85
Xulosa
Keyingi yillarda respublikamizda barcha sohalar yanada jadal suratlar bilan
rivojlanmoqda. Shunday o’zarishlarni tasviriy san’atning barcha tur va janrlarida
ham ko’rishimiz mumkin. Vatanimizning qaysi hududiga bormaylik tasviriy san’at
bilan bog’liq ishlarga duch kelmasdan ilojimiz yo’q. Chunki bugungi chiroyli
ko’rkam farovan hayotimizni tasviriy san’atsiz tasavvur qilishimiz qiyin.
O’tmishda ota-bobolarimiz tasviriy san’at, amaliy san'at va hunarmandchilikda
yuksak darajaga еtishganligining sabablaridan biri ajdodlarimiz usta-shogird
an’analari asosida yoshlarga hunar о’rgatganlar va ular nihoyatda boy tajribaga
ega bо’lganlar.
Odatda, rasm chizishga o’rganish tahlil qilish mashg’ulotlari natyurmort
ishlashdan boshlanadi. Chunki natyurmort qalam va buyoqlar bilan rasm
ishlashning asosiy qonunlarini o’rganishda uni badiiy tahlil qishda zarur
ko’nikmalar hosil qilish uchun juda qulaydir. Natyurmortda ishlangan rang tasvir
asarlari kishilarga estetik kayfiyat bag’shida etadi. Buni mustaqillik yillarida
ishlangan asarlarda ham ko’rish mumkin. Masalan O. Qozoqovning ”Sharqona
natyurmort” asarlari bunga yaqqol dalildir.
Tasviriy san’at tur va janrlarida ishlangan rasmlar tamoshabinga juda katta
badiiy estetik ta’sir etib u nafosat olamiga etaklaydi. Unda faqatgina narsa va
voqyealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi.
Shuningdek jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni idrok
qila bilishda ham muayan tayyorgarlikni talab qiladi.
Rassom biror bir adabiy asar uchun masalan grafikada illyustrasiya ishlashga
kirishishdan avval, mazkur asarni yaxshilab o’rganib chiqishi bilan bir qotorda,
asardagi voqea sodir bo’layotgan davrga doyir materiallarni ham to’plashi, o’sha
davr odamlarining madaniyati va turmushini, mamlakat tabiatini bilib olishi kerak
bo’ladi. Grafikaning uziga xos xususiyatlaridan biri bu — uning katta ulchamda
bo’lmasligi va bo’yoqlar sonining chegaralanganligi xisoblanadi. Shuning uchun
86
ham grafika asarlarida faqat chiziq yoki to’q rangli tasvir ishtirok etadi. Ba’zan
grafik tasvirlar ham rangli bo’ladi.
Bo’lajak o’qituvchilar oldida mashaqqatli, ammo sharafli bо’lgan ishlar
turibdiki, ular yetishib kelayotgan yosh yigit qizlarga milliy ruhda ta’lim tarbiya
berishi, ertangi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mana shunday
muammolarni bartaraf etishda tasviriy san’at tarixini puhta bilish, mustaqillik
davrida erishilgan yutuqlarni mukammal bilish, o’zlashtrish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: