9. Savol:Sut tishlari kariyesini o`ziga xos klinik xususiyatlari:
Javob:
Sut tishlari kariyesini klinik ko`rinishida bir nechta o`ziga xos klinik belgilari
mavjud:
1. Emal sathida kariyes jarayoni yassilanib kechishi mumkin.
2. Kariyes jarayoni tish bo`yin qismida sirkulyar-aylanma yo`nalishda kechib natijada
tish toj qismini sinib tushishiga olib keladi.
3. Organizm qarshiligi sust bolalarda(raxit, sil kasalligi, gipotrofiya va h.k.) kariyes juda
jadal kechib ko`plab tishlarni shikastlaydi va tishlar toj qismini tezda uqalanib tushib
ketishiga sabab bo`ladi.
4. Kariyes jarayoni ko`proq molyar tishlar kontakt yuzalarida kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |