Murtozayev. J. F



Download 2,7 Mb.
bet12/14
Sana14.07.2022
Hajmi2,7 Mb.
#798171
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
diplom ishi xisobat

Disklio’g’itlashapparatiniishlabchiqarishJarayonidaatrof-muhitgayetkaziladiganzararlar
vaularnibartafetish.
Sayyoramizda har yili 70 mln. tonna zaharli gaz, 50 mln tonna metan, 13 mln. tonnaga yaqin azot kuyundisi chiqarilmoqda, okeanlarga 10 mln. tonna neft va neft mahsulotlari , suv havzalariga 32 km3 iflos sanoat suvlari quyilmoqda. 11 mln. gektar o’rmon kesilib ketmoqda va yonib ketmoqda.
Orol va orolbo’yidagi ekologik tanglik keltirayotgan moddiy va ma’naviy zarar butun insoniyatni tashvishlantirmoqda. Tojikistonning Surxandaryo bilan qo’shni shahri Tursunzodadagi alyuminiy zavodi Surxandaryoning shu joyga yaqin xalqlari hayoti va salomatligiga hamda tabiatiga xavfsolmoqda. Respublikamiz Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan «yer, yer ostiboyliklari, suv, o’simlikva hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyligimizdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb ta’kidlangan. Konstitutsiyaning 50- moddasida «Fuqarolar atrof- tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» deyilgan. Ekologik ahvolni sog’lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy ijtimoiy, siyosiy va boshqa omillarga bog’liq. Ular orasida ekologik ta’limva tarbiyaning ahamiyati kattadir. Yoshlarda ekologik ongni shakllantirishda qadimgi milliy vositalardan foydalanish zarur. Yer kurrasini o'rab olgan havo qatlami
«atmosfera» deyiladi. Atmosfera o'zining hajmi bo'yicha yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo'lishiga qaramay, uning massasi yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos. Atmosferaning yuqori chegarasi deb shartli ravishda yerning tortish kuchi bilan uning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan.Bu sathda atmosfera bilan yerning o'zaro bog'lanishi yo'qoladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o'zgarib boradi.
Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang zarralari miqdori okean yuzasidagiga nisbatan 10barobar, shaharlar ustida 35barobar, sanoat korxonalari ustida 150barobargacha ortiq bo'ladi. Havoning chang bilan ifloslanishi, asosan, yer sathidan 1,5-2km. balandlikkacha kuzatiladi va quyosh nurlarini yozda 20% ini, qishda 50% ini tutib qoladi. Yerda hayotning davom etishi, asosan, havoning tozaligiga bog'liq.
Toza havo faqat inson uchungina emas, balki hayvonot va o'simlik dunyosi uchun, shuningdek, antibiotiklar, yarim o'tkazgichlar, yuqori aniqlikka ega bo'lgan o'lchov asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham zarurdir.
Atmosferaningifloslanishideb, bir so‘z bilan aytganda, havo tarkibiga begona moddalar va qo'shimchalarning me’yoridan ortiq to'planishiga aytiladi. Havoning ifloslanishi tabiiy yoki suniy(antropogen) bo'lishi mumkin.
Tabiiyifloslanish.Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar bo'ladi.U tabiatda sodir bo'ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil bo'ladi. Bunday changlarni 3 turga: ya’ni, mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish mumkin. Tog' jinslarining yemirilishi va nurashi, vulqonlarning otilishi, to'qay va o'rmonlarga o't ketishi, dengiz suvlarining parlanib havoda tuzga aylanishi mineral changlarning



















Varoq



















O’zg

. Varoq

Hujjat№.

Imzo

Sana






hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Organik changlar havoda yashovchi aeroplankton organizmlar, bakteriyalar, sporalar, o'simlik urug'lari, o'simlik va hayvonlarning chirindi va chiqindilari hisobiga hosil bo'ladi. Koinot changlari meteoritlarning atmosferadan o'tish vaqtida yongan qoldiqlaridir. Antropogen ifloslanish:asosan transport vositalarida, sanoat korxonalarida va energiya ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda organik yonilg'ilardan foydalanish natijasida hosil bo'ladigan chiqindilar va ajratmalarning havo havzasiga tushishi oqibatida sodir bo'ladi. Atmosfera havosining ifloslanishi muammosi butun insoniyatni tashvishga solmoqda.Bu muammo, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlarda eng o'tkir muammolardan bo'lib turibdi. Atmosfera havosi ifloslanishidan insonlarga yetkazilayotgan zarar sanoat va maishiy chiqindilarni ochiq suv havzalariga tashlashdan yetkaziladigan zarardan kam emas.
Atmosfera havosi bitmas-tuganmas resurslar kategoriyasiga kiradi. Ammo insonlarning xo'jalik faoliyati atmosferaga ta’sir ko'rsatadi va uning tarkibini o'zgartirib yuboradi. Bunday o'zgarishlar ko'pincha shunday katta va turg'un ahamiyatga egaki, uni himoya qilish choralarini ko'rishga to'g'ri keladi.
Transport vositalari va sanoat korxonalari sonining yildan- yilga ko'payib borishi, turli yonilg'ilardan foydalanish, shuningdek, o'rmonlarning kamayishi, okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislorod miqdori keskin kamayib, karbonat angidridi va azot oksidlari miqdorining oshishi kuzatilmoqda.
Agar havo tarkibida karbonat angidridi miqdori oshib boraversa, uning ifloslanishining oldi olinmasa, yana 50 yildan so‘ng yer yuzasi harorati o'rtacha 1,5-3,0°C ga oshishi mumkin. Natijada muzliklarning erishi, okean suvlari sathining ko'tarilishi, quruqlikning bir qismini suv bosishi, geografik muhitning o'zgarishi sodir bo'ladi.
Sanoat tashlamalarining kimyoviy tarkibi yonilg'i turiga (qattiq, suyuq,gazsimon) va uni yondirish usullariga ko'ra turlicha bo'ladi. Ko'mir, neft.gaz yonilg'ilari yonganda turli sabablarga ko'ra to'la yonmaydi. Shuning uchun sanoat korxonalaridan atmosferaga katta miqdorda chala yongan zarrachalar (qurum, kul, chang) va zararli gazlar(uglerod qo'sh oksidi), uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari, oltingugurt (II) oksidi, azot oksidlari chiqadi.
Sanoat korxonalari tashlamalarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga «tashkil etilmagan tashlama»lar kiradi. Ularkorxonalarning tozalash qurilmalari bilan to'la ta’minlanmaganligi, materiallarni tashish to'g'ri tashkil etilmaganligi, xomashyolarni saqlash qoidalariga yetarli amal qilinmasligi natijasida hosil bo'ladi. Ikkinchi guruhga «tashkil etilgan tashlama»lar mansub. Bunday tashlamalar maxsus tutun mo'rilari, dudburonlar, ventilyatsiya tizimlari kabilarni tashkil etish orqali kamaytiriladi. Ayniqsa, kimyo, metallurgiya, neftni qayta ishlash sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining tashlamalari juda xavfli. Toksik moddalar inson organizmiga havo orqali kirib, shu ondayoq qonga so'riladi. Ularning xavflilik darajasi oshqozon-ichak trakti orqali bo'ladigan ta’sirdan bir necha marta kuchli bo'ladi.




















Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish