1.2.Tasviriy sana’t janrlarining rivojlanishi
Portret - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo’lib, kishilarning
tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Portret janrida ishlangan
tasviriy san’at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini xamda
tasvirdagi kishining ruxiyatini asarda talqin etadi. Inson qiyofasini ichki
psixologik olami bilan bog'langan hokla aniq, bir obrazda yaratilishi portret san'ati
deb yuritiladi. Portretda insonning to'la gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat
o‘zi ham bo‘lishi mumkin. Portret yaratish o'ziga xos murakkab jarayon bo’lib,
insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy, ma’naviy, shuningdek, tashqi
ko'rinishidagi barcha jihatlarini aks ettirishi bilan san’at darajasidagi asar bo‘lishi
mumkin. Darhaqiqat, har bir insonning ichki dunyosi, go‘zalligi, tabiat ato etgan
andazasi mavjud. Portretchi rassom odamlarga xos turli harakatlarni his qila
bilmog'i, avniqsa, odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni
tasvirlay bilish qobiliyatlariga ega bo
’
lishi kerak.
Tasviriy san’atning portret janri insonning ma’naviy qiyofasini o'zida
ifodalashi bilan san’atning boshqa sohalaridan birmuncha farq qiladi. Portret
san’atini yaratishda bebaho yutuqlarni qo‘lga kiritgan buyuk rassomlardan
Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi. Rembrandt, shuningdek, o‘zbek
rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, (Shingiz Ahmarov va
boshqa bir qancha rassomlarni misol qilib keltirish mumkin.
Avtoportryet - portryet janrining ko’rinishlaridan biri bo’lib, musavvir
o’zining tashqi qiyofasini o’zi tasvirlaydi.
Abdulhaq Abdullaev - O‘zbekiston xalq rassomi.1918 yilda Turkistonda
tavallud topgan. Portret san’ati ustasi. Abdulhaq Abdullayev portretchi rassom
sifatida tanilgan bo'Iib, lining asarlari chuqur ruhiy kayfiyatni aks ettirishi bilan
ajralib turadi.
Alisher Navoiy obrazi ustida bu rassomchalik ko‘p mehnat qilgan san’at
ustasini tasviriy san’at vakillari ichida topish amri mahol bo‘lsa kerak. “Bir necha
nusxada chizilgan Alisher Navoiy portreti o'zining mo'tadilligi, sofligi va ruhiy
dunyosining boyligi bilan ajralib turadi. Bunda rassomga xos romantik tuyg'u bilan
tasvirlanmish shaxsning ruhiy dunyosini chuqur tushunish qobiliyati bir-biri bilan
uyg‘unlashib ketadi”,- deb ta’riflaydi Tilab Mahmudov. Rassom o‘z ustida
tinimsiz ishlar ekan shogirdlariga ham haqiqiy ijodning natijasi tinimsiz mehnat,
astoydil izlanishlar evaziga chiqishini amalda isbotlab kelmoqda.
Yil sayin tasviriy san'at sohasiga bir qator yangi-yangi asarlar kirib kela
boshladi. Bu borada mahaliiy rassomlardan Rashid Temurov, Sapog'
Muhammedov, Zokir Inog‘omov, Rahim Ahmedov, Mannon Saidov kabi
ijodkorlarning faoliyati kengroq ko‘zga tashlana boshlaganini ko'ramiz.
Manzarada R. Temurov, Z.Inog'omovlar ijodiv muvaffaqiyatlar qozondi. R.
Ahmedovning tematik kompozitsiyalari, natyurmort va bir qancha portretiari
tomoshabinlar qalbiga yoqimli kayfiyat ulashdi. Rahim Ahmedovning ijodidagi
o'ziga xoslik izlanish - o‘zbek tasviriy san’atida alohida bir maktab bo‘!ib
shakllanganligi ma'lumdir.
Malik Nabiev O‘zbekiston xalq rassomi, professor. “Hayotda o‘z qo‘shig‘ini
topa olgan, uni betakror ohangda ko'pchilikka manzur qilib kuylay olgan
san'atkorni baxtli desa bo'ladi”,- deb ta’kidlagan edi taniqli rassom O‘rol
Tansiqboyev.
Yoshligidan tarixiy mavzularga bo'lgan qiziqish va harakatlari zoe ketmadi.
Vaqtlar o'tishi bilan rassomning tarixdan hikoya qiluvchi ranglavha, chizma-tasvir
va kichik kompozitsiyalari katta-katta polotnolarga aylandi. Ayniqsa mustaqillik
yillarida Malik Nabiyev o'z asarlarini tarixiy voqealar mazmunini aniq ifodalashga
harakat qiladi. Biz bu haqda kurs ishimizning ketingi bobida kengroq ma’lumot
berishga harakat qilamiz..
Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko’rinishlar xaqqoniy aks
ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqyealar emas, balki musavvirning ichki
kechinmalari xam ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog’u-toshlarni
tasvirlashga ishqiboz bo’lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda
moxirdirlar. Manzara janri-tabiatning turli ko'rinishlarini tasviriy san’atda aks
ettirilishidir. Tog’, o'rmon, dengiz, shahar va qishloq manzalarining ko‘rinishlari
aniq bir mazmunni anglatsa bunday asarlar manzara janriga tegishlidir. Gap
manzara janri haqida ketar ekan, manzaraning mohir ustalari Klod loren, Shishkin,
Levitan, N.Karaxan, Isfandiyor Haydarov va boshqa mashhur rasso’mlaruj ijodini
bu
borada
misol
keltirish
mumkin.
Manzara
janrida
musavvirlardan
O’.Tansiqboyevning “O’zbekistonda mart”, “Jonajon o’lka”, “Mening qo’shig’m”,
N.Kashinaning “Tog’da baxor”, Z.InoІomovaning “Arpa o’rimi”, “Choyga”,
R.Temurovning “Bibixonimda baxor”, “Ulug’byek madrasasi” asarlari
mualliflarga shuxrat keltirdi.
Natyurmort - frantsuzcha so’z bo’lib, “jonsiz tabiat” degan ma’noni anglatadi.
Bu janrda musavvir asosan insonni o’rab turgan atrof muxitdagi narsalar,
turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat maxsulotlari, gullar, meva va
boshqalarni tasvirlaydi. U o’z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali
uning xaraktyerli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda g’oya berayotganligini ham
ko’rsata oladi. Odamlar hayotida ishlatiladigan buyum-narsalar, sabzavot va
mevalar, asbob- uskuna kabilarga o'xshash namunalarning tasviri muayyan shakl-
da chizilishi mazkur janrga xos. Ma’lumki, har bir rassom tasviriy san'at sir'iarini
o'rganishni natyurmort ishlashdan boshlaydi. Buyumlar va narsalar shaklini.
formasini, xarakterli o‘zlashtirish san’atning boshqa jihatlarini va turlarini
o'rganishdagi dastlabki boqlardir. Lekin bu natyurmort san'at sifatida faqatgina
boshlang‘ich vazifa bo'lib qoladi, degan ma'noni bermaydi. Vaholanki,
natyurmоrtning san'at darajasida у a rati1ishi o'ziga xos murakkab va katta
maktabni talab qiladi. Tasviriy san'at tarixida Vil’yam Klass Xedajan Batist
Simon Marden, Frans Snayders, Yanvatf Geysum, Rahim Ahmedov, Akmal
Ikro’ljonovlarning o‘z o‘rni bor.
Taniqli ijodkor musavvirlardan L.Salimjonova, G’.Abduraxmonov va
boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar.
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan
voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz.
Tarixiy janrning ko’rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.
Botal janr - “botal” frantsuzcha so’z bo’lib, “jang”, “urush” ma’nosini
bildiradi. U jang manzaralarini o’zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy
yurishlar manzarasi asosiy o’rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida
jangchi obrazi, uning qaxramonligi, mardligi, jasorati hamda o’z ona Vataniga
bo’lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi, M.B.Gryekov,
G.K.Savitskiy, A.A.Dyeynyeka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday
musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiyevning “Spitamyen qo’zg’oloni”,
musavvir
R.Rizamuxammyedovning
“Muqanna
qo’zg’oloni”,
musavvir
T.Sodiqovning “Tumarisning qasosi” nomli asarlari bunga yorqin misol bo’la
oladi.
Animalistik - janr o’zgacha tasviry san’at turidir. U lotincha “anima”,
“hayvonot olami” degan ma’noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot
dunyosiga zo’r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi.
Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
o’sha davrda ular g’orlarining devorlariga kiyik, qutos, mamontlarning suratlarini
chizganlar.
Qadimgi Yaponiya va Xitoyda xayvonlarning tasvirlari dyekorativ naqshlar
tuzishda hamda monumyental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVI
asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Lyeonardo da Vinchi
va A.Dyuryerlar ishladilar.
Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A.Vatagin o’zining asarlarida
to’rt oyoqli dustlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
Maishiy janr: tasviriy san’atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik
hayotini, turli voqyealarni o’zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks
etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari -
Pityer dye Xox, Ostadye, Styen, Tyerborx, Vermyer kabilar ijodida namoyon
bo’ladi. Realist rassomlardan P.Fedotov, V.Perov, V.Maksimov, V.Makovskiy,
K.Savitskiy, I.Repin kabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta xissa qushdilar.
O’zbek rassomlaridan R.Axmedov, M.Saidov, Z.Inog’omov, R.CHoriyev,
G’’.Abduraxmonovlar ham shu janrda barakali ijod etganlarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |