Musa banansimonlar oilasiga mansub koʻp yillik tropik oʻsimlik. Vatani



Download 0,5 Mb.
bet3/3
Sana05.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#530180
1   2   3
Bog'liq
Abdulbosit Soibbekov labratoriya 3

Mandarin (Citrus reticulata) — rutadoshlar oilasining sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turi; mevali ekin. Yovvoyi turlari maʼlum emas. M. subtropik va tropik (Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksika va boshqalar) hududlarda ekiladi.
Vatani — Xitoy. Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillaridan maxsus issikxona va transheyalarda payvanddan oʻstirilgan past boʻyli navlari yetishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullab okt.da mevasi pishadi. 5—6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. M. — doim yashil daraxt, balandligi 3 m ga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2—3 oʻsish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib usadi, barglari uzunchoqtuxumsimon, toʻq yashil, gullari oq mayda, ikki jinsli, xushboʻy. M. may—iyun oylarida gullaydi, mevasi okt—noyab.da pishadi. Mevasi yassi dumaloq, baʼzan yapaloq, yuzasi biroz gʻadir-budir, poʻsti qalin, zargʻaldoq, urugʻi mayda.





8



Anor

Anor (Punica granatum L.) –anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva o‘simligi; bo‘yi 2–10 m daraxt yoki buta. Vatani O‘rta OsiyoOzarbayjonEron va Afg‘oniston; yov-voyi turlari O‘rta dengiz atrofi, O‘rta Osiyoning jan.daQrimKavkaz, Eron, Afg‘oniston, Old Osiyo va Dog‘istonda uchraydi. O‘zbekistonda Sherobod,QuvaNamanganDenov va Kitob (Varg‘anza) tumanlari a’lo sifatli A.lari bilan mashhur. Botanik tavsifi. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin meva-lisida tikani kamroq). Iyun–iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och kizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtagacha joylashadi. Urug‘chisi (onaligi) normal rivojlangan, ko‘zachasimon guli meva tugadi, urug‘chisi qisqa, qo‘ng‘iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. A. chet-534dan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizg‘ish (qizil po‘st) yoki oqish (oq po‘st) bo‘lib, og‘irligi 250–1000 g keladi. Me-vasi 6–12 uya (xona) li, doni och pushti yoki to‘q qizil. 



9

Gilos

(Cerasus avium L.) — raʼnoguldoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub danakli meva daraxti. Yovvoyi holda Oʻrta va Jan. Yevropa, Eron, Kavkaz, Ukraina, Moldovada uchraydi. Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Yaponiya, Ukrainaning jan., Kavkaz, Boltiqboʻyi va Oʻrta Osiyoda ekiladi.
G. daraxtining boʻyi 10—15 m (baʼzan 30 m gacha boradi), shoxlari qalin, yoyilib oʻsadi. Bargi choʻziq-tuxumsimon, toʻq yashil. Guli oq, ikki jinsli, gulbandi uzun. Mevasining shakli dumalo q, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis. Eng ertagi danakli meva. Tarki-bida 7—15% qand, 0,36—1,1% kislota, vitaminlar, 0,2% oshlovchi va 0,7% gacha pektin moddasi bor. Yangiligida isteʼmol qilinadi, kompot, murabbo, tayyorlanadi. G. asal beradigan oʻsimliklar qatoriga kiradi. Danagi magʻzida 30% gacha parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan moy bor.
G. unumdor, nam, moʻʼtadil yerlarda yaxshi oʻsadi, yorugʻlik va issiqlikka talabchan. Koʻchati ekilgandan keyin 4— 5-yili hosilga kiradi. Daraxti 100 yilgacha yashaydi, tupi 150—300 kg hosil beradi. 





10

Anjir

Anjir (Ficus carica L.) – tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning janubida, AQShda katta may-donlarni egallaydi, Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda O‘rta dengiz bo‘yi, Kichik Osiyo, Eron, Shimoli-g‘arbiy Hindistonda o‘sadi. A. juda qadimdan madaniylashtirilgan o‘simlik hisoblanadi (Osiyoda 5 ming yildan, Yevropada kamida 2 ming yildan beri). Botanik tavsifi. A. daraxtining bo‘yi 4 – 10 m, shoxlari kalin, yoyilib o‘sadi, novda, barg va mevasida sutsimon shira bor. Bargi yirik, 3 – 7 bo‘lmali, ba’zan bo‘lmasiz, to‘q yashil, orqasida tu-klari bor. Bir yilda 2 – 3 marta gul-laydi (aprel – may, iyun – iyul, avgust). Mayda bir jinsli gullardan iborat to‘pguli bo‘lajak "meva" ichida bo‘lib, mayda blastofaga arilar yordamida chan-glanadi, ba’zilari esa changlanmasdan (partenogenez) va urug‘ tugmasdan meva qiladi. Mevasida 20 – 24% qand, 0,5 – 4,2% pektin moddalari, 3,4 – 7,4% kle-chatka, 0,1% gacha organik kislotalar, ka-rotin, kalsiy, temir, fosfor va boshqa bor.Biologik xususiyatlari. A. asosan bir yillik pishgan novda qalamchalaridan ko‘paytiriladi.





Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish