Murtazo Qarshiboy. O’nglanmagan taqdir talqini & Murod Muhammad Do’st. Lolazor


Murod Muhammad Do‘st. “Lolazor” romani



Download 256,16 Kb.
bet2/5
Sana29.04.2022
Hajmi256,16 Kb.
#589858
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murtazo Qarshiboy

Murod Muhammad Do‘st. “Lolazor” romani.
G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1988–yil.
Biz hayot sha’mini bo‘lurmiz yoqmoq –
Lek taqdir alanga bergay bir jahon…”
Gyote. “Faust”
“…Yong‘inning o‘zi ham xuddi shu sababdan – paytida televizor murvatini buraydigan odam yo‘qligi bois kelib chiqqan”.
Murod Muhammad Do‘st. “Lolazor”
Aslida, bu qissa ishtirokchilarining hayoti ham bir shamday tovushsiz, pilpillab yonib, chog‘roq bir ro‘zg‘orni yoritsa, bas edi. Ularning botiniy va zohiriy quvvatlari shunga yetar, undan ortig‘iga o‘zlari ham uzoq vaqt da’vo qilmagan edilar. Albatta, umidlari, ilinjlari yo‘q emasdi – biri qishlog‘ida obro‘li muallim, boshqasi Hotam Sho‘ronikiga o‘xshash kichikroq bir amal egasi bo‘lsam ham katta gap, deb o‘ylashardi.
Biroq, sodda, samimiy, halol Hotam Sho‘ro tashlagan qur’aga ularning bor-yo‘q qismatlari, ularniki ne, butun bir xalq taqdiri tikilganini kim ham tush ko‘ribdi, deysiz? Qolaversa, keyinchalik bu qur’a qimor oshig‘iga aylandi-qoldi. Bo‘lib ham oshiq nuqul olchi turib berdi: dorilfununda imtihon olayotgan mo‘ysafid muallim yonidagi sherigi – yosh muallim Solijonning astoydil kelgan shashtini qaytardi – haminqadar bilimi bor bulduruqli bu ikki bitliqini imtihondan sog‘-omon o‘tkazib yubordi.
Jiyaniga ichkuyov qidirib yurgan obro‘li gazeta muharriri bir shapaloq maqolasi masalasida bo‘limdagilar bilan janjallashib qolgan havaskor muxbir Nazar Bulduruqlini qabul qilishi boshqa biror vaqtga emas, uning tushlik qiladigan paytiga, o‘sha – kelinchaklikka nomzod jiyanchasi “sirlangan jez tovoqda” osh olib kelishi vaqtiga to‘g‘ri kelib qolganiga nima deysiz?..
Xullas, agar-magarni bir chetga surib aytadigan bo‘lsak, taqdir o‘z ishini qildi. Boshqalarni “misoli loyday yumshoq, pishitib, istagan shaklga kiritsa bo‘ladi. Xohlang – ko‘za, xohlang – chiroqpoya” deb o‘ylab, o‘zini taqdirlar kuloli xayol qilgan Nazar Yaxshiboyev bir kuni qarasa, o‘zga bir kulol uning o‘zini ajab shaklu shamoyilga solib, xumdonda pishitib, obdon sirlab, hatto, sirini ham ko‘chirib ulgurgan ekan…
Qiziq, nima uchun “Lolazor” bizni hamon o‘ziga jalb qilyapti? Axir “turg‘unligu qayta qurish” zamonlari o‘z qahramonlari bilan allaqachon tarix qatlamlarida qolib ketdi-ku. Biroq nega bugun ham Yaxshiboyevning “prototip”ini topib tugatolmayapmiz?
Nega umrida “ocherka” yozmagan, umuman, yozish-chizishdan yiroq odamlarga ham beixtiyor “Chorshanbi” deb nom-laqab qo‘yishdan o‘zimizni tiyolmay qolamiz?
Bizga yaqin ayollar aktrisa emas-ku, “sahna mashqi” nima ekanini bilishmaydi-ku, biroq, nima sababdan ularning qiliqlari kasalxona derazasi qarshisida “poza”da turib olgan Muhsina xonimni yodimizga solaveradi?
Oxir-oqibatda, biz o‘zimiz ham kasal emasmiz-u, nega unda “azob beradigan xotirotdan qochib” yashaymiz, nimaga mana bu e’tirof barchamizning ovunchimiz bo‘lib qolgan:
Har holda, dilning daxlsiz ekani juda soz narsa, ichimizga hech kim kirolmaydi, hattoki Oshno ham kirolmaydi, agar odamlar bir-birining dilini tugal bilsa bormi, er xotinni, xotin erni, ma’shuqa ma’shuqni, ma’shuq ma’shuqani… bo‘g‘ib o‘ldirardi!”
Qolaversa, “har kishining o‘z zamoni va o‘z Oshnosi bor, har kishi o‘zicha bir buyuk qutquga” duch keladi. Har birimizning shaxsiy tabiatimiz – xarakterimiz, ko‘nglimiz, didimiz, istak-xohishlarimiz… bir so‘zga jamlab aytsak, nafsimiz – bizning doimiy oshnomiz-da! Undan qayga qochib qutulamiz? Bu – Shivaning qo‘llariday ko‘pqo‘lli oshnoning panjalaridan xalos bo‘lishning imkoni bormi o‘zi?
Agar ochig‘iga o‘tadigan bo‘lsak, aksariyatimiz bir kun Oshno, boshqa kun Yaxshiboyev, birda Qurbonoy, iloj qolmagan paytlar bo‘lsa, hatto, Chorshanbi qiyofasiga kirib yashamaymizmi, kunimizni o‘tkazmaymizmi?..
Yaxshiboyevga qaytadigan bo‘lsak, uning mana bu alamli da’vosi bot-bot yodimizga tushaveradi:
Qarab turinglar, hali faqir Yaxshiboyev latifalarning zo‘rlarini to‘qiydi. Har latifalarki, Iskandaru Dorolar… changallab qoladi!”
Latifago‘ylik, aslida, uzoq davom etmagan, to‘g‘rirog‘i, uning boshlanganiga ko‘p bo‘lgan emas. Bir odamning umrini oqlaydigan darajada sodda-samimiy kunlar ham bo‘lgan bu hayotda. U paytlar niyatning tozaligi, harakat-holatning samimiyati, kulguning beg‘uborligi-yu yig‘ining rostligiga zarra shubha yo‘q edi. Jo‘mardlik bo‘lmasa ham mardlik degulik shaxt, o‘zi yemasa ham do‘stiga ilingudek saxovat, xaromdan parhezu soddalik ham yot emas edi Nazarga.
U paytlar, yana o‘zining emas, Oshnosining kelajagini Moyradan qizg‘ongan Nazarboy uchun “pasporti yo‘q odam bilan gaplashish osonroq” tuyular, “nimalarni to‘qib-bichishni bilmay” qiynalardi ham.
Urushda-da nuqul tankning orqasiga berkinishni mo‘ljal qilmagan bo‘lsa kerakki, ajalning komida naqd olti yilni o‘tkazib, nishonlarning eng saralarini ko‘ksiga taqib qaytadi.
Keyin beva Kunsuluv tarixi – Nazarning andishasi, Nazarning eldan uyati. Urushga ketgan uch o‘g‘lini kuta-kuta biri kar bo‘lgan, birovining ko‘zi xira tortib ketgan ota va onaga nisbatan alamli shafqat hissi…
Biroq, “umrida so‘kinmagan biograf olim” – to‘qib-bichilayotgan tarix bu samimiyatga ishonmaydi, bu tarix talabiga, Nazarni kutayotgan davralar didiga ayni gaplar mos tushavermaydi, zero, ulardan “atir hidi kelmaydi”. Qolaversa, buxorolik yigirma uch yoshli qiz, kelajakda mashhur aktrisa bo‘luvni niyat qilgan Muhsinaxon singlimizning yengi uzun, tim ko‘k rangli, bittayu bitta baxmal ko‘ylagining chap yoqasini kuya yeb ulgurgan, teshikni berkitish uchun esa sidirg‘a ko‘k ipakdan “go‘balak” tikilib, “niqob, maska” yasalgan ham edi. Muyassar xonimga bo‘lsa, kelgusida buyuk rejissyor bo‘lish qayg‘usi tushadur…
Lekin bu chiroyli ipak go‘balakning Yaxshiboyev boshi uzra aylanuvchi rangsiz arvoh kapalakka evrilgunicha “yamoqchilar”ga ham oson bo‘lmaydi. Nazarni – Bulduruqning qaqragan zaminida imkon topib o‘sgan yovvoyi butani egib olish, shaklga solib xonakilashtirish uchun Muhsinaning ishqiy tashabbuskorligi-yu nomdor artistlik orzulari kamlik qilardi. Ko‘ngil (shu bugunga kelib “sassiq taka” deb nomlashayotgan Yaxshiboyevning ko‘ngli!) “xushqad, xushbichim, ko‘zlari moviyga moyil, sochlari tim qora” Oliya timsolidagi erkinlikka, ruhiy mustaqillikka talpinaveradi. Biroq ular – kuyik o‘rniga go‘balak qo‘ndirishning havosini olganlar ko‘payib ketishdi. To‘planib til biriktirishdi, Nazarni avval yakkalab, keyin sotib olishdi. Olganda ham butun xonu molini – taqdirini ko‘tara savdoga qo‘yishdi. Mana shu savdoga ko‘nishga majbur qilishdi, dallol ham o‘zlari, xaridor ham o‘zlari bo‘lishdi. Shunisi qiziqki, sotib oluvchilar – Oshno, Muyassar xonim, Aleksandr Shoymardonov, Sharif Vallomatlarning o‘zlari ham qachonlardir va kimlargadir sotilishgan, bo‘lib ham Nazardan ancha arzon ketishgan, uzoqlarga sotilishgandi..

Download 256,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish