5 .18-rasm. Burg’ilash nasosi (F-1600).
5.19-rasm. Burg’ilash nasosining ichki ko’rinishi. (F-1600).
To‘ldirish koeffitsiyentini oshirish uchun burg’ilash nasosiga sig‘imdan yuvuvchi eritmalarning o‘zi oqib borishi tashkil qilinadi. Burg’ilash nasoslari quyidagicha bog‘lanadi. Yuvish eritmalari burg’ilash nasosidan haydash yo‘li bilan burg’ilash shlangasiga, keyin shpindelga o‘tadi.
Haydash yo‘liga kompensatorlar, haydovchi quvurli yuritma, tik quvur va surilma (zadvijka) kiradi.
a) Kompensator burg’ilash nasosining yuvish eritmalarini notekis uzatishi natijasida hosil bo‘ladigan bosimlarning o‘zgarishini pasaytirishga xizmat qiladi.
Undan tashqari kompensator havo yoki gazni 0,015 MPa dan kichik bo‘lmagan ortiqcha bosimgacha siqadi. Tuzilishi bo‘yicha hajmli, ko’rakli va ishlash prinsiplariga ko‘ra oqimli turlari mavjud. Siqiladigan gaz (havo, kislorod)ning turiga va hosil qilinadigan bosimga qarab past, o‘rta va yuqori bosimli turlarga bo‘linadi. Shuningdek, kompensatorning vertikal, gorizontal va sferik turlari ham mavjud. Odatda, kompensatorlar nasosga o‘rnatiladi. Kompensatorning korpusi 3 qisqich yordamida haydovchi uchlik 1 ga ulangan. Korpusga uchta kompensator 8 va saqlovchi to‘sqich 10 o‘rnatilgan. Keyin ular yuqori bosimli ballondan shlangaga biriktiriladi. Kompensator korpusiga flanets yordamida haydovchi quvur yuritmasi ulangan. Uchta kompensatorning har biri quvurlardan 5 tashkil topgan. Bu silindrik quvurlar yuzasida eritmalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan teshiklar 4 mavjud. Bu quvurga rezinali ballon 6 kiydirilgan. Uning ustidan kompensatorning tashqi balloni 7 qoplangan.
Kompensator quyidagi prinsipda ishlaydi. Siqilgan havo yoki azot bosimi (6-7 MN/m2 gacha) bilan to‘ldirilgan ballon shlang yordamida reduksion to‘sqichga 10 ulanadi. To‘sqich bo‘shlig‘ini A ochganda 3,5 MN/m2 bosim hosil bo‘ladi.
Nasos bilan ishlaganda B bo‘shliq suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Agar B bo‘shliq bosimi A bo‘shliqqa nisbatan yuqori bo‘lsa suyuqlik teshiklar orqali quvurga 5 kirib rezina ballonni kengaytiradi. Bu jarayon A va B bo‘shliqlarda bosim tenglashgungacha davom etadi. 5.3-rasmda burg’ilash nasosining haydovchi kompensatori tasvirlangan.
b) Haydovchi quvurlar yuritmasi – burg’ilash minorasining tirgakiga kompensatordan yuvish eritmasini uzatishga mo‘ljallangan moslama. U nasosning tashlanma patrubkasi diametridan kam bo‘lmagan (0,114-0,146 m) burg’ilash quvuridan tayyorlanadi. Quvur yuritmasi oxirida kompensator va tirgakqa ulash uchun flanets bo‘ladi.
v) Tirgak – burg’ilash minorasining o‘ng oyoq quvuriga vertikal qilib o‘rnatilgan asbob. U haydovchi quvur yuritmasidan burg’ilash shtangasiga yuvish eritmasini uzatishga mo‘ljallangan. Tirgak brusga o‘rnatiladi va minora belbog‘iga mahkamlanadi. Tirgakning pastki qismiga haydovchi quvur yuritmasini ulash uchun flanetsli patrubka payvandlanadi. Tirgakning yuqori qismida burg’ilash shlangiga ulash uchun flanets bo‘ladi. Burg’ilash shlangidan to‘g‘ri foydalanish uchun tirgakni og‘zi 300 pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
g) tushirish qurilmasi – burg’ilash nasosini bo‘sh holatdan ishchi holatga o‘tkazish hamda nasos to‘xtatilgan vaqtda haydovchi quvur yuritmani bo‘shatishga xizmat qiladi.
Xulosa
Dastlabki davrlarda yaratilgan burg‘ilash eritmalari haqida ma’lumotlar juda ham ozdir. Birinchi rotorli usulda burg‘ilangan quduqlarda burg‘ilash jarayonida hosil bo‘lgan suyuq loy ko‘rinishidagi eritma qo‘llanilgan. Shubhasiz o‘sha davrlarda burg‘ilash eritmalari haqidagi ta’surotlar bo‘lmagani uchun ham suyuq loy ishlatilgan.
Burg‘ilash eritmalarining fizik xossalarini boshqarish va eritma xossalarining o‘zgarishi qayd qilinmagan, chunki o‘sha vaqtlarda ushbu savollar na nazorat qilingan va na amaliy jihatdan yaratilmagan edi. Faqatgina faraz qilish mumkinki, burg‘ilash loyi juda quyuq bo‘lib qolgan hollarda unga suv qo‘shib suyultirilgan. Aksincha burg‘ilash loyi yetarlicha qovushqoqlikka ega bo‘lmasa unga yer omborlaridan, ya’ni burg‘ilangan tog‘ jinslaridan hosil bo‘lgan loydan qo‘shishib quyultirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |