Radial harakatlar – yer po’sti harakatining bir turi bo‘lib, unga radial yo‘nalish mansub. Bu harakat natijisida yer po’stining uchastkalari o’z joyini o‘zgartiradi, natijada turli ko’rinishdagi ko‘tarilma-uzilma, tashlam-uzilma, graben va gorstlar hosil bo‘ladi.
Tabiiy filtratsiya – tog‘ jinslari g‘ovaklari, bo‘shliqlari bo‘ylab sizuvchi suvni ifloslantiruchi erimagan moddalardan tozalanishi.
Tabiiy neft gazlari – parafin qatoriga kiruvchi (CnH2n+2) gazsimon uglevodorodlar aralashmasidan tarkib topgan gazlar. Azot, karbonat kislota, serovodorod va benzin bug’lari aralashgan metan CH4 (ba’zan 99%gacha), etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10, gazlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |