"iqtisodiyot" kafedrasi "menejment va marketing" fanidan mustaqil ish



Download 37,31 Kb.
bet1/5
Sana23.07.2022
Hajmi37,31 Kb.
#842207
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Menejment va Marketing 3-mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI

“IQTISODIYOT” KAFEDRASI


“MENEJMENT VA MARKETING” FANIDAN




MUSTAQIL ISH

MAVZU: MENEJMENTNI TASHKIL QILISHNING ITALIYA TAJRIBASI

Topshirdi: 140-20 guruh talabasi J. O’ralov



Qabul qildi: A. Nizomiddinov
Jizzax 2021
MAVZU: Menejmentni tashkil qilishning Italiya tajribasi
Reja
1. Italiya iqtisodiyoti.
2. Sanoat.
3. Qishloq xo’jaligi.
4. Turizm.
5. Xo’jalik boshqaruvidagi islohotlar.
6. Davlat mablag’larini sog’lomlashtirish.
7. Sog’liq, sog’liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti.
8. Mehnat bozori.
9. Yer islohoti.
10. Shimol va Janub o’rtasidagi iqtisodiy keskinliklar.

Italiya iqtisodiyoti
Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida, Sitsiliya, Sardiniya va kichik orollar qo‘ynida joylashgan. Hududi – 301 ming kv. km. Aholi soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir. Poytaxti – Rim. Asosiy dini katolik.
Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig‘i-prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir.
Italiya NATO bloki a’zosi. U G‘arbiy Yevropa integratsiyasining faol a’zosi. Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqida bitim imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM qariyb 20 minng dolarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mahsuloti hajmini dunyo sanoati mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o‘rin) tashkil etadi. Har xil ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib qaraganda, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: sanoat va qurilish-35 %, turli xizmatlar – 6%, qishloq xo‘jaligi -4%.
Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida qariyib 18 mln. aholi band bo‘lib, o‘rtacha fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam ya’ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda asosan kam miqdorda ko‘mir, neft, rux, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, simob, boksid va marmar qazib olinadi.
Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos tomoni aksariyat mulkning yirik monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma-«Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil etadi. Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza», «Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi kapital muammolarini nazorat qiladi.
Sanoat
Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi soha. U mamlakat yalpi ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat ishchilarining teng yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining muhim ko‘rinishi sanoatdagi mavjud barcha yo‘nalishlardagi zahiralarni katta miqdorda ishlab chiqarish va kam miqdorda foydali qazilmalarni qazishda aks etadi. Hozirda neft, neftkimyo, kimyo, metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil, mashinasozlikning bir necha sohalari, stanoksozlik, tabiiy va sintetik tola mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha Italiya sanoati yuqori suratda taraqqiy etmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha Italiya dunyoda yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya’ni bu borada u AQSH va Yaponiyadan keyingi 3 o‘rinni egallaydi.

Download 37,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish