13.4. О‘qli perforatorlar va о‘qli teshgichlarning qо‘llanilishini
asoslash
О‘qli perforator 1 metr uzunlikda diametri 100 mm bо‘lgan quvur bо‘lib, siqilgan portlovchi modda bilan zaryadlangan va 10 ta pо‘lat о‘qlardan yig‘ilgan bir birlik jamlanmadir.
Loyli eritma bilan tо‘ldirilgan quduqqa karotaj kabelida о‘qli perforator tushiriladi, qatlamning otilishi oralig‘iga о‘rnatiladi va otish amalga oshiriladi. Tog‘ jinsidagi teshiklarning diametrlari 5-7 sm dan oshib ketmaydi. Kо‘pincha о‘qlar ishlatish tizmasiga va sement toshiga tiqilib qoladi, kichik qismdagi о‘qlar mustahkamlash tizmasini va sement toshini teshib о‘tadi (32.1-rasm).
О‘qli teshgichlar qisqa stvolli zambarakli tizim kо‘rinishida bо‘ladi, porox gazlarining kengayish energiyasi hisobiga quduq stvoliga о‘qlar otiladi va tо‘siqni teshadi.
16.1-rasm. Kumulyativ zaryadli perforatorlar yordamida mahsuldor qatlamni teshish sxemasi:
1 – zaryad; 2 – portlovchi modda; 3 – kabel; 4 – zaryadni yonishini tarqalish zonasi; 5 – metalli qoplami; 6 – kollektor; 7 – kollektordagi perforasiya teshiklari; 8 – sement toshi; 9 – mustahkamlash kolonnasi.
APX, PB, PPM turidagi teshgichlar quduq stvoli о‘qiga perpendikulyar holatda yо‘naltiriladi. Bunday teshgichlarda porox gazlarining bosimi ta’sirida о‘q surib haydaladi, stvol uzunligi esa juda chegaralangan. О‘qli teshgichlar orasida PVN turidagi teshgichlarning tik-egri chiziq stvoli eng yangi turdagi hisoblanadi. Bunda о‘qlar stvol bо‘yicha katta uzunlikka otiladi. Bu konstruksiyada stvolning uzunligi 60-70 mm uzunlik о‘rniga teshgichlar stvolining uzunligi 400-500 mm gacha, gorizontal joylashtirilganda esa о‘qni teshishdagi tezligi esa 900÷1000 m/sek ga yetadi. Ikkilamchi ochishda hamla (zarb) bilan ta’sir etuvchi teshgichlar qо‘llaniladi. Bu turdagi teshgichlar PVN 90, PVN 90T, PVG 73, PVK 70 (diametrlari 90; 73; 70 mm) ichki diametrlari 117,5 va 98 mm. li mustahkamlash tizmalari orqali tushiriladi. PVN teshgichlarda ikkita о‘zaro perpendikulyar tekisliklarda 4 ta stvoli juft holda joylashtiriladi.
PVN 90 teshgich 140 mm uzunlikdagi, PVG 73 teshgich 180 mm li PVK 70 teshgich 200 mm.li qalinlikdagi о‘rtacha zichlikka ega bо‘lgan tog‘ jinslarini teshadi. О‘qning teshish kо‘rsatkichi asosan tog‘ jinsining mustahkamligiga bog‘liq bо‘ladi, oqim teshgichlarga nisbatan kumulyativ past va о‘rtacha mustahkamlikka ega bо‘lgan jinslarda uzun kanallarni ochadi, tog‘ jinsining о‘rtacha mustahkamligida (50 MPa ga) esa yorib kirish chuqurligi kichik bо‘ladi. Shuning uchun о‘qli teshgichlarni kuchsiz sementlangan mustahkam bо‘lmagan va sochiluvchan tog‘ jinslarida qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |