4 .5-rasm. Og’irlashtirilgan burg’ilash
Burg’ilash quvurlari uchun teskari to‘sqichlar. Quvurlarning teskari to‘sqichi burg’ilash jarayonida birikma orqali neft, gaz yoki suv oqimi paydo bo‘lishining oldini olishga mo‘ljallangan moslama hisoblanadi.
Burg’ilash jarayonida teskari to‘sqichlar quvurlar birikmasi tagidagi yetakchi quvur o‘tkazgichining pastki qismiga o‘rnatiladi. Teskari to‘sqichlarning tarelkasimon - KOBT va rezina bilan zichlangan konussimon KOB turlari mavjud. Tarelkasimon teskari to‘sqichning tashqi diametri 0,109 m, konussimon teskari to‘sqichning tashqi diametri esa 0,178 m ga teng. Teskari to‘sqichning korpusi 40XN markali xrom-nikelli po‘latdan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |