yaxlit - ya’ni mustahkamlanganligidan qat’iy nazar butun quduq tanasi berkitiladigan (quduq tubidan to yuqori qismigacha);
xvostovik (dum) - quduqning alohida qismlarini mustahkamlashga xizmat qiladi;
ko‘chma (letuchki) - maxsus oraliq mustahkamlovchi quvurlar birikmasi. Faqat asoratlarni bartaraf etishga xizmat qiladigan ko‘chma mustahkamlovchi quvurlar birikmasi (quduq yuqorisigacha uzaytirilmaydi);
oraliq quvurlar birikmasi – xvostovik (dumcha)ni quduq yuqori qismigacha uzaytirish mumkin va qulay sharoitlarda ulardan ishlatish quvurlari birikmasi sifatida qo‘llaniladi. Odatda, qulay sharoitlarda oraliq quvurlar birimasining yeyilishi uncha ko‘p bo‘lmagan hollarda ishlatish quvurlari birikmasi quduqqa dum sifatida tushirilishi mumkin. Quduq konstruksiyasi tarkibiga kiruvchi quvurlar birikmasining sonini hisoblashda yo‘naltiruvchi quvurlar hisobga olinmaydi. Murakkab geologik sharoitlarda chuqur quduqlarni burg’ilashda ko‘p birikmali konstruksiyalar qo‘llaniladi. Masalan, ishlatish va bitta oraliq quvurlar birikmasi – «ikkita birikmali konstruksiya», ishlatish va ikkita oraliq quvurlar birikmasi esa «uchta birikmali konstruksiya» deb ataladi.
Murakkab geologik sharoitlarda chuqur quduqlarni burg’ilashda ko‘p birikmali konstruksiyalar qo‘llaniladi.
Ayrim hollarda burg’uning oraliq quvurlar birikmasi tagidan chiqishi 1500 metrgacha yetadi. Bunday sharoitlarda quduqdagi mustahkamlovchi va burg’ilash quvurlari ko‘p miqdorda yeyiladi, ularning xizmat muddatlari kamayadi. Yeyilishlarni kamaytirish uchun ularga protektorli halqalar qo‘yiladi;
Ishlatish quvurlari-mahsuldor qatlamlarni ajratish va ularni geologik kesimlardagi boshqa gorizontlardan chegaralash hamda mustahkamlashga (bu quvurlar birikmasi ma’lum usullar bilan neft va gaz oqimlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi) mo‘ljallangan.
Protektor (9.3-rasm) – ponasimon ulovchi shtir 1 yordamida bir-biriga ulangan, metall karkas bilan o‘zaro bog‘langan ikki rezinkali parda 2 dan tashkil topgan. Karkas ichiga cheti ichiga qaytarilgan egiluvchan qistirma 3 o‘rnatilgan. Metall karkasni 4 rezina bilan qoplanganda uning yuzasiga maxsus yelim surkaladi.
Protektorni konstruksiyasi burg’ilash quvurlarining o‘z-o‘zidan ponalanishini ta’minlaydi. Protektorlar quduqqa burg’ilash quvurlarida tushirish va ko‘tarish operatsiyasi vaqtida bir tomondan rotor ustiga, ikkinchi tomondan burg’ilash ko‘prigiga yengil o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |