakllardan ham foydalaniladi.
Klassik uslubda ABACA ronda juda keng tarqalgan. ABAB
1
A rondo 
sezilarli darajada kam uchraydi (u birinchi marta Motsart tomonidan kiritilgan). 
Bu shakl ohista sur’atlardagi asarlarda ham qо‘llana boshladi (Motsart. 
Sonata № 14, Adajio; Betxoven. Sonata № 8, II q.).
Vena klassiklari kо‘pincha rondo shaklida raqs intonatsiyalari orqali ulkan 
insoniy quvonch, tantana, kо‘tarinkilik tuyg‘ularini umumlashma ifoda etadilar 
(masalan, Betxoven. Sonata № 21, final). Rondo – sonata- simfonik turkumining
final qismi bо‘lib qoladi.
Klassik rondo bо‘limlari soni qisqarganda bо‘limlarning hajmi ortadi, 
yanada kengaytiriladi. Refren va epizodlar tuzilmasi kо‘pincha davriya emas, endi 
oddiy ikki-uch qismli shakldan iborat bо‘ladi. 
Refren bilan epizodlar orasida mavzuiy kontrast kuchaytiriladi. Ikki epizodli 
rondolarda,ayniqsa, ikkinchi epizod kontrastlanadi (Betxoven. Rondo C-dur, op. 
51). 
Rondo shaklining alohida bо‘limlari orasida kontrastning ortishi klassik 
kompozitorlar ijodida keng о‘tuvchan rivojlanishga intilish va shakl qismlari 
tarqoqligini bartaraf etishga urinish bilan birlashib ketadi. Bunga rondo bо‘limlari 
orasidagi 
bog‘lov
-о‘tishlar kо‘maklashadi. Besh qismli rondo uchun refrendan 


92 
birinchi epizodga, undan refrenning ikkinchi о‘tkazilishiga,hamda ikkinchi 
epizoddan refrenning oxirgi о‘tkazilishga 
bog‘lovlar 
eng xarakterli xususiyatdir 
(L. Betxoven. Rondo, op. 51 №1). 
Kontrast kuchaytirilgani va nisbatan murakkab rivojlovning paydo bо‘lishi 
tufayli katta umumlashmaga, shaklning qо‘shimcha tugallanishiga zarurat yuzaga 
keladi. Shundan klassik rondoda kodaning ahamiyati ortdi. 
Koda 
– rondo mazmun xarakteri, shaklda kontrast va rivojlanish darajasiga 
bog‘liq tarzda turlicha: katta bо‘lmagan tugalmadan (Betxoven. Sonata № 20, 
final) rivojlov belgilarga ega kengaytirilgan tuzilmalargacha (Betxoven. Rondo C-
dur,
 
op. 51) bо‘lishi mumkin.
Koda – alohida bо‘lim, rondoning asosiy qismidan ajratilgan tarzida 
bо‘lishi mumkin, ba’zida unda,hatto, yangi mavzu materialidan foydalaniladi.
Shunday qilib, yetuk klassitsizm davrida rondo shaklining asosiy farqli 
xususiyatlari bо‘lib kontrastning kuchaytirilganligi, о‘tuvchan rivojlantirishning 
paydo bо‘lishi sanaladi, ular dinamizmning ortishi, shaklning birligi va yaxlitligi 
ortishiga olib keladi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish