Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Qiya quduqlarning turlari



Download 21,56 Mb.
bet145/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

9.3. Qiya quduqlarning turlari

Qiya quduqlarni tarmoqli burg‘ilash. Quruqlikda yoki dengizda burg‘ilanadigan tarmoqli quduqlarning usti bitta tekislikda guruhlanadi. Ularning tublari esa maxsus tayyorlangan geologik to‘r nuqtalarida joylashadi (9.14-rasm). 9.15-rasmda burg‘ilash qurilmasining ko‘chirilishi tasvirlangan.

Tarmoqli burg‘ilash qurish va yig‘ish ishlarining muddatini qisqartiradi, hamda yo‘l qurish, suv yuritmalari, elektr uzatish kabi ishlarning hajmini kamaytiradi. Tarmoqli burg‘ilash aloqa o‘rnatish va yo‘l qurish uchun ko‘p mablag‘ sarfini talab etadigan tog‘li, o‘rmonli va botqoqli maydonlarda amalga oshiriladi. Tarmoqli burg‘ilashning birinchi qudug‘ini burg‘ilash uchun standart joy aniqlanadi.

Birinchi quduqni burg‘ilab o‘tilgandan keyin nasosni o‘z joyida qoldirib, burg‘ilash minorasini yangi nuqtaga ko‘chiriladi, ikkinchi quduq burg‘ilanadi. Quduqni ishlatishga topshiriladi. Keyin esa burg‘ilash minorasini uchinchi nuqtaga ko‘chiriladi. Odatda, minorani bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish masofasi 8 metrga teng bo‘ladi. Yangi nuqtaga ko‘chish burg‘ilash minorasini qiyshaytirish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun minoraning oldingi ikki oyog‘ini 0,145 m gacha ko‘tariladi. Tarmoqli burg‘ilashning texnologik jarayoni vertikal yoki qiya burg‘ilashdan farq qilmaydi.

Ikki tanali qiya quduqlarni burg‘ilash. kki tanali quduqlarni burg‘ilash jarayoni brigada, bitta burg‘ilash mexanizmi va quvurlar birikmasi komplekti yordamida bir vaqtning o‘zida ikkita qiya quduq burg‘ilashga mo‘ljallangan. Bunda quduq usti bir-biridan 1,5 metr masofada, quduq tubi esa geologik to‘rga mos joylashgan bo‘ladi.
I

9.8-rasm. Ko‘p tubli qiya quduqlarni burg‘ilash

O‘rtacha chuqurliklardagi ikki tanali quduqni burg‘ilashda oddiy standartdagi burg‘ilash agregati qo‘llaniladi. Bu agregatning komplektlari qo‘shimcha ravishda tal sistemasining qiyshaytiruvchi moslamasi, ikkinchi rotor hamda zanjirli transmissiyalar bilan jihozlanadi.

Bu qo‘shimcha mexanizmlar quduqning ikkala tanalarida burg‘ilash ishlarini olib borishga imkon beradi. Bunday quduqlarni burg‘ilashda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Burg‘ilashning boshida tal sistemasi chig‘irga yaqin birinchi rotor ustiga o‘rnatiladi va quduqqa konduktorni tushirish uchun burg‘ilanadi. Birinchi quduq tanasi burg‘ilanadi. Konduktor tushiriladi, sementlanadi, tal sistemasini ikkinchi rotor ustiga o‘rnatiladi va ikkinchi quduq konduktorini tushirish uchun burg‘ilanadi.

Ikkinchi quduqni burg‘ilash, konduktorni tushirish va mahkamlash ishlari birinchi quduqdagi sement toshining qotish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Odatda, quduq og‘zi bir-biridan 1,5 metr masofada joylashgan. Shuning uchun quduq og‘zining yuvilib va tanasining bir-biri bilan qo‘shilib ketmasligi uchun birinchi konduktorni ikkinchisiga nisbatan 10-20 metr pastroqqa tushiriladi. Keyin ikkala quduqni ham oraliq va ishlatish quvurini tushirish uchun navbatma-navbat burg‘ilanadi.

Shunday qilib, ikki tanali burg‘ilash usulidan foydalanish jarayoni – burg‘ilash brigadasining ish unumdorligini oshiradi, burg‘ilash asbob-uskunalaridan foydalanish darajasini yaxshilaydi, kommersiya tezligini oshiradi hamda 1 metr burg‘ilashning tannarxini pasaytiradi.

Xulosa

Ko‘rsatilgan profillarning qulayligi katta radius bilan egrilanishi. Bunda keng qo‘llanilayotgan burg‘ilash texnologiyasi va asboblari ishlatiladi. Lekin geologik sharoitga, qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra boshqa profillar ham joriy etiladi. Faqat bunda burg‘ilash texnologiyasi murakkablashadi hamda maxsus asbob-uskunalar ishlatiladi.

Gorizontal burg‘ilashda asosiy asbob-uskunalar, qiyalashtiruvchi tub dvigateli va telemetrik asbob. Qiyalashtiruvchi tub dvigateli bilan vertikal uchastkani ham burg‘ilab o‘tish mumkin. Telemetrik asbob gidravlik kanal orqali ma’lumot olib, quduqning yo‘nalishini boshqaradi.


Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish