Murtazayeva nargiza abdumurodovna o`rta zarafshon daryosi bioindikator organizmlari ekologiyasi xo`jalikdagi ahamiyati



Download 271 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2017
Hajmi271 Kb.
#10635
1   2   3

Tarqalishi. O’rta Osiyo va Amudaryoning endemik kenja turi va Zarafshon daryosi sohilida eng ko’p tarqalgan ikki pallali mollyuska hisoblanadi. [9] biroq, suvning yaxshi filtratori bo’lganligi sababli, chig’anoqning rang-barangligi tufayli sayyohlar va tabiat shaydolari tomonidan ko’plab terilganligi sababli uning soni kamaymoqda. Shuni e’tiborga olib, bu tur prof.Z.Izzatullayev tomonidan Uzbekiston Respublikasi «Qizil kitoblari» [ 31] ga kiritilgan.


  1. Bakteriya tishsizi – Colleforterum bactrianum

(3.2.4.- rasm)


Terilgan joyi. Zarafshon daryosi qayrlari Narpay kanali va Kattaqo’rg’on suv ombori suvlarida uning 6 donasi X.Boymurodov tomonidan 2008 -2010 yillarda terilgan.

Chig’anog’i yirikroq, bir oz yassiligi bilan yuqoridagi turdan farq qiladi. Uning oldi chekkasi keng, o’rta bel qismiga o’tishda aniq yumaloq burchak hosil qilib o’tadi. Bel qismi yumaloqlashgan, oldi o’tkirlashgan. Orqa qismi to va bel qismiga o’tish joyida ichkariga botib kirgan, qorin qismiga asta-sekin o’tar cho’qqisi deyarli bo’rtmagan [ 20].

Chig’anog’ining uzunligi 135, cho’qqisidagi balandligi 75, qanoti cho’qqisida 76, qavariqligi (ikki pallasi) 43 mm.

Ekologiyasi. U daryolar, kanallar, suv omborlarning 1,5-2 m chuqurligida loylar ostida, botqoqda yashaydi.

Pelorefil. Nisbatan boshqa turlarga qaraganda kam tarqalgan. Tojikiston va Uzbekistonning noyob endemik turi hisoblanadi va shu sababli ushbu respublikalar «Qizil kitoblari» ga prof.Z.Izzatullayev tomonidan kiritilgan [31] U yuqoridagi tur bilan ham birgalikda uchrab turadi.

Tarqalishi. Amudrayo va Sirdaryoning o’rta oqimida tarqalgan.

Zarafshon vodiysi suvlaridan topilgan va u ushbu hududdan 19 asr oxirida nemis olimi Rolle (Rolle, 1897) tomonidan fanga kiritilgan. Bu turning Amudaryo suvlarida, uning quyi oqimida tarqalishi ehtimolidan xoli emasligi ta’kidlangan [9] Zarafshon daryosi suv tiplaridan Kattaqo’rg’on, Qorasuv suv omborlaridan, Zarafshon va Qoradaryoning sekin oqadigan botqoq qismlarida Darg’om va baliqchilik xo’jaliklaridan, Darg’am, Narpay kanallaridan terilgan [20].



  1. Volga bo’yi kenja tishsizi - Colletopterum ponderosum volgense

Terilgan joyi. Kattaqo’rg’on suv omboridan X.T.Boymurodov 2009-2010 yillarda 10 donasini tergan.

Chig’anog’i, yuqoridagi turga o’xshash, biroq yassiligi bilan undan ajralib turadi.

Chig’anoqning uzunligi 1225, balandligi 64 mm, qavariqligi (ikki pallasi) 57 mm

Ekologiyasi. Sekin oquvchi suvlarda, uning botqoq joylarida suv omborlar, daryolar, baliqchilik xo’jaliklaridan suvga yarim ko’milib yashaydi.

Tarqalishi. Kaspiy oldi kenja turi bo’lib, tasodifan baliqlar bilan Kattaqo’rg’on (Uzbekiston) va To’xtagul (Kirg’iziston) suv omborlariga iqlimlashtirilgan [9].

O’rta Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo suvlarida tarqalgan. Zarafshon sohili suv tiplarida: Kattaqo’rg’on, Oqdaryo, To’sinsoy suv omborlariga baliqlar bilan introduksiya qilingan. Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryolarning qo’ltiqlaridagi asta-sekin oqar qismlarida yashaydi.




  1. Eugezalar (Euglesidae) oilasi

Eugleza (Yeuglesa) urugi

Kesilgan eugleza - Euglesa Obliquata



Terilgan joyi. Zarafshon daryosi sohili suvlaridan – Oltinsoy, Darayitut buloqlari va chashmalaridan 2008-2010 yillarda 20 donasi X.Boymurodov tomonidan terilgan.

Chig’anog’i o’tkir tuxumsimon shaklda. Kulrang yoki qoramtir kulrangdir. Qorin tomonga bir tekis egilgan. Chekkalari bilan oldingi va keyingi qismlari tutashgan joyida burchak hosil qilmaydi.

Chig’anog’ining o’lchamlari: uzunligi -4,8 mm; balandligi -3,9, kengligi 1,7 mm.

Ekologiyasi. Oqar suvlar lablarida loyda yashaydi. Buloqlaridagi balchiq, botqoq joylarda, ariqlarda, ko’llarda tarqalgan va keng hududlarda uchraydi. Pelolimrofil, suvni yaxshi filtrlaydi. Mart va iyun oylarida ko’payadi.

Tarqalishi. Sharqiy Yevropa va Sibirda ham tarqalgan. O’rta Osiyo suv havzalarida Uzbekistonda uchraydi. Zarafshon daryosi sohilida yuqorida ko’rsatilgan suvlarda yashaydi.

Yurakshakllilar oilasi Corbiculidae

Narpay kanali Zarafshon daryosi, Kattaqo’rg’on suv ombori hududlaridan Corbicula va Corbiculina avlodlarining (turining) yashashi aniqlandi.





  1. Yurak shaklli korbikulaCorbicula cor.

( 3.2.6.- rasm )
Terilgan joyi: Kattaqo’rg’on suv ombori va Narpay kanalidan X.Boymurodov tomonidan 2008-2010 yillarda 12 dona chig’anog’i terilgan.

Chig’anog’i yurak shaklida, garchisa rangli, yumaloq orqa va oldingi qismlari bilan chig’anoq pallalarining ichki qismi oq rangda.

Chig’anoqning o’lchamlari: 22-24 mm, uzunligi 24-27 mm, qalinligi 15-18 mm ga teng.

Ekologiyasi. Daryolar, ko’llar, kanallar, hovuzlar va ariqlarda loylar ostida 2-2,5 mm chuqurliklarda ko’milib yashaydi. Pelorefil tuxum qo’yib ko’payuvchi tur [9]

Xo’jalikdagi ahamiyati. U yaxshi indikator, ya’ni ifloslangan suvlarni filtrasiya qiladi [8].

Tarqalishi. Old Osiyo –O’rta Osiyo turi. Urta Osiyoda O’zbekiston va Turkmaniston, Kavkaz ortida janubiy –Sharqiy Ozarbayjonda uchraydi [20]. Sonining kamayishi, noyobligi tufayli ushbu tur prof.Z.Izzatullayev tomonidan Uzbekiston va Tojikisiton Respublkalari «Kizil kitoblari» ga kiritlgan [31].

Umumiy tarqalishi. Urta Osiyo, Janubiy-sharqiy Osiyo, Eron, Iroq, Isroil [9].

9. Purpur rangli karbikula Corbicula purpurea.



Terilgan joyi. Zarafshon daryosi qayrlari va Narpay kanalidan yuqoridagi tur bilan birgalikda X.Boymurodov tomonidan 2008 yilda 8 dona chig’anog’i terilgan.

Chig’anog’i to’q qizildan to sarg’ish qo’ng’irgacha va S.cur chig’anog’idan yirikroq, devori qalin, qattiq va teng chizilgan, och kulrang, cho’qqisi baland, yumaloq uchburchakli yuraksimon, yaltiroq. Chig’anog’ining ichki devori binafsha rangli.

Chig’anog’ining o’lchamlari: balandligi 20-22 mm, uzunligi 22-24 mm, qalinligi 14-16 mm ga teng.

Ekologiyasi. Loylar orasida 5-10 sm chuqurlikkacha ko’milib yashaydi. Pelerofil yuqoridagi tur bilan birgalikda uchraydi. Lekin, sonining ko’pligi bilan farq qiladi. Tuxum qo’yuvchi tur bo’lib, bahorda suv harorati ko’tarilishi bilan ko’paya boshlaydi. [9,20]

Tarqalishi. Old va Urta Osiyo turi. Urta Osiyoda Tojikiston va Uzbekistonda tarqalgan. Zarafshon daryosi havzasida: Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryolarda, daryo atrofidagi ariqlar, Darg’om kanali atrofidagi ko’llar va hovuzlarda, Kattaqo’rg’on va Narpay kanallarida, Oqdaryo, Kattaqo’rg’on, Tusinsoy suv omborlarda yashaydi [20].

Prof.Z.Izzatullayev tomonidan noyobligi va sonining kamayganligi sababli u Tojikiston va Uzbekiston Respublikalari «Qizil kitoblari» ga kiritilgan [31]



  1. Flyuminal karbikular - Corbicula Fluminalis


Terilgan joyi: Zarafshon daryosi kanallari: Narpay, Darg’om suvlaridan Z.Izzatullayev va X.Boymurodovlar tomonidan 2006-2010 yillar 10 dona chig’anog’i terilgan.

Chig’anog’i: O’rta Osiyoda tarqalgan turlardan juda to’q sariq rangi va kuchli ko’rinadigan cho’qqilari hamda devorining qalinligi bilan farq qiladi. Ikki pallasining kardinal tishlari o’tkir va ikki cho’qqili, lekin 3 a va 4 b tishlari juda-juda ingichka chiziqchaday, narden tishlari esa uzun va kichik kertikli.

Chig’anoqning o’lchashlari: balandligi 22-22 mm uzunligi 19-20,7 mm, qalinligi 16-18 mm.

Ekologiyasi. Chuchuk suvlarning botqoq joylarda daryoda, kanallarda tarqalgan, uni sho’r suvlar havzalarida ham uchratish mumkin. Peloreofil va reofil, kamdan-kam uchraydigan tur. Mart oyidan may oyigacha ko’payadi. [9,20].

Tarqalishi. O’rta Osiyo va old Osiyo turi. Urta Osiyoda Uzbekiston va Turkmanistonda tarqalgan.

MDX ning janubiy g’arbiy qismidan ham ma’lum. Zarafshon daryosi suv tiplarida: Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryo, Kattaqo’rg’on, Oqdaryo suv omborlari, Darg’om, Narpay kanallarida yashaydi.

Bu tur noyob bo’lganligi tufayli Uzbekiston «Qizil kitob» lariga [31] kiritilgan.
Kichik yurakshakllilar (Corbiculina) urug’i


  1. Tibet korbikulinasi - Corbiculina tibetensis


Terilgan joyi. Samarqand shahri Darg’am kanalining asta-sekin oquvchi qismi va Obi-Rahmatning yuqori qismi, Zarafshon daryosi sohilidan Z.Izzatullayev va X.Boymurodovlar tomonidan 2006-2009 yillarda 20 dan chig’anog’i terilgan.

Chig’anog’i tuxumsimon, bo’rtgan-qavargan teng tomonli do’ngchalari ko’tarilgan cho’qqilari bilan qoplangan. Hajmi jihatidan keyingi turga yaqin, ammo ko’proq bo’rtgan. Chig’anoqning ichki qismi havorangdir.

Chig’anoqning o’lchamlari: balandligi 17-32 mm, uzunligi 21-36, kengligi 12,5-13,5 mm.

Ekologiyasi. Asta-sekin oquvchi suvlarning ostida loyda 2-2,54h metrgacha bo’lgan chuqurliklarda yashaydi. Peloreofil, chig’anog’ining ichida ayrim vaqtda 3 mm keladigan kichik chig’anoqchalar uchraydi. U yuqoridan keltirilgan tur bilan birgalikda uchraydi. Tirik tug’uvchi tur bo’lib, ko’payishi va rivojlanishi bahorda yoz fasllarida yuz beradi.

Tarqalishi. Markaziy Osiyo turi. O’rta Osiyoda, Qozog’istonning janubidagi Balxash ko’li, Sirdaryo va Zarafshon daryolarida tarqalgan (Izzatullayev, 1980). Zarafshon daryosi havzasida: Zarafshon, Qoradaryo, Oqdaryoda, Kattaqo’rg’on, Oqdaryo suv omborlarida va shu nomdagi kanallar ham Narpay kanalida hamda ushbu hudud ariqlari va hovuzlarida yashaydi.
12. Farg’ona korbikulinasi – Corbiculina ferghanensis

Terilgan joyi. Yuqoridagi tur bilan birgalikda Samarqand atrofi suvlari, Zarafshon daryosi kanallari va suv omborlaridan 100 ga yaqin donasi prof.Z.Izzatullayev va dos.X.Boymurodovlar tomonidan terilgan.

Chig’anog’i. Tibet chig’anog’idan yalpoqligi, o’suvchi cho’qqilari, qulfining ingichka cheti va markaziy tishlarining tuzilishi bilan farq qiladi.

Chig’anog’ining o’lchamlari: balandligi 14-38 mm, uzunligi 18-38,8 mm, kengligi 12-12,8 mm.

Ekologiyasi. Daryolar, suv omborlari, hovuzlar, kanallar va ariqlarning 1,5-2 m chuqurliklarida tarqalgan. U Zarafshon daryosi sohilining eng ko’p va eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Tirik tug’uvchi tur, peloreofil.

Tarqalishi. Markaziy Osiyo turi. Hozirgi kunda u O’rta Osiyoning faqat Sirdaryo va Amudaryo suvlaridan topilgan.

Zarafshon daryosi sohilida: Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryoda, Kattaqo’rg’on, Oqdaryo va To’sinsoy suv-omborlarida va ushbu hudud kanallarida yashaydi.


Baliqlar (Pisces) sinfi

Umurtqalilar (Vertebreta) tipi

Karpsimonlar (Ciprinidae ) oilasi

Karp (Ciprinus) urug’i


13. Oq do’ngpeshona yoki oq xumbosh – Hypophthalimichthys molitrix

Tavsifi. Tanasi kumushsimon tangachalari. Ko’zi tananing o’rta chizig’idan pastroqda joylashgan, og’zi yuqoriga yo’nalgan. Qorinning qirrasi qorin tomonidan, tomoqdan anal teshigigacha cho’zilgan. Yelka suzgich qanotida II-III 7 ta, anal suzgich qanotida II-III 11-14 ta shu’lalari bor, yon chizig’idagi tangachalar soni 109-124 ta. Halqum tishlari bir qatorli. Tana uzunligi 125 sm, og’irligi 36 kg gacha.

Tarqalishi. Tabiiy areali Amur havzasi, Xitoy hisoblangan. O’rta Osiyo va Qozog’iston suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Uzbekistonda 1961 yili Xitoydan keltirilgan. Sirdaryo va Amudaryoning o’rta oqimi havzalarida tarqalgan.

Biologiyasi. 4-5 yoshida jinsiy voyaga yetiladi. Sirdaryoda aprel oyining oxirida urchiydi. Serpushtligi 3 mln. va undan ortiqroq uvildiriq atrofida. Uvildirig’i pelagik bo’lib, suvda suzib yuradi va faqat oqimda rivojlanadi. Mikrosuvo’tlari (fitoplankton) bilan oziqlanadi, reofil-oqar suvda yashaydi.

Ahamiyati. Ovlanish ahamiyatiga ega bo’lgan baliq. Asosan baliqchilik xo’jaliklarida o’stiriladi [28].

14. Sazan (zog’ora baliq) - Cyprinus carpio

(3.2.7.-rasm)


Tavsifi. Og’zi pastga qaragan, mo’ylovlari kalta, ko’zining diatmeridan kichik. Yelka suzgichi qanotida III-IV 14-22 ta, anal suzgich qanotida III 4-6 ta shu’lalar mavjud. Yon chizig’i 34-40 tangachalardan iborat. Oyquloq ustunchalar soni 23-30 ta. Halqum tishlari uch qatorligi – 1,1.3-3.1.1. bilan ajralib turadi.

Tana uzunligi 80 sm gacha, og’irligi 16 kg gacha.



Tarqalishi. O’zbekistonning barcha tekislik suv havzalarida uchraydi. Sazanning mahalliy populyasiyalari Rossiya, Ukraina va Vengriyadan keltirilgan karpning (sazanning madaniy formasi) zotlari bilan aralashib ketgan bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan.

Biologiyasi. 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Uvildirig’ini porsiyalab tashlaydi. Urchish davri apreldan iyulgacha. Haqiqiy fitofil bo’lib, uvildirig’ini suv o’simliklariga tashlaydi. Serpushtligi 500 ming va undan ortiq uvildiriq atrofida. Oziqlanish turli xil bo’lib asosan suv osti umurtqasizlari, suv o’simliklari, zooplankton va jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlarini iste’mol qiladi [27,28] , reofil.

Ahamiyati. Asosiy ovlanadigan baliq Sazanning madaniy formasi karp hovuz baliqchiligining asosiy obyekti hisoblanadi.
15. Qorabaliq – Schizothorax intermedins.
Tavsifi. Og’zi pastki yoki yarim pastki. Tangachalari mayda. Anal teshigi va anal suzgich qanotining asosi qator kengaygan tangchalar bilan qoplangan. Qorin pardasi qora rangda. Yelka suzgich qanotining shu’lalar soni III-IV 7-9 ta, anal suzgich qanotida III 5 ta. Yon chizig’ida 85-122 ga yaqin tangachalar mavjud. Tana uzunligi 45 sm gacha, og’irligi 1,5 kg ga boradi.

Tarqalishi. O’zbekistonda keng tarqalgan, asosan tog’oldi va tog’li daryolarda, shuningdek kanallar kollektorlar va ba’zi buloqlarda uchraydi.

Biologiyasi. 2-3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Urchish davri apreldan avgustgacha, daryoning tosh-shag’alli joylarida uvildiriq tashlaydi. Serpushtligi 5-50 ming uvildiriqdan iborat. Suv o’simliklari, buloqchalar va xironimid lichinkalari, hasharotlar bilan oziqlanadi.

Ahamiyati. Havaskor baliqchilik obyekti. Qornining ichki qismida qoplagan qora pardasi va uvildirig’i zaharlash xususiyatiga ega.
16. Sharq oqchasi, - Abramis brema orientalis.

(3.2.9.-rasm)
Tavsifi. Tanasi baland, yonidan qattiq qisilgan. Tanasi kumushrang, yoshi kattalari bronza rangda. Qornining qorin suzgich qanotidan keyingisi qirrali ensa ortida tangachlar bilan qoplanmagan egatchasi mavjud. Yelka suzgich qanotidagi shu’lalar soni III 9-12 anal suzgich qanotida 22-30 ta. Yon chizig’i tangachalar soni 38-46. Tanasining uzunligi 45 sm gacha og’irligi 3 kg gacha.

Tarqalishi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari va ular havzasining tekislik qismida joylashgan ko’llarda, suv omborlarida, kanallarda uchraydi. Kaspiy dengizi havzasi oqchaning mahalliy populyasiyalaridan tashqari Surxondaryo viloyati suv havzalariga Rossiyaning Ural daryosidan 1963 yili iyul oqchasi tasodifan keltirilgan. Ilgari Orol dengizida ham bo’lgan.

Biologiyasi. 2-3- yoshida jinsiy voyaga yetadi. Urchish vaqti mart-may oylarida to’g’ri keladi. Uvildiriqlarini bir marta (ikki porsiyaga bo’lib) suv o’simliklari mavjud bo’lgan joylarda tashlaydi. Oqchaning kattalari tipik bentofag baliq hisoblanadi. Kam sonda zooplankton va o’simliklarini iste’mol qiladi [27,28] reofil.

Ahamiyati. Qimmatli ovlanadigan baliq.
17. Oq amur – (Ctenopharyngodon idella)

(3.2.10- rasm)


Tavsifi. Tanasi cho’zilgan, lo’lasimon. Og’zi yarim pastki. Yelka suzgich qanotida III 7-8 ta. Yon chizig’ida 38-45 tangacha bor. Oyquloq ustunchalari 13-16 ta. Halqum tishlari 2 qatorli, yonlaridan bosilgan va kuchli kirtiklangan uzunligi 1 metr, og’irligi 32 kg.

Tarqalishi. Tabiiy areali – Amur havzasi, Xitoy suv havzalari. O’rta Osiyo va Qozog’iston suv havzalarida iqlimlashtirilgan. O’zbekistonda 1960 yilda Xitoydan keltirilgan. O’zbekistonning barcha tekisliklarida uchraydi.

Biologiyasi. Jinsiy voyaga 5-6 yilda yetadi. Urchishi –Amudaryo va Sirdaryoda aprel-may oylarida o’tadi. Serpushtligi 1 mln va undan ortiqroq uvildiriqqacha. Uvildirig’i pelagik. Suv o’simliklari va quruqlik o’simliklarining suv ostida qolgan qismlari bilan, ba’zan baliq chavoqlari bilan oziqlanadi [ 29] reofil.

Ahamiyati. Qimmatli ovlanadigan baliq baliqchilik xo’jaliklari hovuzlarda sun’iy yo’l bilan urchitib ko’paytiriladi. Suv havzalarini suv o’simliklaridan tozalashda biomeliorator baliq sifatida foydalaniladi.
18. Samarqand xramuliyasi – Varicorhinus capoeta Steinachneri

(3.2.11.- rasm)



Tasnifi. Tanasi lo’lasimon. Mo’ylabdor baliqlardan og’zi pastga qaraganligi va suv osti qattiq gruntlarini qoplagan o’simliklarni qirtishlab olishga moslashgan, o’tkirlashgan pastki labi bilan farqlanadi. Qorin pardasi qora rangda. Yelka suzgich qanotida III-IV 7-8, anal suzgich qanotida III-IV 5 ta shu’la mavjud. Yon chizig’ida 55-61 tangacha bor. Tana uzunligi 50 sm gacha, og’irligi 2 kg gacha.

Tarqalishi. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo havzalarida uchraydi. Keyingi yillarda kamayib ketdi.

Biologiyasi. Jinsiy voyaga hayotning 3-4 yilida yetadi. Urchishi may-iyunda, shag’alli gruntlarda oqim mavjud bo’lgan joylarda o’tadi. Suv omborlarida qirg’oqqa yaqin, suv o’simliklarga boy joylarda o’tadi. Serpushtligi 100 ming uvildiriq atrofida uvildirig’i yirik bo’lib, diametri 4 mm atrofida. Yemishining asosni suv osti qattiq gruntlarini qoplangan suv o’tlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari va balchiq tashkil etadi.

Ahamiyati. Orol dengizi havzasi endemisi. Ovlanadigan turga kiradi [27,28].
Laqqasimonlar turkumi - Siliriformes

Laqqalar oilasi – Siluridae

19. Laqqa - Siluris glanis

Tavsifi. Tanasi yalang’och, boshi katta, pachaqroq. Og’zi katta, jag’larida kichik o’tkir tishlari mavjud. Ko’zlari kichik. Uch juft mo’ylovi bor: 1 juft yuqori jag’ida, 2 juft pastki jag’ida. Kichik yelka suzgich qanotida 3-5 ta, katta anal suzgich qanotida 70-103 ta shu’la mavjud. Dum suzgich qanoti aylanasimon, uzunligi 5 metrgacha, og’irligi 300 kg.

Tarqalishi. O’zbekistonning hamma tekislik suv havzalarida uchraydi.

Biologiyasi. Jinsiy voyaga 3-4 yilda, tana uzunligi 45-50 sm bo’lganda yetadi. Urchishi apreldan iyunning o’rtasigacha davom etadi. Urg’ochisi yirik uvildirig’ini suv o’simliklaridan sodda kilib qurgan uyasiga tashlaydi. Erkagi odatda uyasini chavoqlar ochib chiqqunga qo’riqlaydi. Serpushtligi 1 mln uvildiriqqacha. Uvildiriq diametri 2-3 mm. Yirtqich, asosan baliqlar va qurbaqalar bilan yirik ikkipallali mollyuskalar suv qushlari bilan oziqlanadi, reofil.

Ahamiyati. Qimmatli ovlanadigan turga kiradi.

Sutemizuvchilar (Mamalia) sinfi

Olaxo’rjinlar (Cricetidae) oilasi

20. Ondatra yoki mushukli kalamush - Ondatra zibethicus

(3.2.12- rasm)



Tarqalgan hududi, kanallari, Zarafshon daryosi sohili va uning irmoqlari suvlarda yashaydi. U adabiyotlardagi ma’lumotlarga (Bogdanov, 1978) qaraganda oldin O’rta Osiyoga – Qozog’istonga, unga esa AQShdan iqlimlashtirilgan va hozirgi kunda Zarafshon daryosi sohili suvlarida ondatrani ko’zda ko’proq uchratish mumkin.

Tashqi tuzilishi.

Tanasining uzunligi 36, dumi 21-29 sm, vazni 1,5 kg keladi. Orqa oyoq barmoqlarida orasida qisman suzgich parda mavjud. Erkagining dumi asosida bir juft kichik bez bo’lib, urchish davrida undan yog’simon modda –lirik ajratadi. Shuning uchun ham uni mushukli kallamush deb atashadi.

Biologiyasi. Bahorda urchiydi. Ondatraning urg’ochisi shimoliy rayonlarda yiliga 1-2, janubda esa 2-3 marta 5-8 tadan bola tug’adi. Bug’ozlik davri 25-26 kun. Mo’ynasi sifatli, ustki tomoni jigar-rang, dumi tuksiz, qora. Ko’l botqoq daryo va kanallarning o’tlar bilan qoplangan qirg’oqlarida yashaydi. Yerni o’yib (u ba’zan tug’on va sug’orish inshootlariga zarar keltiradi) yoki o’simliklarga o’z inini quradi, reofil.

Tarqalishi. Uning asosiy vatani Shimoliy Amerika, 1905 yilda Yevropaga, 1927 yilda esa Sobiq Ittifoqga olib kelingan va introduksiya qilingan. Uzbekiston, Qozog’iston, Sibir va boshqa tumanlarga iqlimlashtirilgan, so’ngra ondatrachilik xo’jaliklari tashkil etilgan.

Xo’jalikdagi ahamiyati. Uni oktyabr-noyabr oylarida qopqon bilan tutadilar. Brakonerlar esa uni otadilar. Bu jonivorlarning terisi juda mustahkam. Shu sababli undan olingan teri mahsuloti juda qimmatbaho hisoblanadi. Sobiq Ittifoq 1948 yildan beri dunyoda uning po’stini tayyorlashda birinchi o’rinda bo’lib kelgan. Ayrim yillarda, 1959 O’zbekistonda 1,2 mln.ondatranining terisi olingan (Bogdanov, 1978). Hozirgi kunda esa deyarli meliorativ ishlarning yomonlashuvi tufayli, uning hayoti uchun sharoitlar mutlaqo yomonlashgan desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Bu qimmatli –mo’ynali hayvonni hartomonlama qo’riklash va uning tarqalishiga ko’maklashish, sonini ko’paytirish lozim va oldingi vaqtlardagiday yana imkoniyat boricha nutriya fermalarini tiklash kerak deb hisoblaymiz.
Nutriya (Myocastar) urugi

21. Nutriya yoki suv bobri- Myocastar ( rasm )
Tarqalgan hududi. Uni Termizning Amudaryo va Surxondaryo sohillarida ko’proq uchratish mumkin. Uning tashqi tuzilishi katta kallamushni anglatadi. U Zarafshon daryosi sohilida daryo qayrlari va kanallarda, zovurlar suvlarida, kuzda va qishning boshlarida ko’proq uchraydi.

Tashqi tuzilishi. Tanasining tuzilishi 60-85 sm, dumi 45 sm.gacha, og’irligi 10-12 kg. Tumshug’i tumtoq, mo’ylovlari uzun. Labi kurak tishlari orqasidan mahkam juftlasha olgani sababli nutriya suv ostida ham narsalarni kemiradi. Orqa oyoq barmoqlari orasida teri parda bor. Mo’ynasi jigarrang.

Biologiyasi. Erkaklari urg’ochisiga nisbatan katta. Bahorda ko’payadi. Urg’ochilari bir yilda 2 marta bolalaydi va har birida 4-5 tadan bola tug’adi. Bolalari yetilgan bo’ladi, ochiq ko’zlari bilan tug’ilgach bir necha soatdan so’ng o’z xonalaridan chiqa boshlashadi, surilishda va oziqlanishga harakat qilishida bolalarni onasini 50-60 kun emadi. Ular 6-7 oyda, yaxshi sharoitda esa tezroq voyaga yetishadi. Ular 4-5 yildan ortiq yashamaydi [5], reofil.

Tarqalishi. Janubiy Amerika, u yerda botqoqliklarda va suv havzalarida yashaydi. 1950 yili O’zbekistonga 105 ta urg’ochisi va 19 ta erkagi keltirilgan. Dastavval ularni tutqunlikda saqlashdi. 1951 yil may oyida Sirdaryo viloyatining Jamankulga 180 yosh nutriyalarni qo’yib yuborishgan. Bu yerda ular yoz davomida yashadilar, kuzda ularni tutib panjara orasiga saqladilar. Bir necha yildan so’ng ushbu hayvonchalarni Termez atrofi suv havzalariga akklimitizasiya qildilar va ular bu yerda yil bo’yi tabiat qo’ynida yashadilar [5]. 1986-1990 yillar Samarqand atrofi suvlari hamda Darg’om, Narpay kanallari va zovur suvlaridan noyabr-dekabr oylarida ularni ko’p uchratish mumkin edi. Shunda mahalliy aholi ularni so’roqsiz ovlashar edi. Buning natijasida hozirgi kunda uning soni juda kamayib ketgan.

Xo’jalikdagi ahamiyati. Uning mo’ynasi qorako’l qo’ylari, mo’ynasidan ham yuqori baholanadi. Shu sababli ularni nafaqat suv havzalarida ko’paytirish, balki maxsus nutriya fermalarida panjara (kletka) larda ham ko’paytirish mumkin. Nutriyaning hozirgi soninig kamayganligini e’tiborga olsak, bu jonivor himoyaga muhtojdir.
3.3.Biondikator organizmlarning suv tiplarida tarqalishi

Yuqorida keltirilgan 10 tur va 2 kenja tur katta ikkipallali mollyuskalardan Sinanodonta o’zi ning 3 turi (S.Osbicularis, S.gibba va S.puerorum) va Colletopterum urug’idan: C.bacterianum va ikki kenja tur (C.cureum sogdianum, C.ponderosum volgense) o’rtacha ifloslangan suvlarda, ya’ni B (betta) mezosaprob suvlarda yashashligi aniqlangan [11,13,18,19,20]. Bu mollyuskalar baliqchilik xo’jaliklari suvlari, daryo va daryo qayrlari, suv omborlari va kanallariga suvning ifloslangan V chegarasida hayot kechirishadi.

Yurakshaklli (Corbiculidae) molyuskalardan, Sorbisula purpurea oligosaprob (o) – o’rtacha ifloslangan, S.cor – ikki xil ifloslangan V- mezasprobli ifloslangan va oligosaprob – o’rtacha ifloslangan chegarasida. Corbisulina tibetensis va C.ferghanensislar esa, oligosaprob o’rtacha iflos va beta mezasaprobli ifloslangan suvlarda yashaydilar. Barcha yurakshakllilar orasida Corbiculina fluminalis uch darajali ifloslangan suvlarda, o’rtacha iflos (O), ifloslangan (V) va iflos ( ) suvlarda tarqalgan.

Shu yerda yana ushbuni maxsus ko’rsatish lozimki, kichik ikkipallali mollyuskalardan euglaza oilasining Euglesa obliguata turi ushbu hudud suvlaridan chashma va buloqlardan oqib chiqqan ariqlar, daryolar, suvomborlari va kanallarda yashaydi. (alfa) va V (beta) iflosroq- mezosaprob suvlarda tarqalganligi aniqlangan [16,17]. Baliqlar ondatra va nutriya daryo, va daryo qayrlari, kanallarda katta ikkipallali mollyuskalar tarqalgan hududda ular ham ( o’rta V ifloslangan suvlarda hayot kechiradi deb xulosa qilish mumkin.

Xullas, bu xudud suvlari o’rtacha ifloslangan suvlarga mansubdir.
3.4. Bioindikator organizmlarning ekologik komplekslari.

O’rta Zarafshon daryosi havzasi suvlari indikator organizmlarining ekologik komplekslari turli-tuman. Buning asosiy sababi, barcha indikator organizmlar, gidrobiontlar, rang-barang biotoplarda, turli suv tiplarida yashaydi. Biz o’rgangan hudud indikator organizmlarning ekologik xususiyatlari bilan birlashtirgan holda, ularning quyidagi ekologik komplekslarga ajratish mumkin. (1-jadval)

Pelaroyeofil – loy qobig’ida, suv oqimida hayot kechiruvchilar. Ularga o’rta Zarafshon suv hududlari ikkipallali mollyuskalarning Sinanodonta urug’idan: Sinanodonta orbiculuris, S,gibba, S pulrorum; Corbikula lardan: Corbicula cor,C.purpurea, C.fluminalis; Corbiculinalardan - Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis va baliqlardan: laqqa baliq - Siluros glanis oqar suvda loylar orasida yashaydilar. Ulardan Sinanodenta gibba va Corbiculina ferghanensis soninig ko’pligi bilan ajralib turadi. Ushbu turlar mollyuskalaridan Sinanodonta turlari loyda yarim ko’milib yashaydilar, Corbicula va Corbiculina turlari esa, butunlay loyda ko’milib, suv tortish va qoldiqlarni chiqarib yuborish, kirganlarini sifonlari bilan suv tashqari muhitiga tashlab yashaydilar. Ularning barchasi yaxshi suv filtratorlari hisoblanadi [9,11,20]. Ushbu guruhga, biz laqqa baliqni ham kiritamiz.

1. Reofil – oqar suvda yashovchilar. Bu guruhga mollyuskalardan: Colletopterum bactianum S.cyreum sogdianum; baliqlarning, ya’ni karpsimonlarning turi va 2 kenja turi H.molitrix, C.capria, Sch.intermedius, A.bramo orientalis, C.idella; V.capolla steindachneri va 2 tur sutemizuvchilar ondatra va nutriyalar taalluqlidir. Ulardan ushbu suvlarda karp, qorabaliq va Samarqand xramulyasi soni jihatidan ko’pdir. Bu turlardan baliqlar va sutemizuvchilarni biz ilk bor reofil guruhga kiritishni taklif etmoqdamiz.

3. Ushbu suvlarda pelolimnofil ya’ni ko’llarda loy ostida yarim ko’milib va ko’milib yashovchilar faqat ikkipallali katta mollyuskalarning bir kenja turi (Colletopterum ponderosum volgense) va kichik ikkipallali tur (Euglesa obliguata) yashaydi. Bu suvlarda oxirgi tur soni jihatidan oldingisidan soni jihatidan ustunlik qiladi. Ikki mollyuska ham suvning yaxshi filtratorlari hisoblanadi.

Xulosa qilib maxsus ushbuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ekologik komplekslar orasida asosiy o’rinni reofillar (4 jadval) egallaydi. Ular 10 turga mansub bo’lib, baliqlar – 6 turni, mollyuskalar va sutemizuvchilar 2 tadan turni tashkil etadi. Peloreofillar, ya’ni oqar suvlar loylarida tanasining yarim qismigacha ko’milib hayot kechiruvchilar – 9 turga, ulardan 8 tasi mollyuskalarga va 1 tur baliqlarga (laqqa baliq) talluqlidir.

O’rta Zarafshon suvlarida reofil va pelorefil ekologik kompleks turlarini ko’pligining asosiy sababi, bu hudud suvlarida loyli biosenozlarning ko’pligi hisoblanadi.

3.4.1. jadval.

Bioindikator organizmlarning faunistik tarkibi, yashash muhiti va ekologik komplekslari

t/r

Faunistik tarkibi

Yashash muhiti

Ekologik komplekslari

1


Umurtqasiz (Vertebrata) guruhi

Mollyuskalar (Mollusca) tipi

Tishlililar (Unionidae) oilasi

Tishsizlar (Anadontnae) kenja oilasi

Xitoy tishsizlari (Sinanodonta) urugi

Sinanodonta orbicularis


Oqar suvlarda loylarida yarim ko’milib yashaydi


Peloreofil



2

Sinanodonta gibba

Oqar suvlarda loylarida yarim ko’milib yashaydi

Pelereofil

3

Sinanaodonta puyerorum

Urta Osiyo tishsizlari (Colletoterum) urugi



Oqar suvlarda loylarida yarim ko’milib yashaydi

Pelereofil

4

Colleteopterum cyreum sogdianum

Oqar suvda yashaydi

Reofil

5

Colleteopterum bactrianum

Oqar suvda yashaydi

Reofil

6

Colleteopterum ponderosum volgense

Ko’l suvlari loylari orasida yashaydi

Pelolimnofil

7

Eugleza (Euglesidae) oilasi

Eugeza (Englesa) urugi

Euglesa obliquata


Ko’l suvlari loylari orasida yashaydi

Pelolimnofil

8

Yurakshakllilar (Corbiculidae)) oilasi

Yurakshakllilar (Corbicula)) urug’i

Corbicula cor


Suv oqimida loy orasida yashaydi



peloreofil



9

Corbicula purpurea

Suv oqimida loy orasida yashaydi

peloreofil

10

Corbicula fluminalis

Suv oqimida loy orasida yashaydi

peloreofil

11

Kichik yurakshallilar (Corbiculina) urug’i

Corbiculina tibetensis



Suv oqimida loy orasida yashaydi

peloreofil

12

Corbiculina ferghanensis

Umurtqalilar (vertebrata) tipi

Baliqlar (Pisces) sinfi

Karpsimonlar (Ciprinidae) oilasi

Karplar (Ciprinus) urug’i


Suv oqimida loy orasida yashaydi

peloreofil

13

Hypophthalimichthys molitrix

Oqar suvda yashaydi

Reofil

14

Cuprinus carpio

Oqar suvda yashaydi

Reofil

15

Schirothorax intermedius

Oqar suvda yashaydi

Reofil

16

Abramis brama orientalis

Oqar suvda yashaydi

Reofil

17

Ctenopharyngodon idello

Oqar suvda yashaydi

Reofil

18

Varicorhinus capoeta Ssteindachneri

Oqar suvda yashaydi

Reofil

19

Laqqasimonlar (Siluriformys) turkumi

Laqqa baliqlar (Siluridae) oilasi

Laqqa baliq (Silirus) urug’i

Siluris glanis



Oqar suvda yashaydi

Reofil

20

Sut emizuvchilar (Mamalia) sinfi

Olaxo’rjinlar (Cricetidae) oilasi

Ondatra (Ondatra) urug’i

Ondatra ribeticus



Oqar suvda yashaydi

Reofil

21

Nutriya (Myocastor) urug’i

Myocastor coypus



Oqar suvda yashaydi

Reofil

O’rta Zarafshon daryosi havzasida ondatra va nutriyaning yashashi hamda ularning sonini kamayib ketganligini (buni kuz vaqtida kuzatish mumkin) hisobga olsak, kelajakda ularni ko’paytirish uchun maxsus nutriya va ondatra fermalarini joriy etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz va bu ikki turning yashash hududlarini himoyaga olish zarur.


Download 271 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish