Musiqa ijrochiligining ravnaq topishi, musiqa shakillarining takomillashuvi turkumli yirik asarlarni yuzaga kelishi


Musiqaviy soz Temperatsiyalangan soz yarim ton va butun ton hosila pog’onalar va ularning nomlari



Download 272,08 Kb.
bet4/4
Sana22.01.2020
Hajmi272,08 Kb.
#36539
1   2   3   4
Bog'liq
Musiqa ijrochiligi


Musiqaviy soz Temperatsiyalangan soz yarim ton va butun ton hosila pog’onalar va ularning nomlari

Musiqaviy tuzilmadagi tovushlar mutlaq balandligining muayyan o’zaro ta’sir etishi musiqaviy soz deyiladi.

Musiqaviy sozlar tarixi kamertonlar tarixi bilan uzviy bog’liq. Aynan birinchi oktava lya tovushi ko’plab kamertonlarning tayanch tovushi sifatida qabul qilingan edi.

Ushbu etalon tovush manbai sifatidagi kamerton 1711 yili ingliz musiqachisi J.Shor tomonidan ixtiro qilindi va u 419, 9 gts ni tashkil etar edi1. Кeyinchalik bir necha marta o’zgarishga uchrab, nihoyat 1885 yili Vena shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada musiqaviy soz maqomini oldi va bugungi kungacha amal qilib kelmoqda.

O’sha davrdan boshlab musiqa soziga birinchi oktavadagi lya tovushining bir sekunda 440 marta tebranishi asos qilib olindi. Musiqaviy tuzilmaning har bir oktavasi 12 ta teng qismga - yarim tonlarga bo’linadi. Bu xildagi musiqaviy sozni temperatsiyalangan soz deyiladi. U oktavadagi barcha yarim tonlarning teng bo’lishi bilan tabiiy tovushqator (soz) dan farq qiladi.Har bir oktavaning 12 ta teng yarim tonlikka bo’linganligi sababli, yarim ton musiqa tuzilmasi tovushlari orasidagi eng kichik oraliq hisoblanadi. Ikkita yarim tonlikdan hosil bo’lgan oraliqqa butun ton deyiladi.

Tovushqatorning asosiy pog’onalari orasida ikkita yarim ton va beshta butun ton bor. Ular quyidagi tartibda joylashgan:



Do

Re

Mi

Fa

Sol

Lya

Si

(Do)

1 ton

1 ton

0,5 ton

1 ton

1 ton

1 ton

0,5 ton

Asosiy pog’onalar orasida hosil bo’lgan butun tonlar yarim tonlarga bo’linadi. Fortepianoning qora klavishlarini bosganda eshitilgan tovushlar bir tonliklarni yarim tonliklarga bo’ladi. Shunday qilib, har bir oktava bir-biridan teng oraliqda joylashgan 12 ta tovushdan tarkib topadi.

Musiqa amaliyotidan kelib chiqqan holda tovushqatorning har bir asosiy pog’onasini ko’tarish yoki pasaytirish mumkin. Bunda ko’tarilgan yoki pasaytirilgan pog’onalar hosila pog’onalar deyiladi. Shuning uchun hosila pog’onalarning nomi asosiy pog’onalar nomidan kelib chiqadi.

Asosiy pog’ona yarim tonga ko’tarilganda diyez belgisi, yarim tonga pasaytirilganda esa bemol belgisi qo’yiladi.

Agar tovush ikkita yarim tonga ko’tarilsa dubl-diyez, masalan, fa – dubl diyez; ikkita yarim tonga pasaytirilsa – dubl bemol, masalan, si-dubl-bemol deb yuritiladi.



Bo’g’inli

nomi


Harfli nomlari

Asosiy bosqichlar

Diyez

Dubl-diyez

bemol

dubl-bemol

Do

C

Cis

cisis

ces

ceses

Re

D

Dis

disis

des

deses

Mi

E

Eis

eisis

es

eses

Fa

F

Fis

fisis

fes

feses

Sol

G

Gis

gisis

ges

geses

Lya

A

Ais

aisis

as

ases

Si

H

His

hisis

B

heses

Asosiy pog’onalarning yuqorida ko’rsatilgan tartibda ko’tarilish va pasayishiga al’teratsiya2 deyiladi.

Diapazon. Registr. Tovushlar engarmonizmi

Musiqiy tovushqatorning eng past tovushdan eng yuqori tovushgacha bo’lgan umumiy hajmi musiqiy diapazon deyiladi. Inson tovushi yoki cholg’u sozining diapazoni deganda ular ifodalay oladigan umumiy musiqiy diapazon nazarda tutiladi (masalan, fortepiano diapazoni A2 – s5).



Registr deb, ovoz yoki cholg’u sozining alohida xarakterga ega bo’lgan tovush tusi bilan ajralib turadigan qismi (bo’lak, parcha)ga aytiladi.

Umuman olganda;



  • o’rta registrga - kichik, birinchi va ikkinchi oktavalarni;

  • yuqori registrga - uchinchi, to’rtinchi va beshinchi oktavalarni;

  • pastki registrga - subkontroktava, kontroktava va katta oktavani kiritish mumkin.

Turli cholg’u sozlarining registri ko’pincha bir-biriga mos bo’lmaydi, masalan, basning yuqori registri al’tning pastki registriga mos bo’ladi, yoki valtornada yuqori registrga xos bo’lgan tovushlar klarnetning o’rta registriga to’g’ri keladi.

Shu sababdan, har bir tovush o’zidan yarim ton pastda joylashgan asosiy pog’onaning ko’tarilishi yoki o’zidan yarim ton yuqori joylashgan asosiy pog’onaning pasaytirilishi natijasida hosila tovush bo’lishi mumkin, masalan, fa-diyez va sol-bemol.

Ijroda balandligi bir xil, lekin nomi va yozilishi har xil bo’lgan pog’onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Hosila pog’ona asosiy pog’ona bilan bir xil balandlikda ham bo’lishi mumkin, masalan, si-diyez bilan do yoki fa bemol bilan mi.

Agar tovush ikki baravar ko’tarilsa (asosiy pog’ona ikki marta yarim tonga ko’tariladi) yoki ikki baravar pasaytirilsa ham shu holni ko’ramiz. Masalan, fa-dubl diyez bilan sol; mi-dubl-diyez bilan fa-diyez; mi dubl bemol bilan re; do-dubl bemol bilan si bemol va h.k.



Musiqa san’atining tarbiyaviy ahamiyati.

O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruxiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma’naviyati, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi hamda orzu-umidlari yorqin ifodasini topadi. Shuningdek o’zbek musiqasi ta’lim-tarbiyasi uslubiyotiga doir mukammal maktablar shakllangan. Milliy an’anaviy musiqa pedagogikasida quyidagi musiqa ta’lim-tarbiyasi uslubiyotlari mavjud:

1. Ommaviy xalq musiqa pedagogikasi. Bu xalqning kundalik hayotida, oilaviy marosim, mexnat jarayoni va boshqalarda o’z ifodasini topib, tabiiy ravishda va beixtiyor amalga oshirilib boriladi. To’y-hashamlarda, ta’ziyalarda musiqaning ommaviy janrlari yakka va jamoaviy tarzda ijro etiladi. Shu jarayonda yangi kuy hamda qo’shiqlar vujudga keladi. Bu esa xalqning badiiy musiqiy rivojida, musiqa merosimizni boyitishda, ayniqsa yosh avlodni axloqiy-badiiy tarbiyalashda bebaho omil hisoblanadi.

2. Kasbiy musiqa ta’limi uslubiyoti mukammal maktabga ega. Uning amaliyotida ta’limning ilmiyligi, davomiyligi va izchilligi mantiqan bog’langan. Ta’lim mazmuni kasb fazilati va nafosati hamda sharqona axloqiy tarbiya tufayli boydir. Bunda ustoz-shogird amaliyotida ustozni tajribada ega ekanligi ayniqsa, mohir ijrochiligi va ma’naviy boyligi muhim rol o’ynaydi. Yosh san’atkorlar yillar davomida musiqani nazariy va amaliy mukammal o’rgangandan so’nggina xalq xizmatiga bel bog’lashga, ustozlar oq fotihasini olganlar. Kasbiy musiqa ustozligida mohir ijrochilar- cholg’uchilar-xalfalar, dostonxonlar va maqomchilar uetishib chiqadi. Ayni holda ularning ko’pchiligi bastakorlik ilmidan ham saboq olib, musiqa merosimizni boyitib kelmoqdalar.

Xalq va kasbiy musiqa pedagogikasi amaliy o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini boyituvchidir.

3. Milliy musulmon maktablari va madrasalarida musiqa falsafa ilohiyot va adabiyot ta’limi bilan uygun tarzda bog’lanib o’qitiladi. Bu ko’proq savod chiqarish va Qur’oni Karim suralarini qiroat qilish jarayonida yakka, guruhli va jamoaviy talaffuz ifodaliligi va musiqiy ohangdorligi ( aniq-burroligi, mantiqiyligi, tovush hosil qilish va ovoz maromlari, nafas tartiblari v.b.) ustida muayyan usullarni qo’llab ish olib boriladi.

Adabiyot fanini o’qitilishi ham san’at sifatida azaldan musiqa bilan uzviy bog’langan. Bunda she’riyat va musiqa vaznlari aruz o’lchovlari asosida mushtarak o’rganilgan. Shu bois ko’pchilik adiblar va olimlar musiqa ilmining rivojiga salmoqli ulush qo’shganlar. Madrasalardagi o’ziga xos badiiy ta’lim musiqa merosimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Bu ko’proq so’fiylar ta’limoti ta’sirida maqomlar hamda darvishlar, zikrchilar va qalandarchilikning musiqiy-badiiy mazmunida falsafiy g’oyalarning rivojlanishi uchun muhim rol o’ynagan.

Sho’ro davrida O’zbekiston maktablarida musiqa san’ati fan sifatida o’qitilganligi, ijobiy hol bo’lgan, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishildi. Ammo bu tadbirlar yosh avlodning musiqa madaniyatini tarkib toptirishiga uetarli darajada qodir bo’lolmadi. Bunda quyidagi muammolar sabab bo’ldi:



  • Musiqa o’qitish nazariyoti va amaliyoti mazmuni va uslubiyoti tor kommunistik g’oyaviylik qolipidagi Rusiya maktablari dasturlari va o’qitish uslubiyotiga asoslanganligi, milliy musiqa pedagogikasi bilan uzviy bog’lanmaganligi;

  • Musiqa predmetiga ikkinchi darajali fan sifatida qaralib, unga oz o’quv soati ajratilganligi, zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi hamda uslubiy va moddiy ta’minotning zaifligi;

  • Musiqadan iqtisodli va iqtisodiy cheklangan bolalarning bir qolip, bir sharoitda o’qitilishi, qobiliyatli bolalar va o’quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun bog’cha va maktablarda zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi, qobiliyatli bolalar uchun turli tipdagi maxsus musiqa va san’at maktablarining kamligi;

  • bolalar musiqa folklori deyarli tadqiq etilmaganligi, to’planmaganligi hamda nashr etilmaganligi, milliy bolalar cholg’u asboblari yaratilmaganligi;

  • kompozitor va bastakorlarimiz asosan bolalar qo’shiqlari yaratish bilan kifoyalanib, kichik va syujetli cholg’u hamda musiqa sahna asarlari esa deyarli yaratilmaganligi;

  • musiqadan kam va sifatsiz o’qituvchi kadrlar tayyorlanganligi, ularning umumiy hamda milliy musiqadan nazariy va amaliy bilim-malakalarining sayozligi kabilar sabab bo’ldi.

Yuqoridagilarning har biri bugungi kunda dolzarb muammoga aylandi. Bu inqirozli ahvoldan chiqishning yagona va to’g’ri yo’li musiqa ta’lim-tarbiyasini milliy-madaniy an’analar asosida qayta qurishdan, maktablarning moddiy uslubiy ta’minotini yaxshilashdan va ixtisosli kadrlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Toki musiqa ta’lim-tarbiyasi «millatni oliy maqsadga chorlovchi, uning vakillari kelajakda ishonch tuyg’usini uyg’otuvchi, yaratuvchilik va bunyodkorlik faoliyatiga ko’maklashuvchi oliy maqsadi – ma’naviy madaniyatimizning yuksalishiga munosib hissa qo’sha olsin».

Musiqa ta’lim-tarbiyasining yangi Kontsepsiyasiga asosan musiqa ta’lim-tarbiyasi maqsadi – yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qilib, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan hamda qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim, amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir.

Mazkur oliy maqsad va vazifani amalga oshirishda «Musiqa» faniga ijtimoiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, muammolarni hal etishda keng o’qituvchilar ijodiga tayanish, musiqa o’qitish uslubiyotini har tomonlama ilmiy-metodik izlanish natijalari va ilg’or tajribalar asosida takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi.

Musiqa ta’lim tarbiyasi Kontseptsiyasining 3-bobi «Musiqa ta’lim-tarbiyasida mazmuni, tuzilishi va tabaqalanishi» deb nomlanadi. Musiqa sabog’i tarbiyalovchi, shaxsning badiiy tafakkurini shakllantiruvchi ta’lim sifatida muhimdir. Uning vositasida nafosat hissiyotlarini tarbiyalash bilan birga yosh avlodda oliy insoniy fazilatlarini tarkib toptirish nazarda tutiladi. Bunda milliy va umumbashariy musiqa ta’limshunosligi hamda o’qitish uslubiyotiga tayanish lozim bo’ladi. Musiqa ta’lim va tarbiyasi mazmunida esa milliy musiqa merosimiz asosiy o’rin egallaydi. Milliy musiqamiz qonuniyatlariga qiyoslab qardosh xalqlar va umumbashariy musiqa madaniyati bilan tanishish, ya’ni «ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustivorligi»ga amal qilish musiqa o’qitishning muhim didaktik yo’nalishi hisoblanadi.

Ta’lim jarayoni ikki shaklda – dars va sinfdan (shuningdek, maktabdan) tashqari musiqiy mashg’ulotlar tarzida amalga oshiriladi. O’qitishning asosiy hamda barcha o’quvchilar uchun zaruriy shakli musiqa darslaridir. SHu bois dars tuzilishlari va o’qitish usullarining xilma-xil shakl turlarini qo’llash va tajriba jarayonida darsning yangi tuzilma, usullarini kashf etish dolzarb masala bo’lib turadi. Bunda milliy va Sharq musiqa ta’limshunosligini o’rganish, undan unumli foydalanish muhim omil hisoblanadi.

Musiqa ta’limi nazariyoti va amaliyoti ilg’or tajribalarga tayanadi, uning mazmuni musiqa san’atining umumiy qonuniyatlariga tayangan va musiqiy-mavzuviy tizim asosida ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Unda ta’lim-tarbiya uyg’unligiga amal qilinadi va maktab bitiruvchilarining barcha fanlar qatori musiqa san’ati sohasida ham ijobiy ko’nikmalarni shakllantirib, madaniy hayot uchun zarur bo’ladigan umumiy bilim malakalariga ega bo’lishlari ko’zda tutiladi.

Musiqa ta’lim-tarbiyasi mazmuni quyidagicha tarkib topadi:

Boshlang’ich maktab (I-IY-sinflar). Boshlang’ich maktabda o’quv musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, mas’uliyali davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi. Chunki u boshlang’ich ta’limning tayyorgarlik bosqichidir. Shu bois, bolalar bog’chalariga qatnamaydigan bolalar uchun davlat aralash (qisman pulli) hamda xususiy (pulli) shakldagi musiqiy-badiiy tayyorlov guruxlarini ochish (san’at, nutq, axloq, tabiatshunoslik, hisob o’qitish)ga e’tibor kuchaytiriladi.

Boshlang’ich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari me’yoriga mos oddiy musiqiy bilim, tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi.

Musiqani tinglash, qo’shiq kuylash, oddiy cholg’ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari, bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka-ko’nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o’quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uygotiladi.

Musiqa darslari maktabda teng huquqli fan hisoblanib, haftada ikki soatdan o’qitiladi, maktab o’quv rejalari va dasturlariga yozma ishlar, reyting hamda muqarrar va ixtiyoriy imtihonlar joriy etiladi.

Iqtidorli va ishtiyoqmand o’quvchilar badiiy ehtiyojlariga qarab fakultativ darslar, musiqa to’garaklari va boshqa mashg’ulotlarda badiiy rivojlantiriladi. O’quvchilarni musiqiy rivojlantirish, badiiy ehtiyojini qondirish, iqtidorli o’quvchilarni ijobiy rivojlantirish yo’lida tabaqalashtirib o’qitish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi.





1 Entsiklopedicheskiy muzikal’niy slovar’. Gosnauchizd. BSE. M., 1959., b-97.² Mark Feezell “Music Theory Fundamentals” High-Yeild Music Theory,vol.1 10-bet

2 Al’teratsiya – o’zgartirish ma’nosini bildiradi.³ Mark Feezell “Music Theory Fundamentals” High-Yeild Music Theory,vol.1 11-bet

Download 272,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish