Linked citation goes here
Sharofiddin Ali Yazdiy (forscha: شرف الدین علی یزدی; tug‘. Yazd, Eron – 1454, Yazd, Eron) — temuriylar davri mashhur tarixnavisi.
Sharaf al-Din Ali Yazdi. Timur Besieges the Georgian Castle of Gortin. Miniature manuscripts (15th century).jpg
1414—35-yillar mobaynida Shohruxning oʻgʻli, Fors oʻlkasi hokimi Ibrohim Mirzo xizmatida boʻladi va uning topshirigʻi asosida mashhur "Zafarnoma" asarini yozadi. Ibrohim Mirzo vafotidan soʻng Sharofiddin Ali Yazdiy Sultoniya, Ray va Qum viloyatlari hokimi boʻlgan Shohruxning nabirasi Sultan Muhammad xizmatiga oʻtadi. 1445—46-yillar Muhammad Sultonning markaziy xukumatga qilgan isyoniga aralashib qolgan Sharofiddin Ali Yazdiy Ulugʻbekning oʻg'li Abdullatif tomonidan jazodan saqlab qolinadi va Hirotga yuboriladi. Kamoliddin Abdulvoseʼ an Nizomiyning "Maqomoti mavlaviy Jomiy" asarida keltirilishicha, Sharofiddin Ali Yazdiy Hirotga kelib, Jomiyning suhbatida bulgan.
Return to Exhibit
Roʻzebekxon
Linked citation goes here
Mulla Shodiy – hayoti va ilmiy – adabiy faoliyatiga oid ma’lumotlar juda kam. Mahmud sulton topshirig’I bilan “Fathnoma” dostonini 1502 yili yozib tamomlagan. “Fathnoma” tarixiy doston bo’lib 1451 yildan 1501 yilgacha Dashti Qipchoq, Mavorounnahr va Xorazmda sodir bo’lgan voqealar bayon qilingan. Asar hozirgacha biror tilga to’liq tarjima qilinmagan. “Fathnoma”ning beshta qo’lyozmasi bo’lib, ikkitasi Sankt–Peterburgda, ikkitasi Dushanbeda, bittasi Toshkentda saqlanadi. Asar XVI asrda ko’chirilgan va turli syujetdagi 9 ta ajoyib miniatyura bilan bezatilgan.
Kamoliddin Binoiy (1453–1512 yy.) – XV–XVI asr boshlarida o’tgan yashab o’tgan atoqli shoir va tarixshunos olim. U O’rta Osiyo, O’zbekiston va qozog’istonning XV asr so’ngi choragi va XVI asrning boshlaridagi ijtimoiy–siyosiy tarixini o’z ichiga olgan “Shayboniynoma” nomli asarini yozib qoldirgan. 1451–1505 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga asar 1505–1507 yillarda yozilgan. Asar muhim geografik hamda etnografik dalillarga nihoyatda boy. “Shayboniynoma”ning matni chop etilmagan. Sharqshunoslik institutida yettita qo’lyozma nusxasi bor. Bulardan biri Shayboniyxonning shaxsiy kotibi Muhammad Mo’min tomonidan, ayrim satrlari Shayboniyxonning o’z qo’li bilan ko’chirilgan. Asar Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan. Ayrim parchalari ruschada majmualarda e’lon qilingan.
Return to Exhibit
Do'stlaringiz bilan baham: |