6.3-rasm. Dengizda burg’ilanilayotgan quduq
konstruksiyasi.
Quduqning qazishdan maqsadi aniqlangandan keyin, quduqning eng past qimi uchun burg’ilash dolota diametri aniqlanadi. Quduqning tannarxini pasaytirish asosiy ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi, uning tannarxini pasaytirish mutaxassislarning sohani bilish darajasi va geologik qiyinchiliklar orqali aniqlanadi.
Neft va gaz quduqlarini aylanma burg’ilashda quduqlar diametri 0,114, 0,127, 0,140, 0,146 m ga teng bo‘ladi.
Quduqning diametri aniqlangan keyin mustahkamlash lozim bo‘lgan intervallar mustahkamlovchi quvurlar birikmasi o‘rnatilib sement qorishmasi orqali mustahkamlanadi. Bunda quvurlarning payvandlangan metalli va yaxlit tuzilgan vintli turlaridan foydalaniladi.
Quduqning chuqurligi, diametri, quduqqa tushiriladigan mustahkamlovchi quvurlar birikmasining soni aniqlangandan keyin, alohida har bir oraliqni burg’ilash uchun tog‘ jinsi yemiruvchi asboblarning turlari va diametrlari tanlanadi.
6.4-rasm. Mustahkamlovchi quvurlar o’rnatiladigan
quvur boshchasi.
Burg’ilashning barcha usullarida mustahkamlovchi quvurlar birikmasi sonidan kamroq foydalaniladigan kam birikmali quduq konstruksiyasini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa burg’ilash jarayonini yengilashtiradi, tog‘ jinsi yemiruvchi asboblarning to‘plamini ancha kamaytiradi hamda mustahkamlovchi quvurlar birikmasi sarfini va ishning tannarxini pasaytiradi. Quduq konstruksiyasining loyihalanishiga qarab mustahkamlovchi quvurlar birikmasining har xil turlari qo‘llaniladi va ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) yo‘naltiruvchi quvurlar-quduqning yuqori qismini mustahkamlanadi (yuvilib ketishdan saqlash va yuvish qorishmani tarnov va tindirgichdan chetlatish); yo‘naltiruvchi quvurlarni quduqqa tushirish chuqurligi 2 m dan 40 metrgacha bo‘ladi;
2) konduktor-quduq tanasidagi bo‘shroq va barqaror bo‘lmagan tog‘ jinslarini konduktor bilan mustahkamlanadi, quduqqa tushirish chuqurligi 300-400 m, ayrim hollarda 600-1000 metrga yetadi;
3) oraliq quvurlar-yordamida geologik strukturasi kesimlarning, yuqori va pastki qismlariga joylashgan yuvish qorishmalarini qatlamga kirib ketishi - bu quduqning ustuni bo‘yicha orttirilgan bosim orqali yuzaga keladi suyuqlikni qatlamga kirib ketishi mumkin bo‘lgan zonalarni ajratish va ularni mustahkamlash (bu birikma burg’ilash jarayonida sodir bo‘ladigan har xil asorat va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish)ga mo‘ljallangan. Oraliq mustahkamlovchi quvurlar birikmasining quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |